Yig`ilishida muhokama qilingan va himoyaga tavsiya etilgan



Download 466,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/21
Sana09.02.2022
Hajmi466,43 Kb.
#439043
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
boshlangich sinfda ogzaki hisoblash malakasini shakllantirishga innovatsion yondashuv

 
 


16 
II. BOB OG`ZAKI HISOBLASH MALAKSINI 
SHAKLLANTIRISH USULLARI
 
2.1 10 va 20 ichida og`zaki qo`shish va ayrish usul 
Ma`lumki boshlang`ich sinfda og`zaki va yozma hisoblash usullari
mavjuddir. 
Og`zaki hisoblash masalalari quyidagi qismlarga bo`lib o`rgatiladi: 
a)
Og`zaki qo`shish va ayrish usullari 
b)
Og`zaki ko`paytirish va bo`lish usullari 
Yuqoridagi usullarni barchasi 10 va 20 ichida og`zaki hisoblash
usullariga bog`liq . Shu bois Biz 10 va 20 ichida og`zaki qo`shish va
ayrish usullari tahlil qilib chiqaylik. 
Qo`shish va ayrish narsalarning ikkita to`plami birlashtirish yoki 
berilgan to`plamning bir qismini ajratib olish bilan bog`liq amaliy mashqlar
asosida o`rganiladi. Bunday mashqlar dastlabki matematika darslaridan
boshlab bajariladi, ular mazkur temada ham davom etadi, faqat bu yerda asosiy
e`tibor sonlar ustida amallar bajarishga qaratiladi. 
10 ichida qo`shish va ayrish malakalari avtomatizm shakliga keltirilishi,
ya`ni hisoblash usullarini qarashning va mos mashqlar sistemasi bajarilishining
yakuniy natijasi 10 ichida qo`shish va ayrish barcha hollarini (va sonlar
tarkibining mos hollarining) bolalar tomonidan puxta o`zlashtiririlishidan iborat 
bo`lishi kerak. 
10 ichida qo`shish va ayrish ushbu plan ( reja ) bo`yicha o`rganiladi: 
I. Bittalab va guruhlab qo`shish va ayrish, qo`shish va ayrishning
+ 2, + 3, + 4 hollari. 
II. yig`indining o`rinini almashtirish hossasi, qo`shiluvchilarning o`rnini 
almashtirish usuli; qo`shishning + 5, + 6 , . . . . , + 9 hollari;
6 – 10 ichidagi sonlarining tarkibi. 


17 
III. Qo`shish va ayrishning bog`lanishi, no`malum qo`shiluvchi topish; 
ayrishning
- 5 , - - 6, . . . . , - 9 hollari. 
Ana shu bosqich ( davrda ) bolalar barcha raqamlarni yozishni 
o`rganadilar : ―masala‖ tushunchasi bilan tanishdilar va masala matnini
dastlabki tahlil qilishni, ya`ni masalada shart va savol qismlarini ajratishni,
yig`indi va qoldiqni (ayirmani) topishga doir eng sodda masalalarni yechishni , 
berilgan sondan bir nechta birlik katta yoki kichik sonni ( naesalarni sanash 
asosidagina emas, balki sonlar ustida amallar bajarish asosida ham) topishni 
o`rganadilar. 
Bolalar santimetr bilan va chizg`ich yordamida o`lchash bilan 
tanishadilar. 
Sanab o`tilgan har bir bosqichda ishlash mazmuni va uslubini bayon 
qilamiz. 
I.
Bittalab qo`shish va ayrish usuli narsalar va narsalar guruhlari ustida 
amallar (ularning birlashmasi, guruhdan berilgan sondagi narsalarni 
(predmetlarni) olib qo`shish) bajarishdan sonlar ustida amallar
bajarishga o`tishga imkon beradi.
II.
Uchinchi darsda bolalarni + 1 + 1 ko`rnishdagi misollarni,
to`rtinchi darsda esa - 1 - 1 ko`rnishdagi misollarni yechishga 
o`rgatish masalasi qo`yiladi. 
― 2 ni qo`shish ‖ va ― 2 ni ayrish ‖ , keyinroq esa + 3 va - 3
so`ngra + 4 va - 4
hollari (bir biriga taqqoslanib) ikkita darsda o`rganiladi. 
2 sonini qo`shish va ayrish usulining mohiyati shundan iboratki, 2 ni 
qo`shar ekanmiz , daslab songa 1 ni qo`shamiz so`ngra yana 1 ni qo`shamiz 
(huddi shunday sondan 2 ni ayirishda dastlab 1 ni so`ngra yana 1 ni ayiramiz) . 
Bolalar + 2 va - 2 ko`rinishdagi misollarni yechishda birinchi 
marta 10, 20 va boshqa katta sonlar ichida qo`shishda qo`llaniladigan asosiy
usullardan biri - bo`laklab qo`shish va ayrish usuli bilan tanishadilar. 


18 
Shuning uchun 2 ni qo`shish 2 ni qo`shar ekanmiz, dastlab 1 ni,
so`ngra yana 1 ni
( chunki 2 – bu 1 va yana 1 ) qoshishimizni bolalar tushunishlari juda muhimdir. 
Eng avvalo huddi ana shu qoida demostratsion va shaxsan sanoq 
materiallaridan foydalanilgan holda takror – takror namoyish qilinishi kerak. 
Bolalar dastlab turli sonni materiallarni asosida ― har tomonlama‖ , 
batafsil mulohoza yuritib ongli ravishda u yoki bu sonni qanday qo`shish, ayrish
mumkinligini to`g`risida hulosa chiqariladilar. 
So`ngra bir necha dars hisoblashga doir mashqlarga ajratiladi, bunda 
dastlab o`quvchilarga hisoblash usullarini tushuntirish katta o`rinni egallaydi. 
Keyin muhokomalar qisqartirib boriladi. Mazkur bosqichda hisoblash 
malakalarini shakllantirish uchun og`zaki mashqladan keng foydalanish zarur.
Arifmetik diktantlar - javoblarini qirqma raqamlar bilan yoki javoblarni 
daftarga yozish orqali ko`rsatish bilan og`zaki hisoblashlar bajarish foydalidir.
Shuningdek, misol va masalalar yechishga doir turli yozma mashqlar ham zarur.
Masalan : 1. 2 sonini qo`shishga va 2 sonini ayrishga doir uchta misol tuzing
va yeching. 
III. + 3 , + 4 misollarini yechgunga qadar og`zaki va yozma
mashqlarga iloji boricha ko`proq 5 + 1 + 2, 7 - 2 - 1, 6 + 2 + 2, 8 - 2 - 2 
va h.k ko`rinishdagi misollarini qo`shish kerak. Bu - bo`laklab qo`shish va 
ayrish usulini + 3 , + 4 holiga tatbiq qilishga yordam beradi. 
Bu yerda o`qituvchi demonstratsiya va tarqatma materiallardan foydalanib,
quyidagi savollarni beradi: ―3 sonini qanday qilib bo`laklab qo`shish mumkin ? 
( 1 + 2 , 2 + 1 ). 6 ga 4 ni qo`shsak, necha hosil bo`ladi ? ( 6 + 2 = 8 ). Yana
necha qo`shish kerak ? ( 8 + 2) necha hosil bo`ladi? ( 8 + 2 = 10 ). Demak, 6 ga
4 ni qo`shsak, nechani hosil qilamiz ? ( 6 + 4 = 10) ‖ 
+ 2, + 3 , + 4 hollarining har qaysi gruppasi ustida ishlashning
yakunlovchi bosqichi 2 ni ( 3 , 4 ni) qo`shing, 2 ni ( 3 , 4 ni) airing kabi 
―jadvallar‖ ni tuzish va ularni yod olishdan iborat bo`ladi. Jadvalning bir qismi
o`qituvchi rahbarligida ko`pchilik bo`lib, bir qismi mustaqilo tuziladi. 


19 
O`quvchiolarning diqqati qo`shiluvchilarning biri o`zgarishi bilan yig`indining 
o`zgarishiga qaratiladi ( navbatdagi javob katta chiqadimi kichik chiqadimi ?
Nima uchun ?). Bunday ish ―jadvallar‖ tuzish negizini tushinib olish va eslab 
qolishga yordam beradi, bu esa bunday jadvallarni zarur bo`lganda tezda 
tuzib chiqishga imkon beradi. 
+ 2, + 3, + 4 hollarini o`rganishda ayrish ayrish
natijalarini qo`shish bo`lgandagi holga o`xshash emas, balki bittalab ayrish 
bilan toppish maqsadga muvofiqdir 
( taqqoslang: 8 – 2 = 6, chunki 8 – 1 = 6 yoki 6 + 2 = 8). Hisoblashlarni ko`p 
marta bajarish bilan hisoblash malakalarini egallash jarayonida ayrish arifmetik
amal sifatida shakllanadi, bu amal asosida to`plamning qismini ayrish amali 
yotadi. 
Bu holda bolalar ayrishni qo`shishdan farqli ravishda idrok etadilar. 
Qo`shish va ayrish amalllarini o`rganishning dastlabki bosqichida bu 
amallarning o`zaro bog`lanishini ochib berish va undan foydalanishga shoshish 
kerak emas, chunki o`quvchilar bu paytda mazkur amallarning konkret 
ma`nosini endigina o`zlashtirayotgan bo`ladilar va qo`shishning natijalarini
qat`iy yod olmagan bo`ladilar ( tipik hato : 7 - 4 = 4, chunki 2 + 4 = 7). 
IV. Qo`shish va ayrishning navbatdagi hollari ( + 5, + 6 va h. 
k.)ga o`tishda hatto ikkitalab, uchtalab qo`shish vaayrish bu yerda qiyin va 
uzundan – uzoq ekaniga ishonch hosil qilamiz. Yani hisoblash usullari
zarurdir.
Qo`shishning qolgan hollari (5, 6 , 7, 8, 9, ni qo`shishni ) ko`radiga 
bo`lsak, bu yerda hamma yerda ikkinchi qo`shiluvchi birinchi qo`shiluvchidan 
katta ekanini ko`ramiz
( 1 + 9, 2 + 7, 3 + 5, 4 + 6, va sh. k.). Agar hisoblashlardan
qoshiluvchilarning o`rinlarini almashtiradigan bo`lsak, bu hollarning barchasi 
ilgari o`rganilgan ( + 1, + 2, + 3 


20 
+ 4 , ko`rinishdagi ) hollarga keladi. O`rin almashtirish usulining 
qo`llanilishi ongli ravishda bo`lishi uchun yig`indining o`rin almashtirish 
hossasini o`quvchilarga oldinroq tushuntirib berish kerak. 
Narsalar to`plamlari ( guruhlari ) bilan amaliy mashg`ulotlar o`tkazish
va o`qituvchi bajarib ko`rsatadigan demonstratsiyalar asosida bolalar zarur 
hulosa chiqarishga keltiriladi. Bolalarning kuzatishlar va amallar bajarishdan
chiqargan hulosalari taxminiy quyidagicha bo`lishi mumkin : ― Ikkita sonni
qo`shishda ularning o`rinlarini almashtirish mumkin‖ yoki ―Qo`shayotgan
sonlarimiz o`rinlarini almashtirishimiz mumkin‖. Bunda o`qituvchi sonlarning
o`rnini faqat qo`shishda almashtirish mumkinligini, ayrishda esa bunday qilish 
mumkin emasligini bolalarning ongiga albatta yetkazish kerak : buni tayin 
misollarda ko`rsatib berish kerak. 
Bolalar yig`indining o`rin almashtirish hossasining mohiyati bilan 
tanishganlaridan so`ng bu hulosaning amaliy qo`llanilishini ko`rsatish
foydalidir. 
O`qituvchi 10 ichida qo`shish jadvalini tuzib chiqishi mumkin ( uni
bilgan o`quvchi birinchi o`nlik ichidagi qo`shishga doir hamma misollarni 
yechishi mumkin) : 
2 + 2 = 4
3 + 2 = 5
4 + 2 = 6 3 + 3 =6 
5 + 2 = 6 4 + 3 = 7 
6 + 2 = 8 5 + 3 = 8 4 + 4 = 8 
7 + 2 = 9 6 + 3 = 9 5 + 4 = 9 
8 + 2 = 10 7 +3 = 10 6 + 4 = 10 5 + 5 = 10 
O`qituvchining asosiy vazifasi o`quvchilarga bu misollarani yod oldirish
va tegishli mashq qilish ishlarini tashkil etishdan iborat bo`ladi. Bu natijalarni 


21 
yod olgan o`quvchilar nima uchun faqat bu holler kiritilganini, boshqa holler
nima uchun kiritilmaganini tushuntirib berishga qodir bo`ladilar. 
― 5, 6, 7, 8, 9 ni ayrish‖ holida natijalarni toppish uchun qo`shishning bunga 
mos holidan hamda qo`shish va ayrishning o`zaro bog`lanishidan
foydalanidilar : 9 – 7 = ? 
9 - bu 7 + 2 , 7 ni ayrisak, 2 qoladi. Ko`ramizki, bu usulni qo`llash uchun
kamayuvchi mos qo`shiluvchilar yig`indisi bilan almashtirishni bilish ( ya`ni 
uning qo`shiluvchilardan iborat tarkibini bilish), shuningdek yig`indidan
qo`shiluvchilardan biri ayrilsa, ikkinchi qo`shiluvchi qolishini bilish kerak.
Binobarin, ayrish qo`shish asosida o`rganishda o`tishdan oldin o`n ichida
qo`shishning hamma hollari o`rganilishi kerak, sonlarning qo`shiluvchilardan
iborat tarkibi hamda qo`shish va ayrishning o`zaro bog`lanishi o`zlashtirishi 
kerak . Shuning uchun mazkur bosqichda dastlab qo`shishni, so`ngra
ayrishni qarash kerak.
Qo`shish ustida ishlash ( 10 ichida ,

Download 466,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish