Yil dekabr oyida Xitoyning Uxan provintsiyasida covid-19



Download 216,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana03.08.2021
Hajmi216,84 Kb.
#137477
  1   2   3
Bog'liq
K



Muammoli savol 

1. 


2019  yil  dekabr  oyida  Xitoyning  Uxan  provintsiyasida  COVID-19 

koronavirus  infektsiyasi  tarqalib  borayotgani  aniqlandi.  Ushbu  infektsiya 

keyinchalik dunyoning boshqa mamlakatlariga ham tarqala boshladi.  

2. 


Buning  natijasida  2020  yil  29  yanvar  kuni  Oʼzbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  tomonidan  “Oʼzbekiston  Respublikasiga  koronavirusning  yangi  turi 

kirib  kelishi  va  tarqalishining  oldini  olish  yuzasidan  chora-tadbirlar  dasturini 

tayyorlash  boʼyicha  respublika  maxsus  komissiyasini  tashkil  etish  toʼgʼrisida”  gi 

F-5537-son  farmoyish  qabul  qilindi.  2020  yil  11  mart  kuni  Butunjahon  sogʼliqni 

saqlash  tashkiloti  dunyo  miqyosida  COVID-19  koronavirus  infektsiyasi  tarqalib 

ketgani  munosabati  bilan  pandemiya  eʼlon  qildi.  Ushbu  kasallik  Oʼzbekistonga 

ham kirib keldi va 2020 yil 15 mart kuni mamlakatda karantin eʼlon qilindi.  

3. 

Karantin  sharoitida  kasallikning  tarqab  ketishini  oldini  olish  maqsadida 



Respublika  komissiyasi  tomonidan  turli  cheklov  choralari  oʼrnatila  boshlandi. 

Jumladan, avtotransportda  ertalab soat 07:00 dan 10:00 gacha va kechki vaqt soat 

17.00 dan 20.00 gacha harakatlanishga ruxsat berildi. Qolgan vaqtda harakatlangan 

fuqarolar javobgarlikka tortildi.  

4. 

E.Rustamov  2020  yil  5  avgust  kuni  soat  16.00  da  oilasi  bilan  avtotransport 



vositasida  yaqin  qarindoshini  koʼrgani  ketayotganda  ichki  ishlar  organi  xodimi 

tomonidan  toʼxtatildi  va  sodir  etgan  huquqbuzarligi  uchun  maʼmuriy  bayonnoma 

rasmiylashtirildi.  E.Rustamov  bayonnomaga  imzo  qoʼyishdan  bosh  tortdi.  Bunga 

sabab  sifatida  Oʼzbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasiga  binoan  u  shaxsiy 

erkinlik,  respublika  hududida  bir  joydan  ikkinchi  joyga  koʼchish  singari 

huquqlarga ega boʼlib, ushbu huquqlar daxlsiz ekani, ularni sud qarorisiz cheklab 

qoʼyishga  hech  kim  haqli  emasligini,  shunday  ekan  Respublika  komissiyasining 

qarorlari  bilan  uning  konstitutsiyaviy  huquqlari  cheklanishi  Konstitutsiya  va 

qonunning ustunligi prinsipiga toʼgʼri kelmasligini aytdi.  

Vaziyatga huquqiy baho bering. 



Javob 

Ushbu vaziyatni o‟rganar ekanmiz kishida tabiiy  savol tug‟iladi 

1.   “Oʼzbekiston  Respublikasiga  koronavirusning  yangi  turi  kirib  kelishi  va 

tarqalishining  oldini  olish  yuzasidan  chora-tadbirlar  dasturini  tayyorlash 

boʼyicha  respublika  maxsus  komissiyasining  tuzilganligi  va  karantin 

choralarining  o‟rnatilishi  qonuniy asosga egami? 




2.  Ichki  ishlar  xodimining  fuqaro  E  Rustamovga  ma‟muriy  bayonnoma 

rasmiylashtirishga vakolati bormi? 

3.  Fuqaro  E  Rustamovning  ma‟muriy  bayonnomaga  imzo  qo‟yishdan  bosh 

tortishi huquqiy asosga egami? 

4.  Fuqaroning talablari qay darajada o‟rinli? 

Koronavirus  o‟tkir  yuqumli  kasallik  bo‟lib  nafas  olish  yo‟llari  va  sezgi 

organlarining  shikastlanishi  bilan  kechadi.  Ushbu  kasallik  2019  yil  dekabr  oyida 

Xitoyning  Uxan  provintsiyasida  tarqalib  o‟tkir  yuqumli  kasallik  turiga  aylandi, 

keyinchalik  butun  dunyo  bo‟ylab  tarqalib  ko‟plab  odamlarning  o‟limiga  sabab 

bo‟ldi.  Dunyo jamoatchiligi kasallikka qarshi bir qator choralar ko‟ra  boshlashdi. 

Mamlakatimizda 

kasallikka 

qarshi 

choralar 

ishlab 

chiqish 


maqsadida 

prezidentining F-5537-son farmoyishi qabul qilindi. 

1.  “Oʼzbekiston  Respublikasiga  koronavirusning  yangi  turi  kirib  kelishi  va 

tarqalishining  oldini  olish  yuzasidan  chora-tadbirlar  dasturini  tayyorlash 

boʼyicha  respublika  maxsus  komissiyasining  tuzilganligi  va  karantin 

choralarining  o‟rnatilishi  qonuniy asosga egami? 

Prezidentimizning  F-5537-son  farmoyishi  bilan  maxsus  komissiya  tuzish     

va  unga  rahbarlik  qilish  Vazirlar  Mahkamasi  va  bosh  vazir  A.  Aripovga 

yuklatilganligi  bejiz  emas.  O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

to„g„risida qonunning 3- moddasiga muvofiq “O„zbekiston Respublikasi qonunlari, 

O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  qarorlari,  O„zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari  ijrosini  ta‟minlaydi”

1

.   


Vazirlar  Mahkamasi  asosiy  ijro  organi  bo‟lib  normativ-huquqiy  hujjatlarning  ijro 

etilishini  nazorat  qiluvchi  organ  hisoblanadi.  Ushbu  qonunning    11-moddasi 

“Vazirlar  Mahkamasining  ijtimoiy  sohadagi  vakolatlari  sog„liqni  saqlash  tizimini 

rivojlantirish, tibbiy yordamning sifati, samaradorligi va hamma uchun ochiqligini 

oshirish,  aholi  sog„lig„ini  saqlash  va  mustahkamlash,  sog„lom  turmush  tarzi 

prinsiplarini 

joriy 

etish, 


shuningdek 

sanitariya-epidemiologiya 

sohasida 

osoyishtalikni  ta‟minlash  bo„yicha  choralarni  amalga  oshiradi”

2

.

 



Ushbu  qonun 

normasiga ko‟ra   Vazirlar mahkamasi sog‟liqni saqlash sohasida davlat siyosatini 

amalga  oshirib  fuqarolarga  tibbiy  yordam  ko‟rsatish,  ularning  sog‟ligini  saqlash 

sog‟lom  turmush  sharoitini  yaratish  va  sanitariya-epidemiologiya  sohasidagi 

osoyishtalik yaratish uchun mas‟ul davlat organi sanaladi. Vazirlar Mahkamasi o‟z 

faoliyati davomida davlatning barcha sohalarida ijro hokimiyatini amalga oshiradi. 

_________ 

1.  O„zbekiston Respublikasi “Vazirlar Mahkamasi  to„g„risida”   qonunning   3-11 - moddalari. 




Shuningdek  25-modda  “Vazirlar  Mahkamasining  ayrim  topshiriqlarini  bajarish 

uchun Vazirlar Mahkamasining muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari 

tashkil  etilishi  mumkin”

1

.



 

Prezidentimizning  F-5537-son  farmoyishida  “Maxsus 

komissiyaning 

o'z 


vakolatlari 

doirasida 

qabul 

qilgan 


qarorlari  

tashkiliy-huquqiy  shaklidan  qat'i  nazar  barcha  tashkilotlar  va  ularning  mansabdor 

shaxslari,  shuningdek,  fuqarolar  tomonidan  bajarilishi  majburiy  ekanligi 

belgilandi”

2

.  Ko‟rinib  turibdiki  hukumat  o‟z  oldiga  qo‟yilgan  vazifalar  uchun 



muvaqqat  komissiya  tuzishi  va  komissiya  o‟z  faoliyatini  olib  borishda  huquq  va 

imtiyozlarga ega ekanligi qonuniy asosga ega. Maxsus komissiya muvaqqat davlat 

organi  sifatida  murakkab  vaziyatlarda  faoliyat  olib  boradi  va  o‟z  faoliyati 

davomida ba‟zi huquq va imtiyozga ega bo‟lgan hukumat organi hisoblanadi. 

O'zbekiston  Respublikasining  “Aholining  sanitariya-epidemiologik  osoyishtaligi 

to'g'risida”gi  qonunning  31-moddasida  “O'zbekiston  Respublikasi  hududining 

sanitariya muhofazasi sanitariya-karantin nazoratini amalga oshirish va cheklovchi 

tadbirlar  (karantin)  joriy  etish  yo'li  bilan  ta'minlanishi  belgilangan”

3

.           



Yuqumli  kasalliklarning  paydo  bo'lish  yoki  tarqalish  xavfi  yuzaga  kelsa  tegishli 

hududlarda  belgilangan  tartibda  cheklovchi  karantin  joriy  etishi  mumkin. 

Yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlarga binoan Vazirlar Mahkamasi sanitariya va 

epidemiologiya holati  yuzasidan topshiriqlarni bajarish uchun komissiya tuzishi va 

bu  komissiya  o‟z  faoliyati  davomida  barcha  fuqarolar,  davlat  va  jamoat 

tashkilotlari  uchun  bajarilishi  majburiy  bo‟lgan  normalarni  yaratishi,  karantin 

cheklovlarini  o‟rnatishi  va  nazorat  ostiga  olish  huquqiga  ega.  Maxsus  komissiya 

o‟z  faoliyatida  karantin  cheklovlarini  qat‟iy  o‟rnatgan  va  barcha  fuqarolar  unga 

rioya  qilishini  nazoratga  olish,  davlat  organlari  va  mansabdor  shaxslarni 

o‟rnatilgan  karantin  cheklovlariga  fuqarolarning  munosabati  va  ularning  amal 

qilishini nazoratga olishi lozim. Ko‟rinib turibdiki o‟rnatilgan karantin cheklovlari 

inson  huquq  va  manfaatlarini,  fuqarolar  sog‟ligini  himoya  qilishga  xizmat 

qilmoqda  

              E.Rustamov 2020 yil 5 avgust kuni soat 16.00 da oilasi bilan avtotransport 

vositasida  yaqin  qarindoshini  koʼrgani  ketayotganda  ichki  ishlar  organi  xodimi 

tomonidan  toʼxtatildi  va  sodir  etgan  huquqbuzarligi  uchun  maʼmuriy  bayonnoma 

rasmiylashtirildi.  

__________ 

1.  O„zbekiston Respublikasi “Vazirlar Mahkamasi  to„g„risida”   qonun  25-moddasi. 

2. O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti  F-5537-son farmoyishi 

3.  O„zbekiston  Respublikasi  “Aholining  sanitariya-epidemiologik  osoyishtaligi  to„g„risidagi” 

qonunning 31-moddasi. 




Oʼzbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasiga  binoan  u  shaxsiy  erkinlik, 

respublika  hududida  bir  joydan  ikkinchi  joyga  koʼchish  singari  huquqlarga  ega 

boʼlib, ushbu huquqlar daxlsiz ekani, ularni sud qarorisiz cheklab qoʼyishga hech 

kim  haqli  emasligini,  shunday  ekan  Respublika  komissiyasining  qarorlari  bilan 

uning konstitutsiyaviy huquqlari cheklanishi  Konstitutsiya  va qonunning ustunligi 

prinsipiga toʼgʼri kelmasligini aytdi. 

 

 

       Maxsus  komissiyaning  2020  yil  4  aprelidagi  qaroriga  muvofiq  transport 



vositasi  haydovchisi  maxsus  ruxsatnomasiz    koronavirus  infeksiyasining 

tarqalishiga  qarshi  kuchaytirilgan  tartibning  amal  qilinganligi  uchun  belgilangan 

vaqtdan  oldin  harakatlanib  kelayotganligi  tegishli  tartibda  ruxsatnomasining 

yoqligi  sababli  ma‟muriy  bayonnoma  rasmiylashtirilishi  kerak.  Ushbu  holat 

ma‟muriy  huquqbuzarlik  emas    ma‟muriy  javobgarlik  to‟g‟risidagi  kodeksning    

54-moddasi  “Karantinli  va  inson  hayoti  uchun  xavfli  bo‟lgan  yuqumli  

kasalliklarning    paydo  bo‟lishi  va  tarqalishi  sharoitida  vakolatli  davlat  organi 

talablarini bajarmaslik, belgilangan majburiy qoidalarni buzish hamda ularga rioya 

qilmaslik deya baholanadi”.

1

 Fuqaro E Rustamov koronavirus pandemiyasi davrida 



tegishli  ruxsatnoma  bo‟lmagan  holatda  va  belgilanmagan  vaqtda  harakatlanib, 

davlat  tomonidan  o‟rnatilgan  tartiblarni  asossiz  ravishda  buzgan.  Vazirlar 

Mahkamasining  “Koronavirus  infektsiyasi  tarqalishiga  qarshi  qo'shimcha  chora-

tadbirlar to'g'risida” 2020 yil 23 martdagi 176-son qaroriga muvofiq  “Ichki ishlar 

organlari  yo„l-patrul  xizmati  xodimlariga,  istisno  tariqasida,  Tartib  davrida 

avtotransport  vositasini  maxsus  ruxsatnomasiz  boshqarganlik  uchun  O„zbekiston 

Respublikasi  Sog„liqni  saqlash  vazirligi  huzuridagi  Sanitariya-epidemiologiya 

nazorati  davlat  inspeksiyasi  xodimlari  tomonidan  rasmiylashtirilgan  ma‟muriy 

bayonnoma  asosida  O„zbekiston  Respublikasi  Ma‟muriy  javobgarlik  to„g„risidagi 

kodeksining                  291-moddasi  “Transport  vositasini  ushlab  turish  va  ko‟rikdan 

o‟tkazish  qonun  hujjatlariga  muvofiq  ushlab  turish  sababi  bartaraf  etilganidan 

so‟ng  ma‟muriy  huquqbuzarlik  ishi  ko‟rib  chiqilgunga  qadar  amalga  oshiriladi”.

1

  

belgilangan  organlar  tomonidan  avtotransport  vositasini  jarima  maydonchasiga 



joylashtirish  yo„li  bilan  ushlab  turish  huquqi  berilsin”

2

.  Ushbu  normativ-huquqiy 



hujjatlar  normalaridan  kelib  chiqadigan  bo‟lsak    bunda  fuqaro  E  Rustamov 

karantin  qoidalarini  buzgan    ichki  ishlar  xodimi  fuqaroga  ma‟muriy  bayonnoma 

rasmiylashtirish huquqiga ega. 

 _________________________________ 

1

 Ma‟muriy javobgarlik to‟g‟risidagi kodeksning  54  va 29 - moddasi 



Vazirlar  Mahkamasining  “Koronavirus  infektsiyasi  tarqalishiga  qarshi  qo'shimcha  chora-tadbirlar 

to'g'risida” 2020 yil 23 martdagi 176-son qarori

 



  Ushbu    holatda  fuqaroning  xatti-harakati  mutlaqo  asossiz  deb 

hisoblayman  fuqaro  yuqoridagi  qaror  normalaridan  kelib  chiqib  ma‟muriy 

bayonnoma rasmiylashtirish huquqi davlat sanitariya xodimlariga har bir hududda 

sanitariya  xodimlari  bo‟lmaganligi  uchun  tegishli  ravishda  ichki  ishlar  xodimiga 

yuklatilganligini  ko‟rishimiz  mumkin.Ichki  ishlar  xodimining  fuqaroga  ma‟muriy 

bayonnoma  rasmiylashtirishga    qonuniy  vakolati  bor.  Holat  yuzasidan    fuqaro       

E Rustamovning ma‟muriy bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortishi va  bunga 

asos sifatida        Konstitutsiyamizning     28- moddasi   “O„zbekiston Respublikasi 

Fuqarosi  Respublika  hududida  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko„chish,  O„zbekiston 

Respublikasiga kelish  va undan chiqib ketish huquqiga  ega. Qonunda  belgilangan 

cheklashlar  bundan  mustasnodir”

1

.    ko‟rsatganligini  ko‟rishimiz  mumkin. 



Konstitutsiyamizning ushbu normasida ko‟rsatilgan jihatlar bir qarashda o‟rinlidek. 

To‟g‟ri fuqarolar respublika hududda erkin yurishi va o‟z huquq va imtiyozlaridan 

foydalanishi,  respublika  hududiga  kirishi  yoki  undan  chiqib  ketishi  huquqlari 

mavjud.  Ammo  Konstitsiyamizning  ushbu  normasi  ikkinchi  qismiga  to‟xtalsak 

qonun  bilan  belgilangan  cheklashlar  bundan  mustasno  ekanligi  ya‟ni    vaziyat 

taqozo  etganida  biror  qonun  yoki  normativ-huquqiy  hujjatlar  o‟rnatgan  qoida  va 

me‟yorlarni  asosiy  qonunimiz  istisno  etmaydi.  Shu  jihatdan  olib  qarasak 

fuqaroning talablari o‟rinsiz va mutlaqo asosga ega emas 




Download 216,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish