Yillarda aqsh dagi siyosiy vaziyat reja. I. Kirish. II. Asosiy qism


 Ikkinchi jahon urushi arafasida AQSH



Download 338,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana19.12.2022
Hajmi338,55 Kb.
#891034
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1918-1939 YILLARDA AQSH DAGI SIYOSIY VAZIYAT

4. Ikkinchi jahon urushi arafasida AQSH 
Ruzvelt prezidentligi davrida ichki siyosatning liberallashtirilganligi tashqi 
siyosatda ham aks etdi. AQShning tashqi siyosati yanada moslashuvchan va 
haqqoniyroq bo‘lib qoldi. Yangi ma’muriyatning tashqi siyosatdagi birinchi yirik ishi 
- 1933 yil noyabrida Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatganligidir. Ikki 
mamlakat o‘rtasida munosabatlar meyorlashganligi ularning iqtisodiy aloqalarini 
faollashtirdi. 1935 va 1937 yillarda AQSH bilan SSSR o‘rtasida ikki mamlakatning 
o‘zaro foydali iqtisodiy munosabatlari rivojlanishiga imkon beruvchi savdo bitimlari 
tuzildi.
1933 yili AQSH hukumati Lotin Amerikasi mamlakatlariga nisbatan 
«yaxshi qo‘shnichilik» siyosatini e’lon qildi. F.Ruzvelt Gaitidan Amerika qo‘shinlarini 
chaqirib oldi. Kuba bilan shartnoma tuzilib, AQShning intervensiya huquqi bekor 
qilindi. Lotin Amerikasi davlatlari bilan ular uchun qulay savdo bitimlari tuzildi. 
Siyosatining yangi usullari tufayli AQSH Janubiy Amerikadagi asosiy raqiblar – 
Angliya va Germaniyani tezda qisib qo‘yishga erishdi.
30-yillar o‘rtalarida AQShdagi hukmron doiralarning diqqat markazini 
Yevropa va Uzoq Sharq siyosati muammolari egalladi. Bu masalalar bo‘yicha o‘tkir 
siyosiy kurash avj oldi. Izolyatsionistlarning mavqei Amerikaning keng xalq 
doiralarida hukmron bo‘lgan urushga qarshi kayfiyatlar, shuningdek, Demokratik 
partiyaning o‘zida «betaraflik-urushga qarshi vositachi» shiorini ilgari suradigan 
kuchli senatorlar guruhi mavqei tufayli kuchaya bordi. Bu senatorlar guruhi ko‘pgina 
holatlarda tashqi siyosat masalalari bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilinishiga faol 
ta’sir ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. 1935 yil avgustida ularning tazyiqi bilan betaraflik 
haqidagi qonun qabul qilindi. Bu qonun Yevropa qit’asidagi urushayotgan 
mamlakatlarga qurol-aslaha va harbiy materiallar yetkazilishini taqiqlardi. O‘sha 
yillarda Xitoy va Uzoq Sharq rayonlarida AQSH bilan Yaponiya, Yevropa va Lotin 
Amerikasida AQSH bilan Angliya, AQSH bilan Germaniya o‘rtasidagi ziddiyatlar 
kuchayib bormoqda edi. Tashqi savdo, kapital chiqarish va neft mahsuloti ishlab 


chiqarish sohasida AQSH Angliyadan o‘zib ketdi, lekin jahon neft boyligining 75%i 
Angliya nazoratida edi.
Ruzvelt 1937 yil 5 oktabr kuni Chikagoda so‘zlagan nutqida agressorlar 
atrofida «karantin» o‘rnatishga chaqirdi. U fashistik davlatlarning bosqinchilik 
harakatlarini ham keskin qoraladi. Shunday bo‘lsada, AQSH davlat departamenti 
rahbarlari Myunxen bitimidan mamnun bo‘lib, u «yangi xalqaro tartib» o‘rnatadi, 
dedilar. Yirik monopolist Nudsen Gitlerni tabriklab telegramma yubordi. Reaksion 
diplomat Bullit o‘zining bir maktubida Sharqda Germaniya bilan Rossiya tezroq harbiy 
to‘qnashuvini istayotganligini bildirdi. Myunxen bitimidan keyin Germaniya 
agressiyasining kengayishi va Yaponiya agressiyasini Xitoyning janubiy tomonlariga 
qaratilishi AQSH hukmron doiralarini ancha tashvishga solib qo‘ydi.
1936 yil 26 iyul kuni AQSH Yaponiya bilan savdo shartnomasini bekor 
qildi. 1939 yil 4 noyabrda Ikkinchi jahon urushi boshlangandan so‘ng betaraflik 
haqidagi qonun qayta ko‘rib chiqildi va bu Angliya hamda Fransiyaga AQShdan qurol-
yarog‘ sotib olish imkonini berdi. AQSH demokratik davlatlar tomonidagi o‘z holatini 
qat’iy belgiladi.
1941 yil 11 martda Kongress AQSH mudofaasi uchun hayotiy muhim 
hisoblangan qurol va harbiy anjomlar qarzga (lend), yoki ijaraga (liz) berish uchun 
imkon yaratgan lend-liz haqidagi qonunni qabul qildi. AQSH lend-liz bo‘yicha amalda 
Angliyaga, Sovet Ittifoqi va Xitoyga qurol bilan katta yordam berdi. Imperialistik 
ziddiyatlarning kuchayib borishi sharoitida AQSH hukumati Yaponiyaga diplomatik 
norozilik bildirdi. Amerika mahsulotlari uchun bozorlarni kengaytirishga urindi. 
Iqtisodiy va harbiy tayyorgarlik yanada kuchaytirildi. Tashqi siyosat masalalari 
yuzasidan AQShning hukmron lagerida munozara zo‘raydi. Agressor davlatlarning
xususan Germaniyaning jahonda hukmronlik qilish uchun zo‘r berib kurashayotganini 
hisobga olib va buning AQSH manfaatlariga xavfli ekanligini anglab prezident 
F.Ruzvelt 1939 yil martida «betaraflik» to‘g‘risidagi qonunni qayta ko‘rib chiqishni 
taklif etdi. Bu masala kongressda qizg‘in ravishda muhokama qilindi. Vakillar 
palatasida izolyatsionistlardan iborat ko‘pchilik (188 ovozga qarshi 200 ovoz bilan) 


«betaraflik» to‘g‘risidagi qonunni o‘z kuchida qoldirdi. Bu bilan fashist agressorlari 
uchun qulay sharoit saqlanib qoldi. 

Download 338,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish