34. Fexnerning psixologiyadagi ishlari
Javob: Nemis fizigi, psixologi, faylasufi Gustav Fexner psixofizika fanining asosini yaratdi, uning vazifalariga psixik va jismoniy hodisalarning muntazam aloqalarini o’rganish edi. XIX-asrning ikkinchi yarmida eksperimental psixologiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishiga psixofizika g’oyalari katta ta’sir ko’rsatdi. G.Fexner matematik tavsifni olgan birinchi psixofizik qonunlardan biriga muallif bo’ldi.
35. Flegmatik temperamentining psixologik ta’rifi
Javob: Flegmatik - senzitivligi sust. His-tuyg’usi (emotsiyasi) ham o’zgaruvchan, shunga ko’ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko’ngilsiz hodisa, xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo’ladi. Vazmin, kam harakat. Imo-ishoralari, mimikasi ko’zga yaqqol tashlanadi. Lekin serg’ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va harakat sur’ati sust. Diqqatni to’plash sekin. Qotib qolgan (rigid). Diqqatni ko’chirishi qiyin. Intravertlashgan, ichdan top. Yangilikni qabul qilishi qiyin. Tashqi taassurotlarga sustlik bilan javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |