Bu qadimgi kompas baliq shaklida tayyorlangan. Bu baliqni suv to‘ldirilgan idishga solishganida boshini janub tomonga qaratib suzishi bilan tomonlarni ifodalagan.
Qadimgi kompaslar
Magnetitdan tayyorlangan qoshiq
Qoshiq aylanganda plastinaga tegmasdan, uning ustida erkin harakatlanadi. U o‘z o‘qi atrofida aylana oladigan qilib o‘rnatilgan. Plastinada olam tomonlari burj belgilari orqali tasvirlangan.
Qoshiq dastasini qimirlatib, itarib uni aylanuvchi harakatga keltirishgan. Muvozanatlashib, kompas dastasi aniq janubni ko‘rsatgan.
Mis yoki yog‘och plastina
Oriyentirlash
Plan yordamida
Kompas
Quyosh
Soyalar
Plan yordamida
Oy va soat
Quyosh va soat
Qutb yulduzi
Mahalliy belgilar
Qorning erishidan
Qurilishlardan
Oy
Azimut nima?
Azimut arabcha yo‘l, yo‘nalish degan ma’noni bildiradi
Azimut – kuzatish joyining meridian tekisligi bilan kuzatilayotgan obyektdan o‘tgan vertikal (tik) tekislik orasidagi burchak.
Kompas yordamida azimutni aniqlash
Azimut daraja yordamida o‘lchanadi.
Azimut 0° dan 360°gacha
soat millari yo‘nalishi bo‘yicha o‘lchanadi.
Ufq tomonlari azimuti
Ufqning asosiy tomonlari azimutlari:
Shimol – 0° ; 360°
Sharq – 90°
Janub – 180°
G‘arb – 270°
Ufqning oraliq tomonlari azimutlari:
Shimoli sharq – 45°
Janubi sharq – 135°
Janubi g‘arb – 225°
Shimoli g‘arb – 315°
Transportir yordamida azimutni aniqlash
Azimutni aniqlash
90° + 180° = 270°
270° - 180° = 90°
Masofani o‘lchash
Biror joyning planini tuzayotganda masofalarni o‘lchashga to‘g‘ri keladi.
Bir-biriga yaqin turgan ikki predmet orasidagi masofani metr yoki ruletka yordamida o‘lchash mumkin.
Yasama o‘lchov g‘ildirak
0
32 sm
_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _
Yasama o‘lchov g‘ildirakni tunukadan qo‘lda yasash uchun qalin tunukadan diametri 32 sm qilib, doira shaklda g‘ildirak qirqib olinadi, uni uzunligi 1 metrli o‘qqa aylanadigan qilib mustahkamlanadi. Bu g‘ildirak bir aylanishi 1 metrga teng. G‘ildirakning biror yeriga qattiq plyonka yopishtirib qo‘yilsa, g‘ildirak har bir to‘liq aylanganda o‘qqa tegib, ovoz chiqaradi.
Yasama o‘lchov g‘ildirak
G‘ildirak aylanganda chiqqan ovozni sanab boriladi.
G‘ildirak necha marta aylansa, masofa shuncha metrga
teng bo‘ladi.
Masofani o‘lchash
?
Lekin yurilgan yo‘l uzunligini yoki tabiatdagi ikki predmet oralig‘idagi masofani ular bilan o‘lchash juda qiyin hamda ko‘p vaqtni oladi. Bunday hollarda masofani qadamlab o‘lchasa bo‘ladi.
Masofani o‘lchash
Masofani qadamlab o‘lchash uchun har bir inson o‘z qadamining o‘rtacha uzunligini bilishi zarur.
Qadamning o‘rtacha uzunligini bilish uchun avval, 100 metr (m) masofani ruletka bilan o‘lchab olish kerak. Keyin shu masofani qadamlab yurib, necha qadam ekani aniqlanadi.
cm
cm
cm
cm
cm
Masofani o‘lchash
Siz 100 m masofani 200 qadamda bosib o‘tdingiz.
Sizning har bir qadamingizning uzunligi 50 cm, ya’ni yarim metrga teng ekan.
cm
cm
Mashina Samarqand shahriga 135° azimut bilan bordi. U qaysi yo‘nalishda va necha daraja azimut bilan orqaga qaytadi?
Yechish:
135° + 180° = 315°
Javob: 315° - shimoli g‘arb
Mavzu yuzasidan amaliy topshiriq:
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
1. Oziq-ovqat do‘koniga 30° azimut bilan borgan xaridor uyiga qaysi yo‘nalishda va necha daraja azimut bilan qaytadi?