194. Yosh davrlari psixologiyasi
Javob: Yosh psixologiyasi - shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson tug’ilishidan to umrining oxirigacha bo’lgan davrni, ya'ni ontogenezni o’rganadigan psixologiya sohasi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi sifatida XIX asrning oxirida vujudga kelgan bo’lib, u fan va texnika taraqqiyoti, jamiyat talabiga binoan bolalar psixologiyasi taraqqiyotida qo’llanilgan. Yosh psixologiyasi hozirgi zamonda bolalar psixologiyasi, o’smirlik va o’spirinlik psixologiyasi, yetuklik psixologiyasi, gerontopsixologiyadan iboratdir. U insonning ontogenezda rivojlanish jarayonida psixik holatlarning kechishi, psixik funksiyalarning roli, ularning o’zgarishi, harakatlantiruvchi kuchlar, mexanizmlar, ta'sir o’tkazuvchi ob'ektiv va sub'ektiv faktorlar, taraqqiyot qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Yosh psixologiyasi umr q’tishi bilan psixologik farqlar, individual-psixologik xususiyatlar o’rganishini o’rganadi, tadqiqotlarda madaniy, ijtimoiy-tarixiy, milliy ta'sirni hisobga oladi. Shuning uchun yosh psixologiyasining ob'ektlari o’ta murakkab bo’lib, taraqqiyotlar taraqqiyotini tekshirishni taqozo qiladi. Jahon psixologiyasida to’plangan barcha nazariy materiallarga, shu jumladan genetik modellashtirish (L.S.Vigotskiy) metodlariga, egizaklar metodiga va shunga o’xshash o’ta murakkab jarayonlarning longityud (uzluksiz) uslubi yordamida tekshirishga asoslanadi. Yosh psixologiyasining asosiy vazifalaridan biri- bolani psixik rivojlanishining ijobiy shaklda tashkil etilishi, yosh davrlari inqirozi bosqichlari, jarayonlari va paytlarida psixologik yordam ko’rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Yosh psixologiyasi pedagogik psixologiyaning ilmiy, amaliy, tajribaviy asosi bo’lib hisoblanadi, lekin boshqa sohalari bilan ham uzviy alohida faoliyat ko’rsatadi, inson kamolotining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida ijtimoiy ahamiyatga molik materiallar to’playdi.
195. Yu.B.Gippenreyterning ilmiy va hayotiy psixologiya bo’yicha qarashi
Javob: Yu.B.Gippenreyter ular orasidagi 5 ta farqni ko’rsatgan:
Hayotiy bilimlar amaliy bo’lib, ma’lum bir aniq hayotiy vaziyatlar bilan bog’liqdir, bu insonlarning xatti- harakatlariga tayangan holda amalga oshiriladi.
Xayotiy bilimlar intuitiv xarakterga egadir, psixologiya sohasida esa psixik ko’rinishlarning nazariy jihatdan tahliliga asosiy e’tibor qaratiladi, bu holatlar esa ularni yaxshi tushunish imkoniyatini yaratadi.
Hayotiy bilimlar juda cheklangan variantlarda beriladi, ilmiy bilimlar esa maxsus yig’ilgan tajribalar tizimi orqali uzatiladi.
Hayotiy psixologiyada olingan bilimlar kuzatish usuli orqali amalga oshiriladi, bunda inson o’z tajribasidan kelib chiqqan holda maslaxatlar berishi mumkin. Ilmiy psixologiyada esa olingan bilimlar maxsus tadqiqotlar o’tkazish yordamida aniqlanadi, bunda ilmiy tafakkur idrok usullaridan juda keng foydalaniladi.
Ilmiy psixologiya ma’lumotlarning boyligi, rang barangligi bilan xayotiy psixologiyadan tafovutlanadi. Hayotiy psixologiyada bu holatlar yaqqolroq namoyon qilinmasligi mumkin. Ilmiy bilimlarning umumiy xarakteristikasi uning tizimli va tartibli ekanligidadir. Bu esa mutaxassis psixolog uchun bilimlarini kengaytirish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |