Yil kuni “Zakovat” intellektual klubi mashg`ulot o`yinlarida o`ynalgan savollar. Savollar muallifi “milliy” jamoasi: I tur



Download 192,18 Kb.
Sana03.02.2020
Hajmi192,18 Kb.
#38605
Bog'liq
MILLIY jamoasi savollari

07.07.2019 yil kuni “Zakovat” intellektual klubi mashg`ulot

o`yinlarida o`ynalgan savollar.

Savollar muallifi “MILLIY” jamoasi:

I TUR:

1. Birinchisi surgun qilingan, ikkinchisi 19 yoshida vafot etgan, uchinchisi president bo`lgan, keyin asirgatushgan, to`rtinchisi zuluslar tomonidan o`ldirilgan.

Savol: Taniqli inglizning qissasida ular nechta bo`lgan?

Javob: 6 ta.

Izoh: Ular – Napoleonlar edi. Konan Doylning “6 Napoleon” asari mavjud.

2. Anatol Abragam bir shaxarga naq uch hafta kira olmaganini aytadi. Va “Uch haftalik X – bu oksyumoron deb,” ta`kidlaydi.

Savol: X o`rnidagi o`zlashtirilgan so`zni toping?

Javob: Karantin

Izoh: Italyanchadan bu so`z “40 kun” deb tarjima qilinadi va 3 haftaga deyarli oksyumoron.

3. Charlz Dikkens yozadiki, bir qishloq mehmonxonasida noto`g`ri moslashtirilgan ular sababli, filga yo`lbarsning orqa oyoqlari tushib qolgan bo`lsa, arslonga xartum va qoziq tishlar to`g`ri kelib qolgan.

Savol: Ularni toping?

Javob: Gulqog`oz (oboi).

Izoh: Oboilar to`g`ri moslab yopishtirilmagani sababli shunday holat vujudga kelgan.

4. Okayama shaxrida haydovchilar ish tashlash o`tkazishgan, ammo ular bundan yo`lovchilar aziyat chekmasligi uchun yo`nalish bo`yicha avtobuslarda yo`lga chiqaverishgan. Haydovchilar faqat bir narsadan bosh tortishgan.

Savol: Nimadan?

Javob: Yo`l haqini olishdan. (Qabul: Bilet sotishdan)

5. Yaponiyada so`nggi paytlarda kattalar uchun ular, bolalarga nisbatan ko`proq sotilmoqda. 1961-yildan ular bir markada ishlab chiqarila boshlagan.

Savol: Bu qaysi marka?

Javob: Pampers.

Izoh: Gap tagliklar haqida ketmoqda edi. 1961-yildan “Procter and Gamble” kompaniyasi Pampers markasida tagliklar ishlab chiqarishni boshlagan.

6. Atoqli nemis adibi Tomas Mann Uni kaltakesakka o`xshatgan. Darhaqiqat, biz undan olib qoladigan dum hech narsani hal qilmaydi. “Sen Uning o`zini tutib olishing kerak”, deydi adib.

Savol: Adib nimani kaltakesakka qiyoslagan?

Javob: Vaqt.

7. M.Shayxzodaning "Mirzo Ulug`bek" asarida bu qahramon doimo mast holatda bo`ladi. Abdulla Oripov esa “Genetika: she`rida o`z vujudida qaysi ajdodlar qoni oqayotgani haqida fikr yuritarkan, balki Ulug`bek yoki uning qoni bordir deya fikr yuritadi.

Savol: Bu qahramonni toping?

Javob: Bobo Kayfiy.

8. Abdulla Qahhor U avvalo samimiy va mohir pedagog bólishi kerak, deydi. Shuningdek, ona o`ziga ham zo`rg`a ishonadigan bolasini Unga ishonib topshirishini, shu tufayli Uning mas`uliyati juda katta ekanligini ta`kidlagan.

Savol: Yuqoridagi ta`rifda adib U deb kimlarga shunday talab qo`yganini aniq yozib bering.

Javob: Bolalar yozuvchisi.

Izoh: Ona bolalar yozuvchisining kitobini bolasiga olib berib, unga bolasining tarbiyasiday muhim ishni ishonib topshiradi. Bolalar yozuvchisi samimiy inson bo`lmasa, uning asari ham samimiy chiqmaydi.

9. Savol: XX asrning nechanchi yilida Parijdagi Panteonda qo`zg`olonchi qullar yetakchisi bo`lgan Dominik Tussen Luvertyur va Lui Delgreslar ramziy ravishda ko`milgan.

Javob: 1998-yil.

Izoh: 1998-yilgi mundial g`olibi bo`lgan Fransiya terma jamoasi a`zolarining ko`pchiligi Fransiyaning sobiq koloniyalaridan bo`lgan va balki ularning hammasi qullarning avlodi bo`lishi mumkin.

10. Professor Stenli Milgrem talabalarga Jon Kenndi hayotiga suiqasd qilinganini aytganda bu shunchaki eksperiment deya, unga ishonishmaydi. Hatto radioni yoqib yangiliklarni eshitib ham talabalar bunga shubxa bilan yondoshishadi. Shu o`rinda ular 1915-yilda tug`ilgan bir insonni esga olishadi.

Savol: Kimni?

Javob: Orson Uells.

Izoh: Radio boshlovchi Orson Uells Dunyolar jangi asarini efirda o`qiganda ko`pchilik buni rost deb o`ylab qolgan.

11. Bir asar qaxramonlari Cherchill juda ko`plab xatolar qilganini ta`kidlashadi. Ammo, bir personaj ba`zi o`rinda Cherchill haq bo`lganini ta`kidlagach, uni esga olishadi. Tush ta`biriga ko`ra uni tushda ko`rish ishlarning rivojlanmay qolishi yoki uni egasi vafot etishini bildirishi mumkin ekan.

Savol: Uni toping?

Javob: Buzuq, to`xtab qolgan soat.

Izoh: Buzuq soat ham kunda 2 marta vaqtni to`g`ri ko`rsatadi.

12. Andre Agassi ta`kidlashicha Boris Bekker zarba yo`llayotganida bu ishni qilar ekan. Va hatto bu ishiga qarab zarba qayoqqa yo`nalishini ham bilish mumkin ekan. 2016-yili bu ishni qilgan bir inson yurtdoshlarimizga faxr va katta quvonch olib kelgan edi.

Savol: O`sha inson kim edi?

Javob: Ruslan Nuriddinov.

Izoh: Ruslan Nuriddinov 2016-yil Olimpiada o`yinlari finalida tilini chiqargan holda toshni ko`targan va champion bo`lgan edi.

II TUR:

13. (Tarqatma material) Bu turdagi uylar qurilishi XXI asr boshidayoq loyihalashtirila boshlagan. Ammo, asosiy e`tibor 2011-yildan kuchayib, shu kabi uylar yaratilgan.

Savol: Qaysi davlatda bunday uylar bunyod etilgan?



Javob: Yaponiya.

Izoh: Uylar zilzilaga qarshi moslashtirilgan. 2011- yili Yaponiyada yirik zilzila sodir bo`lgan edi.

14. Pokiston sobiq bosh vaziri Benazir Bxutto Oksford universitetida o`qib yurgan paytlarda diskotekalardan birida o`z dugonasini Filip ismli yigit bilan tanishtirib qo`yadi va ularning turmush qurishiga sababchi bo`lgan. Benazirning bu dugonasi keyinroq o`z mamlakatida “ikkinchi” bo`lishga muvaffaq bo`lgan.

Savol: Uning dugonasining familiyasini toping.

Javob: (Tereza) Mey.

Izoh: Pokiston birinchi ayol bosh vaziri Benazir Bxutto, Buyuk Britaniyaning ikkinchi ayol bosh vaziri bilan o`z vaqtida dugona bo`lgan.

15. Bir necha oy oldin yurtimizdagi ijtimoiy tarmoqlarda turk seriallarining namoyishi keng muhokama qilindi. Bir necha tashkilotlar vakillari milliy mentalitetimizga mos bo`lmagan seriallarning efirga berilishiga qarshiligini bildirdi. Bir qancha xususiy telekanallar qatorida ushbu davlat tashkilotining seriallarni efirdan olib tashlashga qarshilik bildirib, seriallarni to`xtatish emas, ulardan to`g`ri xulosa chiqarishga chaqirgani bir qarashda unchalik hayratlanarli emas. Yordam sifatida aytish mumkinki, Ushbu tashkilot rahbari bir vaqtning o`zida Bosh vazir o`rinbosari ham hisoblanadi.

Savol: Siz ushbu davlat tashkiloti nomini yozib bering?

Javob: Xotin-qizlar qo`mitasi.

Izoh: Xotin-qizlarning seriallar tarafida turishi kutilmagan holat emas :)

16. XIX asrda “ko`hna kasb” egalari Ularga vazifalarini bajarishni "unutib qo`yishlari" uchun pul to`lab turishgan. Boshqa shaharliklarda esa Ular o`zlarining bo`tqasi uchun kasbini suiiste`mol qilyapti, degan qarash mavjud bo`lgan.

Savol: Ulardan biri haqida hikoya yozgan adibimizni toping?

Javob: Oybek.

Izoh: Ular-fonarchilar.

17. Barchaga ma`lumki, ro`za riyodan eng xoli bo`lgan ibodat, boshqa ibodatlarda odamlar bandaning ibodatiga guvoh bo`lishi ehtimoli yuqori, ammo ro`zada tashqaridan qarab, uning ro`zador ekanligini bilish qiyin. Mashoyixlar aytadiki, ro`zador issiq va tashnalikdan hosil bo`ladigan bir holatni bekitib yurmasa, shu arzimagan holatdan ham boshqalar uning ro`zador ekanligini bilib qolib, ro`zasining savobi kamayib qolishi mumkin ekan.

