|
Yillar: qurolli kuchlar, ichki ishlar va davlat xavfsizlik tizimini isloh etish
|
Sana | 29.05.2022 | Hajmi | 15,73 Kb. | | #615070 |
| Bog'liq Milliy xavfsizlikni ta\'minlash borasida amalga oshirilayotgan is
2017-2021 YILLAR: QUROLLI KUCHLAR, ICHKI ISHLAR VA DAVLAT XAVFSIZLIK TIZIMINI ISLOH ETISH
O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, fu-qarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinligini himoya qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi va Milliy gvardiyani tuzish zarur ekanligi dastlab Oliy Kengashning 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida»gi bayonotida ko'rsatilgan. Bu bayonot xuddi shu kuni qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy qonunda huquqiy jihatdan mustahkamlangan. Qonunda suveren respublikaning Mudofaa ishlari vazirligi hamda Milliy gvardiyani tuzish huquqi bilan birga muqobil xizmatni tashkil qilish, shuningdek, O'zbekiston hududida joy-lashtirilgan sobiq SSSR Qurolli Kuchlarini boshqarish masalalarida harbiy siyosatai amalga oshirish huquqi ko'zda tutilgan edi. Ushbu hujjatlar O'zbekiston Respublikasining o'z Qurolli Kuchlarini tuzishida huquqiy asos bo'ldi. «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy qonunni bajarish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni-ga asosan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil qilindi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo'lib o'tgan 12-chaqiriq 10-sessiyasi mamlakat Qurolli Kuchlari tizimini takomillashtirishda muhim voqea bo'ldi. Sessiyada «Mudofaa to'g'risida», «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida» va «Muqobil xizmat to'g'risida» muhim qonunlar, shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirishtartibi qabul qilindi. Mustaqil O'zbekiston Qurolli Kuchlarining boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Mudofaa ishlari vazirligi O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. Bizga ma’lumki, O‘zbekiston mustaqilligining ilk kunlaridanoq Respublika suverenitetini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy barqarorlikni ta'minlash tamoyillari o'rtaga tashlangan edi. Dunyoning yetakchi davlatlari tajribasiga tayanib bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash yo'li tutildi. Milliy xavfsizlik masalasidagi davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo'ljallangan strategiyasi ilk bor mamlakat Oliy Majlisining 1995 yil 24-fevralda bo'lib o'tgan birinchi sessiyasida ko‘rib chiqilgan. Unda jahonda yuz bergan yangi siyosiyiqtisodiy voqelikdan so'ng, davlatlararo munosabatlar muxolifiikka emas, balki xalqaro huquqiy me'yorlarga mos yangi tartibotga asoslangan bo'lishi kerakligi to'g'risidagi g'oya ilgari surildi.Milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqish, uning huquqiy asosini belgilovchi qonunlar yaratish zarurligi ko'rsatib berildi. Ana shu ko'rsatmalardan kelib chiqib mamlakatimizda ilk marta 1996 yil 24- aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida ma'qullangan to'rt bo'lim, yigirma sakkiz moddadan iborat bo'lgan «Milliy xavfsizlik to'g'risida»gi Qonun loyihasi muhokama qi-lindi. MilUy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni ta'minlash borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplari-ni huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ko'rib chiqildi. 1997 yil avgust oyida Oliy Majlisning IX sessiyasida O'zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsep-siyasi qabul qilindi. Ma'lumki, XX asrning so'nggi yillari jahon taraqqiyotida buri-lish yasadi.Bu mavjud ikki siyosiy tuzum o'rtasidagi raqobatning yo'qolishi, yangicha ijtimoiysiyosiy jarayonlarning vujudga keli-shi bilan bevosita bog'liq. Jumladan, sobiq Ittifoqning tarqalishi jahon siyosatida shaklan va mazmunan yangi bosqichni boshlab berdi. Mafkuraviy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan ikki qarama-qarshi blok ta'sirida shakllangan qurollanish poygasi, harbiy zo'ravonlik, milliy xavfsizlik tushunchalari butunlay o'zgara bordi. Ko'pchilik xalqaro tashkilotlar ham ana shu ikki tuzum siyosa-ti, ularning o'zaro raqobati avj olgan davrlarda vujudga kelgan va mazkur ijtta|©iy.siyosat jarayonlari qobig'idan chiqib ketolmayotgan edi. Ular oz mavqeini saqlab turishga va ta'sirini o'tkazish o'rniga ko'proq, hech bo'lmaganda, ikki qarama-qarshi tomonning muvoza-natini muvofiqlashtirib turishgagina qodir edi, xolos. Shuning uchun ham mazkur tashkilotlarning faoliyati birmuncha sust, yuzaki tartib-qoidalar doirasida qolib ketgan edi.
O'zbekiston jug'rofiy-siyosiy jihatdan o'ta muhim nuqtada joylashgan. U bir qator mamlakatlararo va mintaqalararo aloqalarni eng maqbul shaklda birlashtirib turish uchun qulay im-kpniyatga ega. Qadimdan mag'rib-u mashriq, shimol-u janub ana shu mamlakat orqali aloqada bo'lgani, o'zaro iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi va dunyo taraqqiyoti barqarorligi-ni saqlab turish uchun muhim omil, tayanch nuqtasi ekanligini ko'rsatib berdi. Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, hozirgi dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini yaxshilik sari burib turishda, insoniyat ravnaqi va hayotining daxlsizligini ta'minlashda, qolaversa butun Yer shari «muvozanati»ni saqlashda hozirgi O'zbekiston tutgan siyosiy mavqe jug'rofiy jihatdan katta strategik ahamiyatga ega. Ayni paytda O'zbekiston dehqonchilik va sanoat ishlab chiqa-rishi, beqiyos yerosti va ustki boyliklari mavjud bo'lgan mo'jizaviy makon. Unda jahon taraqqiyotiga daxldor bo'lgan fan, madaniyat va boshqa aqliy imkoniyatlar ham mavjudki, bu bevosita uning dunyo sahnasiga chiqishiga keng yo'l ochib berdi va yangi dunyo uchun hayotbaxsh kuch bo'lib xizmat qildi. O'zbekiston rahbarining o'rtaga tashlagan takliflari dunyo siyo-satdonlari tomonidan ancha o'rganildi, tahlil etildi va ma'qullandi. Natijada 1995-yil 15-16- sentabr kunlari Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag'ishlangan seminar-kengashi bo'lib o'tdi. O'zbekiston rahbarining BMT, YXHT va boshqa bir necha o'nlab tashkilotlar minbarlaridan turib, shuningdek, davlat tashrif-lari chog'idagi uchrashuvlar va suhbatlarda mintaqaviy mojarolar, xalqaro terrorizm xavfi xususida bildirgan butunlay yangi g'oyalari keyinroq, ya'ni 1997-yili yaxlit strategik konsepsiya - «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot kafolatlari va barqarorlik shartlari» nomli asar sifatida dunyoga keldi. Jahon ja-moatchiligi e'tirofini qozongan ushbu kitob jahon siyosatida favqu-lodda yangilik sifatida qabul qilindi va dunyoning bir necha o'nlab mamlakatlarida tarjima qilinib, nashr etildi. «So'nggi yillarda voqealar fojiali tus olganligining yana bir sababi shundaki, afg'on mojarolariga ma'lum etnik nizolardan tashqari yana diniy tus ham berildi.Islomning keskin siyosiyla-shuv jarayoni sodir bo'lmoqda. U o'ta radikal tus oldi - hokimi-yat teppasiga chiqishga da'vogarlik qilish va barcha dindoshlar-ni madadga chaqirgan holda bunga qurolli yo'l bilan erishishga ochiqdan-ochiq urinish yuz bermoqda. Dinimizning insonpar-varlik g'oyalari va asoslariga hech bir aloqasi bo'lmagan ana shu jarayon tog'li Badaxshondan tortib to Kaspiygcha bo'Igan juda katta hududdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga bevosita yoki bilvosita salbiy ta'sir ko'rsatdi. Mintaqadagi davlatlarda afg'on ssenariysini o'z xalqlariga zo'rlab qabul qildirishga tayyor tur-gan ekstremistik kayflyatdagi unsurlar topilib qoldi.Afg'oniston voqealari esa fojiali oqibatlarga olib kelganligiga hali biz ham baho beramiz, kelgusi avlodlarimiz ham baho beradi». To'g'risi bugun sof vijdonli tinchliksevar xalqlar afg'on voqealarini, xususan uni o'z hududlariga - kindik qoni to'kilgan muborak Vatanlariga majburan, zo'ravonlik bilan «eksport» qilayotganlarni keskin qorala-moqdalar. Kelgusi avlodning bahosi esa bugungidan ham battarroq, bugungidan ham achchiqroq va, hatto, ayanchliroq bo'ladi. Bunday bahoni tarix sahifasidan o'chirib ham, o'zgartirib ham bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|