Yigirish texnologiyasi



Download 8,56 Mb.
bet106/113
Sana31.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#217318
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   113
Bog'liq
YKSM O'UM1

10-amaliy mashg’ulot

TTESIdagi «CentexUz» markazida o‘rnatilgan laboratoriya asboblari bilan tanishish.

Ishning maqsadi: «CentexUz» - markazida o‘rnatilgan laboratoriya asboblarini o‘rganish.

Amaliy mashg’ulot uchun kerak bo‘ladigan anjomlar va materiallar: «CentexUz» sertifikatsiya markazidagi laboratoriya asboblarini.
Topshiriq:

1.Laboratoriya tarixi.

2.«CentexUz» o‘quv-sinov laboratoriyasida o‘rnatilgan asbob-uskunalar.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni bajarishda birinchi navbatda institutda o‘quv jarayonining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni talab etiladi. Ushbu vazifani bajarishda institutda chet el investitsiyalarini olib kirish asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Mustaqillik yillarida institutimiz tomonidan ko‘plab xalqaro grantlar yutilib, o‘quv jarayoniga tadbiq etildi. 2001-2002 yillar institutimiz Yaponiya hukumatining 4 mln. AQSH dollari miqdoriga teng bo‘lgan granti - beg‘araz yordamini olinishga sazovor bo‘ldi. Ushbu grant doirasida institut o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy texnika va dastgohlar bilan ta’minlash, hamda to‘qimachilik mahsulotlarini sertifikatlovchi laboratoriya tashkil etish kiritilgan edi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning ikkinchi - sifat bosqichini amalga oshirishda ushbu grant orqali o‘rnatilgan jihozlar o‘zining ulkan samarasini bera boshladi.

Tashkil etilgan sertifikatsiya markazi nihoyatda zamonaviy, yuqori aniqlikda ishlovchi texnika bilan jihozlangan bo‘lib, xizmat qiluvchi xodimlarning aksariyat ko‘pchiligi jahonning to‘qimachilik sanoati rivojlangan davlatlarida, jumladan Angliya, Belgiya, Gretsiya, Yaponiya va Hindistonda mahsulot sifatini sertifikatlash bo‘yicha o‘z malakalarini oshirib qaytganlar. Bundan tashqari 1997-2005 yillar davomida 30ga yaqin professor-o‘qituvchilar, aspirant va talabalar Tempus-Tasis dasturi bo‘yicha Belgiya va Gretsiyada malakalarini oshirib kelishgan bo‘lib, bu albatta o‘rnatilgan zamonaviy texnika va texnologiyani o‘quv jarayoniga tez tadbiq etishda o‘z samarasini bermoqda. Hozirgi kunda markazda yosh olimlar, magistrlar va bir qator professor-o‘qituvchilar o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarini bajarmoqdalar. Bu markaz nafaqat o‘quv jarayoniga, balki mamlakatimiz to‘qimachilik sanoatining yanada rivojlanishiga va mintaqada to‘qimachilik mahsulotlarini sertifikatlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

«CentexUz» o‘quv -sinov laboratoriyasida hozirgi kunda 30 dan ortiq turli jihozlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularda toladan tortib to matoning barcha sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoni mavjud. Bundan tashqari to‘qimachilik mahsulotlariga tabiiy muhit (quyosh, yomg‘ir va boshqalar)ning ta’sirini qisqa vaqtda aniqlash uchun jihozlari mavjud.

«CentexUz» o‘quv-sinov laboratoriyasi nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo mintaqasida texnik jihozlanishi jihatidan eng boy va barcha talablarga javob beradigan markaz sifatida shakllandi. «CentexUz» o‘quv-sinov laboratoriyasida o‘rnatilgan asbob-uskunalar o‘zining noyobligi, texnikaning so‘nggi yutuqlari asosida yaratilganligi, ilm-fan bilan shug‘ullanuvchilarga ham, sertifikatsiya ko‘nikmasini oluvchilarga ham, sertifikat xizmatidan foydalanuvchilarga ham juda katta yordam berishi shubhasizdir.








“Dyuplan”-xom ipak ipining jipsligini tekshirish uchun maxsus qurilma.




“Serigraf” - xom ipak ipining uzilish kuchi va uzilishdagi cho‘zilish xususiyatlarini tekshiradigan maxsus qurilma.




“SK-60H” maxsus tarozisi - iplarning chiziqiy zichligini aniqlash uchun maxsus tarozi.




“Namlikni aniqlovchi quritgich” - har xil turdagi materiallarning (xom ipak, paxta, pilla) namlik miqdorini aniqlash uchun maxsus qurilma.




“FD-600” namlikni aniqlovchi asbob - iplardagi konditsion namlikning miqdorini infraqizil nurlar yordamida quritib o‘lchaydigan maxsus qurilma.




“FR-3” ipning tukdorligini aniqlovchi optik asbob - yigirilgan iplarning tukdorlik darajasini aniqlash uchun maxsus qurilma.




“TW-3” buramlar sonini aniqlash asbobi - xom ipak ipining buramlar soni va buram yo‘nalishini aniqlash uchun qurilma.




«Statimat-S» uzish asbobi - har xil turdagi iplarning uzilish kuchi va cho‘zilishini aniqlash uchun qurilma.




“AGS-H” dinamometri - har xil turdagi tolalarning uzilish kuchi va cho‘zilishini aniqlash uchun qurilma.




“X-15” feydometri - bo‘yalgan matolarning quyosh va yomg‘ir ta’siriga chidamliligini tekshirish qurilmasi.




“AG-1” uzish uskunasi - har xil turdagi matolarning uzilish kuchi va cho‘zilishini aniqlash uchun qurilma.




“M 235/3” ishqalash asbobi - har xil turdagi matolarni ishqalanishga chidamliligini tekshirish uchun qurilma.




“TA-1” yirtilish kuchini aniqlovchi asbob - har xil turdagi matolarning yirtilishga chidamliligini tekshirish uchun maxsus qurilma.




“IP-3” pilinglash asbobi - har xil turdagi matolar yuzasida ishqalanish natijasida nuqsonlar (katishkalar) paydo bo‘lishini tekshiradigan qurilma.




“AW-6” G‘ijimlanmaslikni aniqlash asbobi - har xil turdagi matolarni g‘ijimlanish xususiyatlarini tekshirish uchun maxsus qurilma.




“SD-1” siljuvchanlikni tekshirish asbobi - har xil turdagi matolarning iplarini bir-biriga nisbatan siljuvchanlik darajasini tekshirish uchun qurilma.




“AR-360SM” havo o‘tkazuvchanlik tekshirish asbobi - har xil turdagi matolarning havo o‘tkazish xususiyatini tekshirish uchun maxsus qurilma.




“WR-1600E” suv o‘tkazuvchanlikni tekshirish asbobi - har xil turdagi matolarning suv o‘tkazish xususiyatini tekshirish uchun uskuna.




“AR-2” rangni ishqalanishga chidamliligini tekshirish asbobi - har xil turdagi bo‘yalgan matolarning mexanik ishqalanishga chidamliligini tekshirish uchun uskuna.




“AW-2” issiqlik o‘tkazuvchanlikni tekshirish asbobi - har xil turdagi matolarning issiqlik o‘tkazish darajasini tekshirish uchun uskuna.




“Yuqori darajada kattalashtiruvchi mikroskop” - har xil turdagi tolalarning, matolarning va boshqa moddalarning ko‘ndalang kesimini, strukturasini va boshqa fizik ko‘rsatkichlarini o‘rganish uchun qurilma.




“RS-101D” statik xossalarni o‘rganish pribori - har xil turdagi matolarda statik zaryadlanish xususiyatini tekshirish uchun uskuna.




“GX-400” maxsus tarozi - har xil turdagi matolarning sirt yuza zichligini aniqlash uchun maxsus tarozi.




“Seriplan” - xom ipak ipining notekisligi, yirik va mayda nuqsonlar bo‘yicha tozaligini tekshirish uchun maxsus qurilma.




“NM-3” kalava o‘rash charxi - iplarning chiziqiy zichligini aniqlashda ma’lum uzunlikdagi kalavachalarni o‘rash uchun maxsus qurilma.




“SG-6200” elektron tarozi - har xil turdagi namunalarning og‘irligini aniqlash uchun tarozi.



“MD-6R” namlikni aniqlovchi jihoz - iplardagi konditsion namlikning miqdorini infraqizil nurlar yordamida quritib o‘lchaydigan maxsus qurilma.




Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish