Asosiy iqlim elementlaridan hisoblangan yog‘in miqdori ham materik ichkarisi tomon kamayib boradi. Masalan, O‘rta va Markaziy Osiyo hududlaridan qaysi tomonga yurishingizdan qat'iy nazar yog‘in ko‘payib boradi. Dunyodagi eng ko‘p yog‘in tushadigan joy Cherrapunja rayonidir. Bu yerda o‘rta hisobda yiliga 12 665 mm yog‘in yog‘adi. 1856 yilda bu yerga 23 000 mm ga yaqin yog‘in tushgan. - Asosiy iqlim elementlaridan hisoblangan yog‘in miqdori ham materik ichkarisi tomon kamayib boradi. Masalan, O‘rta va Markaziy Osiyo hududlaridan qaysi tomonga yurishingizdan qat'iy nazar yog‘in ko‘payib boradi. Dunyodagi eng ko‘p yog‘in tushadigan joy Cherrapunja rayonidir. Bu yerda o‘rta hisobda yiliga 12 665 mm yog‘in yog‘adi. 1856 yilda bu yerga 23 000 mm ga yaqin yog‘in tushgan.
Yevrosiyoda iqlim sharoiti faqat kenglik bo‘ylab o‘zgarib qolmasdan, balki g‘arbdan sharqqa tomon ham o‘zgaradi. Iqlimning bunday o‘zgarishiga asosiy sabab, Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismi doimo Atlantika okeanidan keladigan iliq va nam dengiz havo massasi ta'sirida bo‘lganligidir. Natijada, G‘arbiy Yevropada yog‘in ko‘p yog‘adi. qish ancha iliq, yoz esa salqin bo‘ladi. Bunday iqlim sharoiti, ayniqsa, mo‘'tadil mintaqada yaqqol namoyon bo‘ladi. - Yevrosiyoda iqlim sharoiti faqat kenglik bo‘ylab o‘zgarib qolmasdan, balki g‘arbdan sharqqa tomon ham o‘zgaradi. Iqlimning bunday o‘zgarishiga asosiy sabab, Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismi doimo Atlantika okeanidan keladigan iliq va nam dengiz havo massasi ta'sirida bo‘lganligidir. Natijada, G‘arbiy Yevropada yog‘in ko‘p yog‘adi. qish ancha iliq, yoz esa salqin bo‘ladi. Bunday iqlim sharoiti, ayniqsa, mo‘'tadil mintaqada yaqqol namoyon bo‘ladi.
Yevrosiyo yer yuzasining tuzilishi ham iqlimning hosil bo‘lishiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, baland tog‘ tizmalari atmosferada harakat qilayotgan iliq va sovuq havo massalarini to‘sib qolib, iqlimning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bunday holni Alp, Kavkaz, Tyanshan, Himolay tog‘lari misolida ko‘rish mumkin. Bu tog‘ tizmalari g‘arbdan sharqqa tomon cho‘zilgan bo‘lib, shimoldan keladigan sovuq shamollarning janubga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Masalan, Kavkaz tog‘larining shimoliy yonbag‘ri mo‘'tadil, janubiy yonbag‘ri esa subtropik iqlim mintaqasiga qaraydi. Atlantika okeanidan keladigan sernam havo massalari yo‘lida to‘siqqa uchramay, materikning ichkari qismlarigacha kirib boradi. Lekin Kavkaz tog‘ining janubida tog‘lar to‘sib qoladi va yiliga 3 500 mm yog‘in yog‘adi. Qish oylarida ham Kolxida pasttekisligiga qor yog‘maydi. Sababi: Katta Kavkaz tog‘lari Arktikaning sovuq havo massalarini to‘sib qoladi. Bu yerlar nam subtropiklardir. Yevrosiyo tog‘larida iqlim sharoiti balandlik mintaqalari bo‘yicha ham o‘zgaradi. - Yevrosiyo yer yuzasining tuzilishi ham iqlimning hosil bo‘lishiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, baland tog‘ tizmalari atmosferada harakat qilayotgan iliq va sovuq havo massalarini to‘sib qolib, iqlimning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bunday holni Alp, Kavkaz, Tyanshan, Himolay tog‘lari misolida ko‘rish mumkin. Bu tog‘ tizmalari g‘arbdan sharqqa tomon cho‘zilgan bo‘lib, shimoldan keladigan sovuq shamollarning janubga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Masalan, Kavkaz tog‘larining shimoliy yonbag‘ri mo‘'tadil, janubiy yonbag‘ri esa subtropik iqlim mintaqasiga qaraydi. Atlantika okeanidan keladigan sernam havo massalari yo‘lida to‘siqqa uchramay, materikning ichkari qismlarigacha kirib boradi. Lekin Kavkaz tog‘ining janubida tog‘lar to‘sib qoladi va yiliga 3 500 mm yog‘in yog‘adi. Qish oylarida ham Kolxida pasttekisligiga qor yog‘maydi. Sababi: Katta Kavkaz tog‘lari Arktikaning sovuq havo massalarini to‘sib qoladi. Bu yerlar nam subtropiklardir. Yevrosiyo tog‘larida iqlim sharoiti balandlik mintaqalari bo‘yicha ham o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |