Irodaviy akt va uning tuzilishi
Ixtiyoriy harakatning dastlabki boshlang’ich nuqtasi harakat maqsadining vujudga kelishi va shu maqsadning o’rtaga qo’yilishidir va uning tuzilishini quyidagicha izohlash mumkin.
108. Psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, xayol, diqqat, tafakkur, nutq)
Javob: Bilish hodisalari boshqacha aqliy, intellektual jarayonlar deb ataladi.
Sezgilar, idrok, xotira, xayol. tafakkur va nutq - bilish jarayonlaridir.
Sezgilar—muayyan paytda sezgi organlarimizga:ko'ruv,eshituv,
tuyish,hid bilish va boshqa shu kabi organlarimizga ta’sir etib turgan
narsalardagi ayrim xossalarning aks etishidir. Masalan,qizil,oqni,shirin,
achchiqni,og'ir,yengilni,sezamiz.
Idrok—tevarak-atrofimizdagi narsalarning yaxlit holda aks etishidir.
Masalan,uy,gul,nutq,musiqa va boshqa shu kabilarni idrok etamiz.
Narsalar sezgilar asosida idrok etiladi. Sezgi va idrok — tevarak-atrofim izdagi narsa va hodisalar ham da ulardagi xilm a-xil xossalarning,miyamizdagi obrazlaridir.
Xotira.Narsa va hodisalar hamda ulardagi xossalarning sezgi va
idrok orqali hosil bo'lgan obrazlari nom-nishonsiz yo'qolib ketm aydi —
ular m iyam izda o'rnashib, saqlanib qoladi va qulay sharoitda yana esimizga tushadi. Ilgari idrok etilgan narsalarning esimizga tushirilgan,obrazlari tasavvurlar deb ataladiSezgi va idrok kabi, ko'nglimizdan kechgan fikr,
hislarimiz va qilganiz ham miyaga o'rnashib, saqlanib qoladi va
yana esimizga tushadi. Idrok etilgan va ko'ngildan kechgan narsalarning
miyamizga o'rinashib (esimizda qolib), saqlanishi va yana esimizga tushishidan iborat bo'lgan ana shu psixik faoliyat xotira deb ataladi.
Xayo1. Narsa va hodisalaming idrok orqali miyamizda hosil bo'ladigan
obrazlardan tashqari, o'zimiz bevosita idrok etmagan narsalar haqidagi
tasavvurlar ham miyamizdan katta joy oladi. Masalan,ibtidoiy odamning
hayot sharoiti haqidagi tasavvurlarimiz, Marsdagi hayot haqidagi tasavvurim iz va shunga o'xshashlar ana shundaydir. Bu tasavvurlar xotiramizda bor tasavvurlar asosida xayolda (fantaziyada) hosil bo'ladi.
Tafakkur.Idrok va tasavvurlarimizda aks etadigan narsa tafakkurda
taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumiylashtiriladi. T afakkur - voqelikning umumiylashtirilgan bevosita va eng to 'liq ham da eng aniq intihosidir.
Tafakkur jarayonlaridagi fikrlar — muhokama va tushunchalar tushuniladi
va vujudga keladi. O dam fikrlash faoliyati tufayli voqelikni idrok va tasavvurlaridagiga qaraganda aniqroq, to'Iaroq va chuqurroq bilib oladi.
Nutq.Tafakkur nutqqa chambarchas bog'liq.Fikrlarimiz—nutq
yordami bilan shakllanadi va ifodalanadi.Kishilar nutq vositasida aloqa
qilar ekanlar, fikrlarini bir-birlari bilan o'rtoqlashadilar; odamning hissiyoti va intilishlari ham nutqda o 'z ifodasini topadi. Nutq – kishilarning,til vositasi bilan aloqa qilish usulidir.
Diqqat.Yuqorida ko'rsatilgan psixik jarayonlarning hammasi
odamda diqqat mavjud bo'lgandagina yuzaga chiqadi. Diqqat—ongimning o ‘zim iz idrok etayotgan, tasavvur qilayotgan, fikr yuritilayotgan va aytayotgan narsamizga qaratish, bir nuqtaga to'plash demakdir. Diqqat
o‘ziga xos alohida bilish jarayoni emas, balki bilish jarayonlarning faol
borishi va sifatli bo’lishi uchun zarurdir, xolos.
B a’zi psixologlar (m asalan, G .A .F ortunatov) diqqatni psixik holatlarga q o ‘shadilar. A m m o, d iq q at ong faolligining o ‘ziga xos alohida bir ko‘rinishi ekanligini keyinroq yaqqol anglaniladi. Shu sababli diqqatni
iroda sohasiga ham qo‘shish mumkin.
Odamning idrok qilayotgan, tasavvur etayotgan, fikr yuritayotgan narsasiga va qilayotgan ishiga nisbatan ko ‘nglidan kechayotgan ha r xil yoqimli va yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg‘ular emotsional sohaga (yoki
hissiyot sohasiga) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |