Yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida


– rasm. O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligi mahsuloti



Download 69,41 Kb.
bet3/4
Sana24.02.2022
Hajmi69,41 Kb.
#251348
1   2   3   4
Bog'liq
Javoblar

1 – rasm. O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligi mahsuloti
ishlab chiqarish dinamikasining o’sishi, %1



2 - rasm. O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligining rivojlanish holati tahlili2
Agrar tarmoqdagi iqtisodiy islohotlar jarayonida fermerlik harakatiga ustunlik berilganligi natijasida yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarishidagi uning ulushi 2002 yildagi 10 foizdan 2018 yilda 27,3 foizga oshdi, ammo shu bilan birga yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarishda dehqon xo’jaliklari mahsulotlari asosiy qismni tashkil etadi. 2002 yilda yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotida ularning ulushi 64 foizni, 2018 yilda - 70 foizni tashkil etgan. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan tarkibiy o’zgarishlar natijasida qishloq xo’jaligi korxonalarining ulushi 2002 yilda 26 foizdan 2018 yilda 2,7 foizgacha kamayishiga olib keldi, (3 – rasm).



3 – rasm. Xo’jalik shakllari bo’yicha yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotining taqsimlanishi, %3
Shuni ham ta’kidlab o’tishimiz lozimki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 dekabrdagi PQ-260- sonli “2016-2020 yillarda qishloq xo’jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori bu borada amalga oshirilgan ishlarning uzviy davomi bo’lib, keyingi besh yil mobaynida qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish hajmini oshirib, sohani yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratadi.
Tadqiqot davomida Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani fermer xo’jaliklari, MMTP, SIU va mineral o’g’it bilan ta’minlash shoxobchalarining rahbarlari o’rtasida so’rovnoma o’tkazildi.
I. Fermer xo’jaliklari rahbarlari o’rtasida o’tkazilgan so’rov-anketa natijalariga ko’ra:
- “muqobil mashina traktor parkining barcha xizmat turlari mavjudmi?” degan savolga “barcha xizmat turlari mavjud” deb 58%, “ba’zi xizmat turlari yo’q” deb 35%i, “ba’zi xizmat turlarini joriy etish zarur” va “kerakli bo’lgan texnikalar xo’jalikda mavjud” deb 3,5%dan respondentlar javob berishdi.
- “MMTPda texnikalarni ta’mirlash va servis xizmatini rivojlantirish zarur” deb 83% va 17%i “chorvachilik tarmog’ini mexanizatsiyalashtirishga oid xizmatlar”ni MMTPlarda rivojlantirish zarur deb hisoblashadi;
- “MMTPda mavjud texnikalar holati qanday?” degan savolga respondentlarning 83 % i MMTP mavjud texnikalar eskirgan, 4% ayrim texnikalar eskirgan va 3%i “parkda kerakli texnikalar yo’q” deb javob berishgan;
- fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatayotgan “SIUlarning texnika, jihoz, uskuna va inshootlarning holati qanday?” degan savolga 89% “barcha texnika va inshootlari eski” va 11%i “qisman eskirgan, remont talab” deb javob berishgan.
- “respublikada o’tkaziladigan innovatsion yarmarkada ishtirok etganmisiz?” degan savolga respondetlarning 3%i “ha” deb javob berishdi;
- “fermer xo’jaligingizda oxirgi 5 yilda o’simlikchilikning qaysi sohasi bo’yicha yangi navlar kiritilgan”ligi so’ralganda fermer xo’jaligi rahbarlarining 45% paxtachilik va g’allachilik bo’yicha, 20% paxtachilikka, 10%i g’allachilik bo’yicha va 25%i paxta, g’alla va mevasabzavotchilik sohalariga yangi navlar joriy etishganligini qayd etishdi;
- yangi nav hisobiga o’simliklarning hosildorligi so’rovnomada ishtirok etgan fermer xo’jaliklarining 32 %ida juda kam oshgan va 68%ida 5-10%gacha oshgan;
- so’rov-anketada ishtirok etanlarning 7%i fermer xo’jaligiga “oxirgi 5 yilda zotdor chorva mol olib kelganmisiz?” degan savolga “ha” deb javob berishgan;
- respondentlar naslli mol hisobiga chorva mollarning mahsuldorlik darajasi 10-20%gacha, olinadigan daromad va rentabellik darajasi esa 5-10%gacha oshganligini qayd etishgan;
- “oxirgi 5 yilda yangi texnika sotib oldingizmi?” deb so’ralganda respondentlarning 10 %i “ha” va 90% “yo’q” deb javob berishgan.
- respondentlarning 34%i istiqbolda fermer xo’jaliklarini rivojlantirishda texnika, mexanizmlar, uskunalar va resurstejovchi texnologiyalarning yangi avlodiga, 21%i o’simliklarni himoya qilishga, 14%i chorva mollarning yangi zoti va sun’iy urug’lantirishga, chorva mollarni parvarishlash jarayonida yangicha yondashuv va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida, shuningdek, 3%i o’simliklarning yangi nav va duragaylarini joriy etishga talab yuqoriligini bildirishdi;
- respondentlarning 86%i innovatsiyalarni joriy etishdagi asosiy tusiq sifatida mablag’ning etishmasiligini qayd etishgan bo’lsa, 10%i shu sohada ilmiy ish olib borayotgan olim mutaxassislar bilan hamkorlik yo’lga quyilmaganligi e’tirof etishgan;
- respondentlarning 20%i oliy ma’lumotli ekanligini aytib o’tishgan.
II. Muqobil MTP rahbarlari o’rtasida o’tkazilgan so’rov-anketa natijalariga ko’ra:
- “nechta fermer xo’jaligiga xizmat ko’rsatasiz?” degan savolga respondentlarning 88%i “50-100tagacha”, xizmat ko’rsatiladigan maydon bo’yicha “500-1000gektargacha” deb javob berishdi;
- fermer xo’jaliklaridan tashqari muqobil MTP rahbarlarining 13%i dehqon xo’jaliklariga va qishloq xo’jaliklari korxonalariga ham xizmat qilishini ta’kidlashgan;
- anketa so’rov natijalariga ko’ra, respondentlar tomonidan oxirgi 5 yilda muqobil MTPlarga yangi texnikalar xarid qilinmagan va investitsiya jalb qilinmagan;
- respondentlarning 63%i “fermer xo’jaliklarining muqobil MTPida mavjud texnikalarga bo’lgan talabi qondirilayapti?” degan savolga “yo’q” va 37%i “ha” deb javob berishdi;
- muqobil MTPlar “oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot muassasasi bilan hamkorlik yo’lga qo’yilganmi?” degan savolga barcha respondentlar “yo’q” deb javob berishdi va barcha respondentlar “muqobil MTP faoliyatiga yangilik kiritishda asosiy tusqinlik” sifatida “mablag’ning yo’qligi” deb javob berishdi;
- respondentlarning 75%i oliy ma’lumotli.
III. Mineral o’g’it bilan ta’minlash shoxobcha rahbarlari o’rtasida o’tkazilgan so’rov-anketa natijalariga ko’ra:
- “nechta fermer xo’jaligiga xizmat ko’rsatasiz?” degan savolga respondentlarning 47%i “100tadan ziyod” deb va “xizmat ko’rsatiladigan maydon” bo’yicha respondentlarning 82% “1000gektardan yuqori” deb javob berishdi;
- anketa-so’rovda ishtirok etgan mineral o’g’it bilan ta’minlash shoxobchalari rahbarlarining 94%i fermer xo’jaliklaridan tashqari dehqon xo’jaliklariga ham xizmat qilishini ta’kidlashgan;
- respondentlarning 100%i “oxirgi 5 yilda necha so’mlik investitsiya jalb qilgansiz” hamda “oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy – tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda loyihalar amalga oshirganmisiz?” degan savollarga “yo’q” deb javob berishgan;
- respondentlarning 100%i “mablag’ning etishmasligi shoxobchaga yangilik kiritishga to’sqinlik bo’lmoqda” deb javob berishdi.
IY. Suv iste’molchilari uyushmasi rahbarlari o’rtasida o’tkazilgan so’rov-anketa natijalariga ko’ra:
- “nechta fermer xo’jaligiga xizmat ko’rsatasiz?” degan savolga respondentlarning 40%i “50tagacha”, qolgan 60%i teng miqdorda “50-100 tagacha ” va “100tadan ziyod” deb hamda “xizmat ko’rsatiladigan maydon” bo’yicha respondentlarning 60% “1000gektardan yuqori” deb javob berishdi;
- fermer xo’jaliklaridan tashqari respondentlarning 50%i dehqon xo’jaliklariga, 20% dehqon hamda qishloq xo’jaligi korxonalariga va 10%qishloq xo’jaliklari korxonalariga ham xizmat qilishini aytib o’tishgan;
- respondentlarning birontasi ham oxirgi 5 yilda texnikalar xarid qilmagan;
- respondentlarning 20% (50-110 mln.so’mgacha) uyushmaga investitsiya jalb qilganliklarini aytib o’tishdi;
- SIUda mavjud texnikalarning muddati bo’yicha savolga berilgandan, respondentlarning 40% mavjud texnikalar muddati 10 yildan ziyod, 35%ida SIUda “umuman texnikalar yo’q” deb javob berishdi;
- “suv resurslarini tejash maqsadida qanday yangiliklarni kiritish zarur” deb savol berilganda respondentlarning 20%i “suv resurslariga haq to’lashda bozor mexanizmini joriy etish” va 80%i “suv inshootlarini to’liq yangilash, yangi texnika va uskunalarini olib kelish” deb javob berishdi;
- ushbu respondentlar ham yangilik kiritishda eng katta to’sqinlik sifatida (90%) “mablag’ning etishmasligi” deb javob berishdi;
- respondentlarning 20%i oliy ma’lumotli, 70%i o’rta maxsus va 10% o’rta ma’lumotli.
O’tkazilgan so’rov – anketa natijalariga ko’ra, fermer xo’jaliklari hamda unga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma ob’ektlar o’z korxonalariga yangilik kiritishda eng katta muammo sifatida pul mablag’larning etishmasligini e’tirof etishgan, (1-jadval), shuningdek, respondentlar ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov o’z vaqtida amalga oshirilmayotganligi ta’kidlab o’tishgan. Ushbu muammoni bartaraf etishda fermer xo’jaliklari va unga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma ob’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni bozor mexanizmlari asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Download 69,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish