Yillarda amerika qo'shma shtatlari


Prezident Ruzveltning tashqi siyosati



Download 102 Kb.
bet15/17
Sana15.11.2020
Hajmi102 Kb.
#52579
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
1918 1939 aqsh

Prezident Ruzveltning tashqi siyosati

Ruzvelt prezidentligi davrida ichki siyosatning liberallashti-rilgardigi tashqi siyosatda ham aks etdi. AQShning tashqi siyosati yanada moslashuvchan va haqqoniyroq bo'lib qoldi. Yangi ma'muriyatning tashqi siyosatdagi birinchi yirik ishi — 1933-yil noyabrida Sovet Ittifoqi bilan diplomatic munosabatlar o'rnatilganligidir. Ikki mamlakat o'rtasida munosabatlar me'yorlashgardigi ularning iqtisodiy aloqala-rini faollashtirdi. 1935 va 1937-yillarda AQSh bilan SSSR o'rtasida ikki mamlakatning o'zaro foydali iqtisodiy muno-sabatlari rivojlanishiga imkon beruvchi savdo bitimlari tuzildi.

1933-yili AQSh hukumati Lotin Amerikasi mamlakat-lariga nisbatan «yaxshi qo'shnichiUk» siyosatini e'lon qildi. F. Ruzvelt Gaitidan Amerika qo'shinlarini chaqirib oldi. Kuba bilan shartnoma tuziUb, AQShning intervensiya huquqi bekor qilindi. Lotin Amerikasi davlatlari bilan ular uchun qulay savdo bitimlari tuzildi. Siyosatining yangi usullari tufayli AQSh Janubiy Amerikadagi asosiy raqib-lar — Angliya, Germaniyani tezda qisib qo'yishga erishdi. AQSh yevropalik raqobatchilariga qarshi kurashda Lotin Amerikasi mamlakatlari aholisining keng qatlamlarida hukmron bo'lgan panamerikanizm g'oyalaridan mohirona foydalandi. Shu davrda o'tkazilgan uchta Panamerika kon-ferensiyalari AQShning Lotin Amerikasidagi gegemonligi mustahkamlanishiga imkon yaratdi.

30-yillar o'rtalarida AQShdagi hukmron doiralarning diqqat markazini Yevropa va Uzoq Sharq siyosati muam-molari egalladi. Bu masalalar bo'yicha o'tkir siyosiy kurash avj oldi. AQShda ko'pdan bed «izolyatsionizm», ya'ni Yevropa siyosatiga har qanday aralashishni rad etish siyosati hukmron edi. Mazkur siyosat tarafdorlari AQShning xalqaro mavqeini mustahkamlash uchun «qo'llar erkinligi» saqlanishi zarurligini va davlatlar bilan harbiy-siyosiy ittifoqlarga kirishmaslikni ta'kidlashardi. Bundan tashqari, izolyatsionistlar Yevropa qit'asidagi ikki koalitsiyaning to'qnashuvi ularning o'zaro zaiflashuviga olib keladi va qaysidir uchinchi tomonga hal qiluvchi daqiqada o'z shartlarini o'tkazish imkonini beradi deb hisoblashardi. Izolyatsionistlarning mavqei Amerikaning keng xalq doiralarida hukmron bo'lgan urushga qarshi kayfiyatlar, shuningdek Demokratik partiyaning o'zida «betaraflik — urushga qarshi vositachi» shiorini ilgari suradigan kuchli senatorlar guruhi mavqei tufayli kuchaya bordi. Bu sena-torlar guruhi ko'pgina holatlarda tashqi siyosat masalalari bo'yicha muhim qarorlar qabul qilinishiga faol ta'sir ko'rsa-tishga muvaffaq bo'ldi. 1935-yil avgustida ularning tazyiqi bilan betaraflik haqidagi qonun qabul qilindi. Bu qonun Yevropa qit'asidagi urushayotgan mamlakatlarga qurol aslaha va harbiy materiallar yetkazilishini taqiqlardi. Yevropa qit'asidagi fashistik davlatlarning tajovuzkorona siyosati va ularning dunyoda hukmronlikka ochiq da'volari avj olgani sayin AQSh tashqi siyosatida boshqa yo'nalish — internatsionalizm (baynalmilalchilik) tobora kuchayib bordi. Bu yo'nalish vakillari fashistik davlatlar blokining vujudga kelishi AQShga ham harbiy xavf tug'diradi va shuning uchun G'arbiy Yevropadagi demokratik davlatlar bilan, bi-rinchi navbatda Angliya bilan yaqinlashish zarur deb hisoblashardi. Prezident F. Ruzvelt, lining kabineti a'zolari va Amerika Kongressining ko'plab taniqli yetakchilari internatsionalistik yo'nalish tarafdorlari edi.




Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish