Buyuk сhekinish.
Sharqiy front 1915-yilda asosiy urush harakatlari maydoniga aylandi. Germaniya va Avstriya-Vengriya o`z qurolli kuchlarining yarmiga yaqinini Rossiyaga tashlashga qaror qildilar. Ittifoqchilarning qo`shinlari 1915- yilning bahorida hujum harakatlarini Galitsiyadan (g`arbiy Ukraina) boshladilar. Natijada, 1915- yilning bahori va yozida rus armiyasi qonli mudofaa janglari olib borishga majbur bo`ldi. Rus armiyasi mislsiz darajada talafot ko`rdi. 850 ming soldat va ofitser halok bo`ldi. 900 ming nafari esa asirga tushib qoldi.
Rus armiyasi qattiq qarshilik ko`rsatsa-da, kuchlar noteng bo`lgan janglar natijasida Polshani, Boltiqbo`yi, g`arbiy Belorussiya va g`arbiy Ukrainaning bir qismini tashlab chiqishga majbur bo`ldi. Bu chekinish birinchi jahon urushi tarixiga «buyuk chekinish» nomi bilan kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |