Yil kuzgi semestrda oʻtkaziladigan Biznes huquqi modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat turi boʻyicha imtihon savollari



Download 0,53 Mb.
bet75/76
Sana21.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#605704
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
biznes

Vaziyatga huquqiy baho bering.
Yuqoridagi kazusimizni atroflicha muhokama qiladigan bo’lsak avvalambor ushbu muammoli kazusimizning muammolarini aniqlab olishimiz kerak.
Birinchi muammoli vaziyatimizni aniqlaydigan bo’lsak bunda “Tavakkal” MCHJ bino qavatlarini yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishi qonuniymi?
Ikkinchi muammoli vaziyatimizga to’xtaladigan bo’lsak “ALIJON” MCHJ bosh menejerining bildirgan e’tirozi o’rinlimi?
Uchinchi muammoli vaziyatimiz esa “Big partners” advokatlik firmasi advokati Vosidjon Jo’rayevning keltirgan e’tizor asoslimi?

JAVOB:
Ushbu muammoli kazusimizning birinchi muammoli kazusiga to’xtaladigan bo’lsak buning uchun FK dagi mulk ijarasi to’g’risidagi normalarini tahlil qilishimiz zarur FKning 537-moddasiga ko’ra korxona bino va inshootlar mulk ijarasining obyektlari bo’lishi mumkin ushbu kodeksning 538-moddasiga ko’ra ijaraga berish huquqi mol-mulk egasiga va mulkdor tomonidan mol-mulkni ijaraga berish vakolati berilgan boshqa shaxslar ham ijaraga beruvchi bo’lishi mumkin.
Demak bu vaziyatda “Alijon” MCHJ ham “Tavakkal” MCHJ ham ijaraga beruvchi bo’lishi mumkin chunki “Alijon” MCHJ binoning mulkdori hisoblanadi
“Tavakkal” MCHJ esa ham ijarachi va ijaraga beruvchi bo’la olish huquqiga ega chunki FK ning 546-moddasiga ko’ra ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkni ijaraga beruvchining roziligi bilan ikkilamchi ijaraga (qo'shimcha ijaraga) topshirishga haqlidir. Shuningdek ijara to’g’risidagi qonunning 8-moddasiga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ijara shartnomasida o‘zga shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ijarachi ijaraga olingan mol-mulkni, yer va boshqa tabiiy resurslardan tashqari, ijaraga beruvchining ruxsati bilan ikkilamchi ijaraga topshirishga haqlidir. Bunda ijaraga oluvchi shartnomaga muvofiq ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘lib qolaveradi. Demak bu vaziyatda “Tavakkal” MCHJ yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berish uchun “Alijon” MCHJning roziligini olishi kerak edi. Ruxsat olmasdan boshqa shaxsga ijaraga berib yuborishi mutlaqo fuqarolik qonunchiligiga zid va mulkdorninng huquqi buzilishi hisoblanadi.
“Alijon” MCHJ menejerining e’tiroziga e’tibor bersak, ijara shartnomasiga o’zgartirish kiritilgan taqdirdagina “Tavakkal” MCHJ boshqa shaxsga ijaraga berishi mumkinligini da’vo qilmoqda, ammo mulk ijarasi haqidagi normalarda bunday hollarda shartnomaga o’zgartirish kiritish talabi qo’yilmagan. Biroq yuqorida aytilganidek, ijarachi mulkdorning roziligini olishi kerak.
“Big partners” advokatlik firmasi advokati Vosidjon Joʻrayevning hatti-harakatlariga to’xtalsak, u “Alijon” MCHJning “Tavakkal” MCHJning faoliyatiga aralashishga mutlaqo haqqi yoʻqligini bildiryapti. Buni noto’g’ri deb hisoblayman, chunki “Tavakkal” MCHJ mulkdorning huquqlarini buzyapti va bunday vaziyatda o’z huquqlarini talab qilishga haqqi bor deb hisoblayman.







“Mustahkam” to`liq shirkati ichki va tashqi bozorlarda sifatli matolarni tayyorlash va yetkazib berish bilan shug`ullanadi. Tashkil etilganiga sakkiz oy bo`lgan mazkur yuridik shaxs o`z ustavini uchinchi shaxslar hisobidan ko`paytirishga qaror qildi, hamda “Baquvvat” to`liq shirkati ishtirokchisi Asadov Polvonni shirkatga uchinchi shaxs sifatida qabul qildi, ushbu harakat hisobidan, ustav miqdori oshirilgach, qayta davlat ro`yxatidan o`tish maqsadida tegishli davlat organiga murojaat qildi. Ammo yuridik shaxs arizasi, ustav kapitali to`liq shakllanmaganligi bois, ustav miqdori oshirilmaydi deb tegishli davlat organi tomonidan rad etildi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish