Meksika. 1917 – yilning 5 – fevralida Meksikada demokratik ruhdagi konstitutsiya qabul qilindi. Xususan, Konstitutsiya yerni, yer osti boyliklarini va suvni davlat mulki deb e’lon qildi.Chet davlatlar va chet el monopoliyalari bilan
tuzilgan ijara shartnomalarining qayta ko’rib chiqilishi belgilandi. Har bir shtatda egalik qilinadigan yerning miqdori belgilab qo’yilishi, ortiqcha yerlar esa dehqonlar va batraklarga bo’lib berilishi kerak edi. Konnstitutsiya ayni paytda cherkovning o’zgarmas mulkka ega b’lish hu – quqini bekor qildi. Cherkovning barcha mulkini davlat mulki deb e’lon qildi. 1926- yilda ruhoniylarning siyosatga aralashuvini taqiqlovchi qonun kuchga kirdi.
Konstitutsiya 8 soatlik ish kunini, minimal ish haqi miqdori belgi – lanishini, kasaba uyushmalariga birlashish va ish tashlash huquqini e’lon qildi.
Endi hamma gap konstitutsiya e’lon qilgan tadbirlarni bajarishda qolgan edi. Biroq bu oson vazifa emas edi. Chunki konstitutsiya talablari bajarilishiga ham ichki, ham tashqi kuchlar qarshilik ko’rsatishi muqarrar edi. Buyuk Britaniya va AQSH monopoliyalari Meksika iqtisodiyotida mustahkamlanib olgan edilar. Ular o’zlari bilan imzolangan ijara shartnomalarini qayta ko’rib chiqishga aslo rozi bo’lmas edilar. Vatikan esa cherkovning mulkdan mahrum etilishiga aslo toqat qila olmas edi. Shuning uchun ham Meksika ruhoniylarining hukumat siyosatiga qattiq qarshilik ko’rsatishi muqarrar edi. Tez orada shunday bo’ldi ham. Vatikan ko’rsatmasi bilan Meksika ruhoniylari ibodatlarni to’xtatdi.
Meksika hukumatining neft sohasidagi siyosatiga javoban AQSH Meksikaga nisbatan iqtisodiy taqiq siyosatini qo’lladi. Ichki yirik sarmoyadorlarning ham qarshiligi kuchaydi. Bu hol Konstitutsiya qoida – larini hayotga tadbiq etish vazifasini nihoyatda qiyinlashtirdi. Hukumat yon berishga majbur bo’ldi.Faqat reaksiyaning qattiq qarshiligini yengish hisobiga qator jiddiy o’zgarishlar amalga oshirildi.Chunonchi,1934 –yilda «Agrar kodeks»kuchga kiritildi.
L.Kardenas (1934–1940) hukumati davrida latifundiyachilar va chet el kompaniyalariga qrashli 18 mln.ga yer ekspropriatsiya qilindi va deh – qonlarga berildi,ungacha bo’lgan 17yillik davrda dehqonlarga 8mln.ga yer berilgan edi, xolos. Hukumat dehqonlarga yordam ko’rsatish maqsadida 1935 – yilda maxsus bank tashkil etdi.
Chet el kompaniyalarining Meksika qonunlarini oyoq osti qilishlariga qarshi hukumat 1938 – yilning mart oyida neft sanoatini milliylashtirish haqida qaror qabul qildi. AQSH, Buyuk Britaniya va Gollandiya sarmo – yadorlariga qarashli 17 ta neft kompaniyasi ekspropriatsiya qilindi.Bunga qarshi ular Meksika neftini boykot qilish siyosatini qo’llay boshladilar. Natijada Meksika nefti eksporti 1938 – yilda 2 baravar kamaydi.Bu ham yetmagandek, AQSH hukumati Meksika kumushiga embargo joriy etdi.
Buyuk Britaniya Meksika hukumatiga keskin ruhdagi notalar jo’natdi.
Bunga javoban Meksika 1938 – yilning may oyida Buyuk Britaniya bilan diplomatik aloqalarni uzdi.Endi ichki va tashqi reaksiya L. Kardenas hukumatini ag’darishni rejalashtira boshladi. 1938 – yilning may oyida ichki
kuchlar hukumatga qarshi isyon ko’tardilar. Ularni chetellik reak – siya kuchlari qo’llab – quvvatladi. Biroq isyonchilar yengildi.
L. Kardenas mamlakatdagi turli tabaqa vakillarini birlashtirgan yangi partiya – Meksika inqilobi partiyasini tuzishga muvaffaq bo’ldi.
Kuba. Kuba Birinchi jahon urushida qatnashgan davlatlardan biri. U 1917 – yilning 17 – aprelida Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. Biroq uning ham jahon urushidagi ishtiroki ramziy ma’noga ega bo’ldi.Xususan, Kubaning bu urushdagi ishtiroki Yevropaga tibbiy xizmat guruhlarini jo’ – natishdan iborat bo’ldi, xolos.
Urush yillarida Kuba iqtisodiyoti ham rivojlandi. Bunga urush tufayli Yevropada qand ishlab chiqarishning kamayishi sabab bo’ldi. Bu hodisa Kubada qand ishlab chiqarish va uni eksport qilishning ko’payishiga olib keldi. Agar 1913 – yilda 2,4 mln.tonna qand ishlab chiqarilgan bo’lsa, bu ko’rsatgich 1919 – yilda 4 mln.tonnani tashkil etdi.
Biroq 1920 – yildan boshlab vaziyat keskin o’zgardi.Yevropada qand ishlab chiqarishning ko’payishi Kuba qandiga talabni keskin pasaytirdi. Masalan, 1920 – yilda 1mlrd. 22 mln. pesolik qand sotilgan bo’lsa, 1921 – yilda bu ko’rsatgich atigi 292 mln. pesoni tashkil etdi, xolos. Natijada qand sanoati halokati boshlandi. O’sha davrda mamlakat eks – portining 90 foizi qandga to’g’ri kelishi hisobga olinsa, bu halokat dara – jasi yanada oydinroq namoyon bo’ladi. Bu hol mamlakat moliyaviy ahvolini izdan chiqardi va ichki siyosiy vaziyatni keskinlashtirdi. Hoki – miyat uchun kurashuvi hukmron kuchlarning ikki guruhi (liberallar va konservatorlar) o’rtasidagi munosabat yanada keskinlashdi.Amerikaparast konservatorlar hukmronligiga qarshi liberallar qo’zg’olon ko’tardilar. AQSH hukumati o’z tarafdori prezident Menokalga (1916 – 1920) harbiy yordam ko’rsatdi. Chunonchi, AQSH 1917 – yilning fevral oyida Guan – tanamo, Santyago va boshqa muhim strategik obyektlarga o’z harbiy kuchlarini joylashtirdi. 1917 – yilning iyul oyida qo’zg’olon bostirildi.Shu tariqa, Kuba amalda AQSH tomonidan okkupatsiya qilindi va bu 1922 – yilgacha davom etdi. Ayni paytda Kubaning AQSH ga moliyaviy qaramligi tobora ortib bordi. Xususan, 1929 – yilda AQSH ning Kubaga joylashtirgan sarmoyasi 1,5 mlrd. dollarni tashkil etdi. Uning 800 mln. dollari qand sanoatiga joylashtirildi.
1929 – yilda ro’y bergan jahon iqtisodiy inqirozi Kuba iqtisodiyotini xonavayron qildi. Jahon iqtisodiy inqirozining bunday katta zarar keltirishiga Kuba iqtisodiyotining qand yakkahokimligiga ixtisoslash – ganligi va uning asosan AQSH bozoriga qaramligi sabab bo’ldi. Natijada Kubaning AQSH ga eksporti keskin kamaydi.Masalan, bu eksport 1929 – yilda 137,6 mln. dollarni tashkil etgan bo’lsa,1932 – yilda atigi 38 mln. dollar bo’ldi. Qand ishlab chiqarish esa 5,1 mln. tonnadan 1,9 mln. tonnaga tushib qoldi. Korxonalarning sinishi Kuba tarixida misli ko’rilmagan darajaga yetdi.
Ishsizlar soni 600 ming kishini tashkil etdi (4 mln. aholiga nisbatan). Bir so’z bilan aytganda, aholining turmushi keskin darajada pasaydi. Mamlakatda siyosiy vaziyat keskinlashdi va 1930 – yil noyabrda harbiy tartib o’rnatildi.Siyosiy kurashning oldingi safida talabalar bordilar.Bunga javoban hukumat 1931 – yilda Gavana universitetini yopib qo’ydi. Hatto umumta’lim maktablari ham yopildi.
1933 – yilda prezident X. Machado (1924 – 1933) o’z ditatorligini yanada mustahkamlash maqsadida Kongressdan favqulodda vakolat olishga erishadi. Konstitutsiyaning amal qilishi 30 kunga to’xtatildi. Biroq bu choralar ko’zlangan natija bermadi va mamlakatda umumiy ish tashlash davom etdi. Endi hukmron doiralar oldida ikki yo’l turardi: yo xalq inqilobi, yoki diktator Machadoni almashtirish. Ular ikkinchi yo’lni tanladilar va Machadoga qarshi harbiy fitna uyushtirishdi.Ular 11– avgust kuni Machado oldiga 48 soat ichida mamlakatdan chiqib ketish talabini qo’ydilar. Shu tariqa, Machado iste’fosiga erishildi.
Kubaning AQSH dagi sobiq elchisi Karlos de Sespedes vaqtinchalik prezident deb e’lon qilindi. Machado va uning yaqinlari AQSH ga jo’nab ketishga majbur bo’ldilar. K. Sespedes hukumati mamlakatdagi siyosiy vaziyatni barqarorlashtira olmadi. Harbiylar ichida mamlakatda qattiq tartib o’rnatish tarafdorlari kuchayib bordi.
Ularga F.Batista rahbarlik qilardi. 1933 – yil 5 – sentabr kuni kechasi F.Batista davlat to’ntarishini amalga oshirdi. U mamlakat harbiy kuchlari shtabining boshlig’i etib tayinlandi. Gavana universiteti professori San Martin prezidentlik lavozimini egallagan bo’lsa – da, amalda hokimiyat F.Batista qo’lida to’plandi. Shunday bo’lsa – da, S. Martin hukumati qator ijobiy tadbirlarni amalgam oshirdi. Jumladan, 1901 – yilda qabul qilingan reaksion xarakterdagi Konstitutsiyani bekor qildi. 8 soatlik ish kuni joriy etdi. Mehnat vazirligi tashkil etildi. Yashash joyi uchun to’lanadigan haq kamaytirildi. Ishchilar uchun ish haqi minimumi belgilandi. Gavana universitetining muxtor huquqi tiklandi.Tashqi siyosatda esa avvalgi hukumatning AQSH bilan tuzgan shartnomalari bajarilishi ma’lum qilindi. Dekabr oyida S.Martin hukumati elektr energiya, gaz, telefondan foydalanganlik uchun to’lanadigan haqni 45 foizga kamaytirdi. 2 ta yirik kuba – amerika qand kompaniyasi ustidan davlat nazoratini o’rnatdi.
S.Martin hukumatining bunday qat’iy xatti–harakatlari ichki va tashqi sarmoyadorlari qattiq tashvishga solib qo’ydi. Ular F. Batistani qo’llab – quvvatlay boshladilar.
1934 – yilning 14 – yanvarida F. Batista S.Martindan iste’fo berishni talab etdi. 18 – yanvar kuni polkovnik Mendteta Kubaning vaqtinchalik prezidenti deb e’lon qilindi. AQSH 26 – yanvar kuni yangi prezident va uning hukumatini tan oldi.