Savol: o`shaholatnianiqayting?



Javob: Lab quruqshab qolishi.

18. 2018 yil 24 iyundan kuchga kirgan bir farmondan keyin Ford kompaniyasi quyidagi reklama posterlarini ishlab chiqqan.



Savol: Poster qaysi mamlakat uchun ishlab chiqilgan?



Javob: Saudiya Arabistoni.

Izoh: 2018-yilgacha Saudiya Arabistonida ayollarga avtomobil haydashga ruhsat berilgan. Bungacha davlat yagona, rasmiy ravishda ayollar avto hayqashi ta`qiqlangan davlat edi. Posterda orqani ko`rsatuvchi oyna, xijobli ayol siluetini eslatadi.

19. Uning eng qimmatbaxosi sariq oltin, oq brilliantlar, yoqut va rubindan ishlangan. Shuningdek, unda 22 karat ametist va zumrad ham ishlatilgan. Narxi esa 2 mln yevrodan balandroq.

Savol: Uni toping?

Javob: Kubik Rubik.

Izoh: Kubik Rubikda 6 xil rangli tomon bo‘ladi. Savolda ham 6 xil qimmatbaho tosh tilga olingan.

20. Yaqindan boshlab bir Avstraliya shahrida avtomobil raqamlarida endi ularni ham ishlatishga ruxsat berilgan. Bu haydovchilarni xursand qilgan bo‘lsada, yo‘l patrul xodimlari protokol rasmiylashtirish qiyinlashganidan biroz xafa. Ularning aslida 5 tasidan foydalanishga ruxsat berilgan.

Savol: Ularni toping?

Javob: Smayliklar. (Qabul: Emotikonlar)

Izoh: 1-martdan Kvinslendda endi smayliklardan ham avtomobil raqamlarida foydalansa bo‘larkan. Savolda xaydovchi va patrul xodimlari hissiyotlariga ham atay urg‘u berilgandi.

21. Bir rassom yoshligida Ulardan faqat boshqa odamlarning yordami bilangina foydalana olgan ekan. Ularni ishlab chiqaruvchi bir kompaniya esa mashxur olmos sharafiga nomlangani ham bejiz emas.

Savol: Ularni aniq ayting?

Javob: Rangli qalamlar.

Izoh: Rassom Viktor Chijikov daltonik bo‘lgan va ranglarni ajrata olmagan. Kompaniya esa Ko‘hinur olmosi sharafiga nomlangan, zero olmos va qalamdagi grafit aslida bir element - uglerodning turli shakllari hisoblanadi.

22. 1910-yilda Charli Chaplin AQSh bo`ylab gastrolga chiqadi. U o`zi borgan bir shaxar haqida aytarkan, shaxardagi hatto eng arzon mehmonxonada ham yangidan qurilgan ekanini ta`kidlagan.

Savol: Bu qaysi shaxar edi?

Javob: San Fransisko.

Izoh: Bir necha yil oldin shaxarda ro`y bergan yirik zilzila deyarli barcha binolarni yakson qilgandi.

23. “Usta va Margarita” asarida Begemot va sherigi bir do`konga kirishadi. Sherigining yirtiq eski kiyimiga qarab, do`kondor mensimay “Faqat chet el valyutasiga savdo qilamiz” deya ketkazib yubormoqchi bo`ladi. Shunda sherigi “Iye, nima bizni pulimiz yo`q deb o`ylaysizmi? Hech qachon odamga kiyimiga qarab baxo bermang! Bu qimmatga tushishi mumkin. Nima tarixni bilmaysizmi, Uni tanimaysizmi” deydi.

Savol: U deb kim nazarda tutilgan?

Javob: Xorun ar Rashid. (

Izoh: Halifa Xorun ar Rashid ham kechasi oddiy kiyimda xalq orasida yurishi bilan mashxur edi.

24. Bugungi kunda Yaponiyada chips, pop-korn kabi turli yeguliklar sotib olinganda ham ovqatlanuvchi (xasi) tayoqchalari qo‘shib berilayotgan ekan. Bunga sabab, albatta ular.

Savol: Ularni toping.

Javob: Smartfonlar.

Izoh: Qo‘lda yeganda barmoqlar yog‘ bo‘lib, smartfonlardan foydalanish qiyin bo‘lib qoladi.

ZAXIRA

Osiyo davlatlarida ilgaridan ipak ro`mol, qog`oz varag`i yo yung to`ldirilgan qop yordamidan bir narsani sinab, tekishirib ko`rishgan.



Savol: Nimani tekshirishgan?

Javob: Tig` (qilich) o`tkirligi.
Download 192,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish