Garding Uorren (1865-1923) - Respublikachilar partiyasidan saylangan AQShning 29-prezidenti.
Kulij Kalvin (1872-1933) - Respublikachilar partiyasidan saylangan AQShning 30-prezidenti. Kulij boshchiligidagi hukumat Germaniya harbiy va ishlab chiqarish qudratining tiklanishiga ko'maklashdi.
Guver Gubert Klark (1874—1964) — Respublikachilar partiyasidan saylangan AQShning 31-prezidenti. Guver hukumati ham Germaniya sanoa-tining tikianishiga ko'maklashdi.
U. Garding ishini davom ettirgan K. Kulij 1925-yilda: «Amerikaning ishi — tijorat», deb e'lon qildi. Bu jumla Amerika hukmron doiralarining bosh tamoyiliga aylandi. Ishlab chiqarish Amerika jamiyati taraqqiyotini harakat-lantiruvchi kuch hisoblanib, u tinimsiz o'sishi va boyliklar yaratishi, ularning bir qismi AQShdagi qashshoqlikka barham berishga sarflanishi lozim edi. Agar Yevropada ijti-moiy muammolarni ijtimoiy islohotlar yo'li bilan hal qi-lishga uringan bo'lsalar, AQShda boshqa yo'ldan borildi. Bu yerda tadbirkorlik faoliyatining o'sishi, yuqori tabaqalaming boyishi bevosita qashshoqlikning tugatilishiga olib kelishi lozim edi. Bu ijtimoiy falsafa boylar boyigani sari, boylikning bir qismi shubhasiz qashshoqlarga ham tegadi, degan qarashdan kelib chiqqandi. Ushbu falsafa tarafdorlari Amerikada ro'y berayotgan o'zgarishlarni ro'kach qildilar. 1928-yilda Amerikada 28 mm. avtomobil bor edi, ya'ni Amerikadagi deyarli har bir oila XX asrning bu ardoqU kashfiyotiga egalik qilish imkoniyatini qo'lga ki-ritgandi. Avtomobillashtirish Amerika maishiy hayotining muhim omili hisoblanardi. «Hamma g'ildiraklarga, hamma narsa g'ildiraklar uchun» shiori amerikaliklarning eng suy-gan shiori edi. Shu bilan birga, iste'mol mollari — radio-priyomniklar, elektr jihozlari, yo'lovchilar samolyotlari, tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish ham jadal rivojlandi, mamlakatni yalpi telefonlashtirish amalga oshirildi. Tovarlarni kreditga sotish keng yo'lga qo'yildi, bu esa tijorat va ishlab chiqarishning yuksalishiga turtki berdi.
Ushbu falsafani hayotga tadbiq etishda Amerika kasaba uyushmalari hal qiluvchi o'rin tutdilar. Ular bu falsafani qo'llab-quwatladilar, uning faol tarafdorlariga aylandilar. AQShda sinfiy ixtiloflar o'rniga yakka tadbirkor va butun jamiyatning manfaatlari uyg'unligi yuzaga kelmoqda, deb da'vo qildilar ATF (Amerika tred-yunionlar federatsiyasi) rahbarlari. Ishchilar hamda korxona va sarmoyalarning egalari Amerika jamiyatining birdek a'zolari edilar va ular mamlakat va xalq oldidagi burchlarini sharaf bilan bajarish-lari lozim edi.
Amerika kasaba uyushmalari rahbarlari 1923-yilda ishchilar tashkilotlari tomonidan «Baltimor-Ogayo» rejasi-ning qabul qilinishiga erishdilar. Unga ko'ra tadbirkorlar maoshni oshirish majburiyatini olardilar, bunga javoban esa kasaba uyushmalari ish tashlashlarga yo'l qo'ymaslik, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ish kunini uzaytirish-ga rozilik berish majburiyatini olardilar. Amerika ishchila-rini Amerika iqtisod tizimiga yanada kuchliroq bog'lash va ularning ongiga ijtimoiy tenglik g'oyasini singdirish maqsa-dida Amerika kasaba uyushmalari rahbarlari «ishchi bank-lari»ni tashkil qila boshladilar. Bu banklarning asosiy mijoz-lari va hissadorlari ishchilarning o'zlari edi.
Ammo, AQSh sanoatidagi yuksalish qishloq xo'jaligida salbiy oqibatlarga olib keldi. Qishloq xo'jaligi mahsulotla-rining boshqa mamlakatlardan keltirilishi natijasida fermer-lar kasodga uchrab, ularning aksar qismi shaharlarga ko'chib keta boshladi, fermalar sotildi. Bu Amerika iqti-sodiyotida o'ta og'ir oqibatlarni keltirib chiqardi. 20-yillar boshida AQShda fermerlarni qo'llab-quwatlash, demokratik jamiyat asosini yaratish, mamlakatda ishlab chiqariluvchi boyliklarning yanada adolatli taqsimlanishiga erishishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishni talab qilgan keng harakat boshlandi. Amerika tashqi siyosatida ikki
Do'stlaringiz bilan baham: |