Мaktabgacha ta’limgacha ta'lim
Klasterlarida Мaktabgacha ta’limgacha ta'lim tashkilotlarida
pedagog kadrlarining
2022- yil may oyida malaka oshirish bo'yicha
Buvayda tumani
Мaktabgacha ta’limgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi
2- Davlat Мaktabgacha ta’limgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
Axmadzoda Feruzaxon Muxammadjon qizining
“Bolalarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda MTT ning o'rni”
mavzusidagi
BITIRUV LOYIHAVIY
ISHI
Ilmiy rahbar: Ganiyeva Vazira Yusufovna
Qo’qon-2022
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni vatanparvarlik bilan tarbiyalashda makatabgacha talim tashkilitining o'rni va roli
2. Bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda MTTda olib boriladigan ishlar
3. MTT bolalarni "til va nutq” faoliyati markazidagi vatanparvarlik mashgulotining ahamiyati
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .
Kirish:
Vatanga muhabbat eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga muhabbat hissi baynalmilalchilik bilan uyg‘unlashib ketadi. Vatanga muhabbat maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kattalar tomonidan bolalarning ruhiy rivojlanishini va ular tafakkurining aniq hamda obrazliligini e’tiborga olgan holda ma’lum izchillik bilan tarbiyalab borila-di. Prezidentimiz marxamat qilib shunday degan edi ”Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.” Sh. Mirziyayev
Maktabgacha ta’lim sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi O’zbekiston respublikasining ta’lim to’g’risidagi Qonuni, «O’zbekiston Respublikasi maktabgacha tarbiya Kontseptsiyasi», O’zbekiston Respublikasining Prezidentin nutq va ma’ruzalari. Ilk qadam davlat dasturi. O’zbekiston Respublikasi prizedentining 2017- yil 30 –sentyabrdagi “ Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’irisida”gi PF-5198 sonli farmoni asosida o’rganildi. Maktabgacha yoshdagi bolada vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish birgalikdagi faoliyat jarayonida ro'y beradigan psixologiya va pedagogikaning eng muhim pozitsiyasiga asoslanib, bu ularga yangi bilimlarni olish imkoniyatini beradi, axloqiy va vatanparvarlik tarbiyasining eng samarali vositasi loyiha usuli hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalashga shaxsan yo'naltirilgan yondashuvga asoslanib, u turli xil bilim sohalariga qiziquvchanlikni rivojlantiradi, hamkorlik ko'nikmalarini shakllantiradi; maktabgacha yoshdagi bolalar, o'qituvchilar, ota-onalarning birgalikdagi qidiruv tadbirlarini tashkil qilishda katta imkoniyatlar ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |