MAN Auto-Uzbekistan[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu turkum uchun asosiy maqola: MAN Auto-Uzbekistan
MAN TGS 26.280
MAN TGS 41.440
JV Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari o'rtasidagi kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan[1][2][3][4][5]. Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishi-xizmatchilar nemis tilini oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009-2012-yillar davomida yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi[6]. 2012-yilda Jomboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi[7]. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500dan 1500 donagacha yuk mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi[8][9]. Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport qilinadi[10].
Mahsulotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avtobus ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]
1995- yilda Oʻzbekistonning Autosanoat kompaniyasi va Turkiyaning Kochxolding kompaniyasi bilan hamkorligda Samarqand viloyatida autobuslarni ishlab chiqarish boshlandi . Samkochauto davlat royhatiga olindi va 1999-yilda Otayoʻl rusumli autobuslarni tayyorlash boshlandi, shu yilning oʻziga 163 ta autobus, 302 ta yuk automobili ishlab chqarildi. 2000- yilda esa bu koʻrsatkichlar 483 va 102 tani tashkil etdi.2001 -yilda Oʻzbekistonda automobil sanoatida band bolgan ishchilar soni 14 mingga yetdi.
Chevrolet Kobalt
Chevrolet Spark
Ishlab chiqarilgan auotmobil nomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
1996—h.v
Daewoo Damas
1996—2004
Daewoo Labo
1996—2003
Daewoo Tico
2001—2017
Daewoo Matiz
1996—yildan
Daewoo Nexia
2003—yildan
Daewoo Lacetti
2007—h.v
Chevrolet Captiva
2007—2012
Chevrolet Epica
2008—2009
Chevrolet Tacuma
2010—h.v
Chevrolet Spark
2012—h.v
Chevrolet Malibu
2013—h.v
Chevrolet Cobalt
2013—h.v
Chevrolet Orlando
2013—h.v
Daewoo Gentra
2016—yildan
Chevrolet Nexia
2018—yildan
Chevrolet Tracker
2019—yildan
Chevrolet TrailBlazer
2019-yildan
Chevrolet Equinox
2019-yildan
Chevrolet Traverse
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhi: 5 yil ichida O‘zbekistonda farmatsevtika sanoati rivojlanishi
07.07.2021 12:42
1.3K
O‘zbekiston farmatsevtika sanoatida islohotlarning besh yillik davridagi muhim o‘zgarishlarini Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti Baxtishod Hamidov sharhida o‘qishingiz mumkin.
2016-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika sanoati sohasida salmoqli natijalarga erishildi. Jumladan, dori vositalari ishlab chiqaruvchilar 5 yil davomida barcha soliqlarni to‘lashdan ozod etildi. Shuningdek, O‘zbekistonning farmatsevtika bozorida o‘sish dinamikasi (yiliga 8-10 foiz) bo‘yicha MDH mintaqasida eng tez rivojlanayotgan bozorlar qatoriga kirdi. O‘zbekistonda farmatsevtika sohasi 1993 yildan shakllanishni boshladi. O‘sha yili O‘zkimyofarm zavodi va Vaksinalar ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasini o‘z ichiga olgan "O‘zfarmsanoat" davlat konserni tashkil etildi.
2017 yildan boshlab mazkur sohani yanada rivojlantirishga e’tibor kuchaydi. 2017-2021 yil mart oyi davomida farmatsevtika sohasida islohotlarni olib borishga qaratilgan 44 ta hujjat qabul qilindi. Natijada, mamlakatimiz farmatsevtika tarmog‘iga sarmoyalar ko‘lami oshib borishiga huquqiy zamin yaratildi.
Hozirgi kunda mahalliy dori-darmon ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya mavjud bo‘lib, davlat eng zarur dori preparatlari, infuzion eritmalar, vaksinalar, qon preparatlari, bir marta ishlatiladigan qon quyish tizimlari va qon o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishda ichki ehtiyojni ta’minlash siyosatini amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, dori vositalarini ishlab chiqarishning xalqaro standartlari tatbiq etilmoqda.
Dori vositalari ishlab chiqaruvchilar 5 yil davomida barcha soliqlarni to‘lashdan ozod etilishi belgilab qo‘yildi. Yangi ishlab chiqarish kuchlarini tashkil etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirayotgan kompaniyalar texnologik asbob-uskunalarni olib kirishda barcha bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilindi.