Yig`ilish raisi: O`. Matyoqubov Kotibasi: S. Madrimova Qatnashdilar



Download 393,19 Kb.
bet2/2
Sana22.04.2022
Hajmi393,19 Kb.
#574181
1   2
Bog'liq
Заковат Баённома. 27.11.2021-

Yig`ilish raisi: O`. Matyoqubov

Xiva tumanidagi 26-son maktabda 18.11.2021 yilda o`tkazilgan “Tafakkur sinovlari” intellektual o`yinida o`ynalgan savollar ro`yxati.


1. Tabobat jurnali 2013-yil noyabr oyida chop qilingan sonida, organizmida 29 xil kimyoviy element bo‘lgan, o‘rtacha yoshi 60-80, o‘rtacha bo‘yi 8 qarich, (160 sm) eni 50-52 sm ni tashkil qiluvchi, o‘zida ham hayvoniy ham ilohiy sifatlarga ega murakkab jonzot haqida ma’lumot bergan. Savol: Ushbu jonzotning nomi nima?


Javob: Inson (Odamzod)
2. O‘zbek xalq topishmog‘i: ish payti pichoqlashadi, ish tugagach diydorlashadi. Topishmoqning javobini toping? Javob: Qaychi
3. Turkman xalq maqolini tinglang: Suv-turkmanning hayoti, ot turkmanning qanoti. Diqqat savol: Maqolda aytilishicha nima turkmanning qalbi? Javob: Gilam
4. Abu Ali ibn Sino aytadilar: Biz uch tarafdamiz Men, Sen va U. Ya’ni, men – tabib, sen – bemor va u. Diqqat savol: Ibn Sino u deganda nimani nazarda tutyapti? Javob: Kasallik.
5. Matematik jumboq: Uchta yog‘ochning 6 ta uchi bor. Beshta yog‘ochning 10 ta uchi bo‘lsa, besh yarimta yog‘ochning nechta uchi bor? Javob: 12 ta
6. Ko‘pgina mashhur qaroqchilar o‘z ismlari bilan emas, balki o‘zlarining tashqi qiyofasidan kelib chiqib berilgan laqablari bilan tanilgan. Shunday qilib, qora soqolli Yedvard Tich ko‘proq "Qorasoqol" laqabi bilan mashhur, aka-uka Aruj va Hayriddin yesa Barbarossa, ya’ni "Qizilsoqol" laqabini olishgan. Ammo mashhur bir jazoirlik qaroqchiga "O‘lik bosh" deb laqab qo‘yilgandi. Diqqat savol: Nega unga shunday laqab qo‘yishgan?
Javob: U kal bo‘lgan. (Uning boshi hech nima o‘smaydigan cho‘l kabi o‘lik yedi).
7. Quydagi nomlarni yozib oling. Sit, Diyego, Manfrid. Diqqat savol: Ular qaysi davrda do‘st bo‘lishgan.
Javob: Muzlik davrida.
8. Sigir-4, cho‘chqa-8, tipratikan-10, yaguar-11, ko‘rshapalak-20. Savol: Bu ko‘rsatgich insonda nechtaga teng? Javob: 7-8 soatga (sutkadagi normal uyqu vaqti)
9. Dunyo siyosiy haritasidagi bu qit’a dunyodagi eng qurg‘ochil va aholisi kam qit’a hisoblanadi. Bu qit’ani qoldiq hayvonlar muzeyi deb ham atashadi. Savol: bu qaysi qit’a Javob: Avstraliya
10. Yurtimizda ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shgan adiblar, ulamolar va davlat arboblari xotiralariga shaxarlarimiz markazlarida xaykallar o‘rnatilgan. Savol: Barchamiz uchun kayfiyat ulashuvchi kulgu qahramoni afandining xaykali qaysi shaxarda o‘rnatilgan. Javob: Buxoro shahrida.
11. 1492 yilning avgustida Ispaniya sohilidan Palos shahriga 3 ta yelkanli kema yo‘lga chiqdi. Bular: «Santa Mariya», «Ninya» va «Pinta» edi. Ularning kapitani kim bo‘lgan? Javob: Xristofor Kolumb.
12. 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg‘ash mumkin. U nima? Javob: Neft.
13. Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi, kun ko‘rish uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi kabirning ayrim viloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu qaysi meva? Javob: Xurmo.
14. Mutahassislarning fikriga ko‘ra, agar ular yer yuzida yo‘q bo‘lib ketganlarida yuz ming tur o‘simlik o‘lib ketgan bo‘lardi. Bu o‘simlik «halaskorlar» ini ayting. Javob: Asalarilar.
Izoh: Ular o‘simliklarning gulini changlatib ularning ko‘payishiga qulay sharoitni yaratadi.
15. Kongoda aholi uning 500 tasidan, Indoneziyada 250 tasidan, Sudanda esa 117 tasidan foydalanishadi. U nima? Javob: Til.
16. Bu siz bilan bizga juda yaxshi tanish bo‘lgan so‘z arab tilidan olingan bo‘lib, nozik fahm, yaxshi fikrlash degan ma’nolarni bildiradi. Bu qanday so‘z? Javob: Zakovat.
17. U narsa bizning yanada ko‘rkamroq ko‘rinishimizni ta’minlaydi. U dastlab 1470 yilda paydo bo‘lgan va uni ichiga ko‘mir solishgan. U faqtgina 1890-1894 yillardan boshlab aynan hozirgi vaqtdagi ko‘rinishga kirgan. Bu nima bo‘lishi mumkin? Javob: Dazmol.
18. Bu poytaxt-shahar nomining tarjimasi «qizil botir» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi shahar? Javob: Ulan Bator.
19. Tarixchi Xondamir o‘zining «Makorimul-ahloq» deb nomlangan kitobida «Navoiy vafotiga hatto tabiat ham motam tutdi» deb yozgan. Xondamir nima sababdan shunday deb yozgan?
Javob: 1501 yil uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan.
20. Bepoyon jazirama cho‘ldagi yashovchi badaviylar uchun bu rang muqaddas rang, baxt va go‘zallik rangi, jannat rangidir. Bu qaysi rang? Javob: Yashil rang.










Download 393,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish