2. Belgilarning birikkan holda irsiylanishini misollar orqali tushuntiring.
Genlar bir xromosomada bo‘lganda nasldan naslga o‘tish qonuniyatlari haqidagi masalani T. Morgan va
uning shogirdlari mukammal o‘rganishgan. Ular o‘z tadqiqotlarini asosan drozofila meva pashshasida olib
borishgan. Drozofila meva pashshasi genetik tadqiqotlar uchun juda qulay. Drozofila laboratoriya sharoitida
oson ko‘payadi, serpusht bo‘ladi: ular 25-26 °C da har 10-15 kunda yangi nasl beradi, irsiy belgilari juda
ko‘p va turli-tuman, xromosomalari oz (diploid soni 8 ta) bo‘ladi. Tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, bir
xromosomada joylashgan genlar birikkan genlar bo‘ladi, ya’ni mustaqil taqsimlanmay, asosan, birgalikda
nasldan naslga o'tadi. Buni aniq misolda ko'rib chiqamiz. Agar kulrang tanali va normal qanotli drozofila
bilan qoramtir tanali va kalta qanotli drozofila chatishtirilsa, duragaylarning birinchi avlodidagi barcha
pashshalar kulrang tanali va normal qanotli bo'lib chiqadi. Bu ikki juft allel bo'yicha geterozigotadir (kulrang
tana, qoramtir tana va normal qanot, kalta qanot). Tahliliy chatishtirish o'tkazishda digeterozigota (kulrang
tanali va normal qanotli) urg'ochi pashshalarni retsessiv belgili qoramtir tanali va kalta qanotli erkak
pashshalar bilan chatishtiramiz. Mendelning ikkinchi qonuni bo'yicha naslda to'rt xil fenotipli: 25 % normal
qanotli kulrang tanali, 25 % kalta qanotli kulrang tanali, 25 % normal qanotli qoramtir tanali va 25 % kalta
qanotli qoramtir tanali pashshalar olinishi kerak edi. Lekin Morganning olib borgan tajribalarida esa
butunlay boshqacha natija olingan. Bu misolda bekross chatishtirishda diduragaydagi kabi to'rtta emas, balki
ikkita genotipik guruh ajralib chiqdi. Ulardan biri kulrang tanali normal qanotli, ikkinchisi esa qora tanali
kalta qanotli edi. Nisbat 1:1 bo'ldi. Bu A-B va a-b genlari birikkan holda irsiylanishidan dalolat edi. Bunday
irsiylanish to'liq birikkan holda irsiylanish hisoblanadi. Bu dalillarga asoslanib, Morgan birikkan holda
irsiylanish qonunini kashf etdi. Morgan va uning shogirdlari bir xromosomada joylashgan genlar ba’zan bir-
biridan ajralgan holda irsiylanishlari mumkin ekanligini ham isbotladilar. Buning sababi gomologik
xromosomalardagi birikkan genlar meyoz jarayonida krossingover tufayli ayrim qismlari bilan o'zaro
almashinuvidir. Ularni krossingoverga uchragan gametalar deyiladi. Chunki gomologik xromosomalar
o'xshash uchastkalari bilan almashinuv natijasida xromosomalar strukturaviy qayta tuzilgan bo'lib, ularda
birikkan genlar krossingover tufayli ajralib, yangi o'zgargan variantda o'zaro birikadilar. Natijada, bekkross
chatishtirish uchun olingan organizm to'rt xil: ikkita krossingoverga uchramagan, ikkita krossingoverga
uchragan gameta hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |