II BOB. Yevropa tabiiy geografik rayonlari
2.1.Shimoliy Yevropa
Fenoskandiya - Yevropaning eng shimolida joylashgan tabiiy geografik o’lka bo’lib, o ’lka Skandinaviya va Kola yarim orollaridan, Finlandiya va Kareliyadan tarkib topgan. Fenoskandiya o ’lkasining katta qismini Yevropada eng yirik bo’lg an Skandinaviya yarim oroli tashkil etadi. O’lka hududi 71° va 55° sh.k. lar oralig’ida shimoli-sharqdan janubi- g’arbga tomon cho’zilgan, maydoni 1,5 mln. km2, Fenoskandiya sohillarida orollar va arxipelaglar keng tarqalgan. Shulardan eng yiriklari janubi-sharqda Gotland, Eland va Bomxolm orollari hamda shimoli - g’arbdagi Vesterolen va Lofoten arxipelaglaridir. O’lkaning g’arbiy sohillarida ko’plab mayda orollar joylashgan bo’lib, shimoliy va shimoli - g’arbiy qirg’oqlari fordlar bilan kuchli parchalangan bo’lsa, shimoli - sharqiy qismidagi Kola yarim orolining qirg’oqlari esa aksincha kam parchalangan. O ’lkaning qirg’oqlarini Atlantika okeanining Boltiq va Shimoliy dengizlari, Shimoliy Muz okeanining Norvegiya, Barens va Oq dengizlari o’rab turadi. Fenoskandiya o ’lkasi hududi uchun tabiiy sharoitining qattiqligi, qadimgi kristall jinslam ing keng tarqalganligi va ularning yer yuziga chiqib qolganligi, oxirgi materik muzligi izlarining yaxshi saqlanganligi, landshaft komplekslari tarkibida tayga o’rmon landshaftlarining va tog’ tundra landshaftlarining hukmronlik qilishi xarakterlidir. Skandinaviya tog’larining eng baland nuqtasi uning janubiy qismida joylashgan Yutinxeymen (Galxyopiggen, 2468 m) massivi bo’lib, butun Fenoskandiya o ’lkasining eng baland nuqtasi hisoblanadi. Skandinaviya yarim orolining shimoliy chekka qismida tog’lar pasayib Finmarken (1000m) yassi tog’ligi bilan tugaydi. Yassi tog’likning o ’rtacha
balandligi 300-400 m ni tashkil etadi. Kola yarim orolida Xibin tog’i (1191 m), Lavozero tog’i (1120 m) joylashgan. Fenoskandiyaning g ’arbiy qirg’oqlari kuchli parchalangan, uning asosiy sababi yangi tektonik harakatlar va materik muzliklarining ta’siridir. Daryolar ham o’z vodiylariga shu yoriqlarda asos solgan. Natijada Skandinaviya va Kola yarim orollari uchun xarakterli bo’lgan tor, uzun, tik yonbag’irli qo’ltiqlar - fordlar hosil bo’lgan. Eng yirik fordlar g’arbiy sohillaming janubiy qismida joylashgan Sochne-ford (220km), Xardanger-ford (185km), Tronxeyms-ford (180km) va boshqalar. Fenoskandiya iqlim sharoitining xilma-xil bo’lishi uning shimoldan janubga, g ’arbdan sharqqa tomon uzoq masofaga cho’zilganligiga, Skandinaviya tog’larini Atlantika okeanidan keladigan havo massalari harakatiga to’sqinlik qilishiga, Arktika havo massasining kirib kelishiga bog’liq. O ’lkaning g’arbiy va janubiy qismlari bevosita g ’arbdan keladigan havo massalari ta’sirida bo’ladi. Yanvarning o'rtacha harorati shimolda -4°S dan 0°S gacha, janubida 0°S dan +2°S gacha bo’ladi. O ikaning shimoliy qismida qish 6-7 oy davom etadi, havo sovuq, shim olda yanvam ing o ’rtacha harorati -14°,-16°S, iyulning o ’rtacha harorati +10°,+12°S atrofida bo’lsa, janubi-sharqda +16°,+17°S gacha ko ’tariladi. Skandinaviya yarim orolining g ’arbiy sohillarida 2000 mm yog’in yog’adi. Fenoskandiyaning relef va iqlim sharoiti yer usti suvlarining keng tarqalishiga va sersuv bo’lishiga imkon yaratgan. Shuning uchun o ’lka hududi daryolarga va ko’llarga juda boy, daryolari o’z suvini ko’llarga, dengizlarga hamda ko’rfazlarga quyiladi. Skandinaviyaning eng yirik daryosi bo’lgan Glomma (587 km), Finlyandiyadagi Kemiyoki daryosi (550 km) da yirik sharsharalari bor.
Fenoskandiya landshaftlarining xarakterli xususiyatlaridan biri, kо’llaming nihoyat darajada ko’pligidir. Finlyandiyada 60000ga yaqin ko’l bo’lib, ko’llar ko’p bo’lganligi uchun ham uni “ko'llar o’lkasi” deb ataydi. Eng katta ko’llari Venem (5546 km2), Vettem (1900 km2), Sayma (1800 km2), Payyanne (1065 km2), Inari (1000 km 2), Melaren, Yelmaren, Imandra, Pyaozero, Topozero, Vigozero, Segozerolar hisoblanadi. Skandinaviya to g ’larida hozirgi zamon muzliklarining markazi joylashgan. Muzliklam ing umumiy maydoni 5000 km2, ular Skandinaviya tog’larining g’arbiy polosasida, atm osfera yog’inlari ko’p yog’adigan massivlarda
joylashgan bo’lib, uning maydoni 850 km2 ga yaqin. Qor chiziqlarining balandlik chegarasi janubda 1200 m ni, shimolda 400-500 m ni tashkil etadi. Vodiy muzliklari dengiz sathidan 100-200 m balandlikkacha tushib keladi. Fenoskandiyaning o’simlik dunyosi xilma-xil. Ularning orasida igna bargli o’rmonlar hukmronlik qiladi. Igna barglilardan Yevropa yeli va oddiy qarag’ay ko’p tarqalgan. Tayga o’rmonlari uchun podzol, gleyli-podzol va botqoq tuproqlar xarakterli. Skandinaviya yarim orolining janubida igna bargli o ’rmonlar aralash o ’rmonlar bilan almashinadi. Aralash o ’rm onlarda yel va qarag’aydan tashqari zarang, jo ’ka, eman daraxtining bir necha turi o ’sadi. O ’rmonlar Fenoskandiya mamlakatlarining asosiy tabiiy boyligi hisoblanadi. Finlyandiyaning 75% maydoni, Shvesiyaning 50% maydoni, Kareliyaning katta qismi o ’rmonlar bilan band. Fenoskandiya hayvonot olamiga uncha boy emas. U yerda eng ko’p tarqalgan turlari o’rmonlarda yashaydigan hayvonlardir. Ularning ham juda katta qism i qirib tashlangan. Ayniqsa, yirtqich hayvonlar qo’ng’ir ayiqlar, bo’rilar va tulkilar butunlay yo’qolib ketish arafasida. O ’rmonlarda olmaxon, asl zotli bug’u, kosulya, turli xil o’rmon qushlari - qarqurlar, chiplar, qurlar yashaydi.
2.2.Markaziy Yevropa
O ’rtacha balandlikdagi tog’lar (M arkaziy Yevropa). O ’lka g ’arbda
Atlantika okeani sohillaridan boshlanib, sharqda Oder va Visla
daryolarining suv ayirg’ichigacha davom etadi. Bu o ’lka tarkibiga
Fransiyaning Parij Havzasi, Garonna pastekisligi, Armorikon va Markaziy
massivlari, Belgiya va Germaniyaning janubiy qismlari, Chexiya massivi
va O ’rta Polsha kiradi. Markaziy Yevropa O ’rta Yevropa tekisligidan farq
qilib, uning hududi tekisliklardan, botiqlardan, tog’ massivlaridan,
platformalardan va qirlardan tarkib topgan. Shuning uchun u Markaziy
Yevropa tog’-tekislik o ’lkasi yoki Gertsin Yevropasi deb ham ataladi.
Markaziy Yevropaning g’arbiy qismida Fransiya hududida bir-biridan
botiq orqali ajralib turgan, kuchli peneplenlashgan qadimgi massiv -
Armorikon va Markaziy massivlar joylashgan. Armorikon massivi
Fransiyaning shim oli-g’arbiy qismida gertsin burmalanishi natijasida
vujudga kelgan. Bu massivda Markaziy massivga nisbatan neogen davrida
k o ’tarilma tektonik harakatlar kuchli bo’lmagan. Lekin cho’kish
jarayonining bir necha m arta takrorlanishi uning yuzasini botiqlar bilan
ajralib turgan alohida-alohida balandliklarga bo’lib yuborgan. Bretan
yarim orolidagi Arre tog’i, Normandiya va Gatin qirlari qadimgi yaxlit
massivning qismlari hisoblanadi. Bular to ’lqinsimon yuzali ko’tarilmalar
b o ’lib, kristall jinslardan tarkib topgan. Ularning dengiz sathidan
balandligi 400 m ga yetadi.
Markaziy massiv Markaziy Yevropaning gertsin burmalanishida
vujudga kelgan eng yirik va gumbazsimon baland ko’tarilma hisoblandi.
Uning asosini burmalangan qadimiy kristall va vulkanik jinslar tashkil
etadi. Neogenda massivning o ’rta qismida tektonik harakatlar kuchli
b o ’lib, uning hududini parchalagan, turli xil yo ’nalishda chuqur yoriqlar
hosil qilgan. Bu yoriqlardan vulqonlar otilib chiqqan. Vulqonlar
antropogenning boshlariga qadar harakatda bo’lib, bir qator vulkanik
m assivlami vujudga keltirgan. Shulardan eng kattasi M on-Dor vulkanik
massivining baland nuqtasi Pyui-de-Sansi cho’qqisi 1886 m ga yetadi va
o ’lkaning ham eng baland nuqtasi hisoblanadi. Bundan tashqari Kantal
(1858 m), M ezenk (1754 m) va boshqa massivlar ham bor. Markaziy
massivning janubiy qismidagi kristall jinslar yura davrining ohaktoshlari
bilan qoplangan va Gran-Kos platosi deb ataladi. Bu platoda karst relef
shakllari yaxshi rivojlangan. Massivning 1700 m balandlikkacha
k o ’tarilgan sharqiy va janubi-sharqiy qismlari Sevenni deb ataladi. Uning
sharqiy yonbag’iri zinapoyasimon tik, daryo vodiylari chuqur kesilgan.
M assivning shim oli-g’arbida Limuzen platosi joylashgan.
Biskay q o ’ltig’i bilan Markaziy massiv oralig’ida Goronna
pastekisligi yoki Akvitaniya havzasi joylashgan, janub tomondan Pireney
to g ’ etaklari bilan chegaralangan. Akvitaniya havzasi tektonik botiqda
vujudga kelgan. Uning poydevorini gersenoidlar tashkil etib, yuza qismi
paleogen, neogen va antropogen davrlarida Pireney tog’laridan oqizib
keltirilgan yotqiziqlar bilan qoplangan. Pastekislikning balandroq janubiy
qism ida daryo irmoqlari bilan kuchli parchalangan bir qancha asimmetrik
platolar hosil bo ’lgan. Q olgan katta qismi shimolga va g ’arbga tomon
pasayib borgan bir xil yassi tog’likdir. Biskay q o ’ltig’i sohili bo’ylab qum
dyunalari cho’zilgan, ular Landalar deb atalib, uzunligi 150-200 km,
kengligi 7-8 km va balandligi 70-100 m ni tashkil etadi. Fransiyaning
shim oli-g’arbiy qismini Parij havzasi yoki Shimoliy Fransiya pastekisligi
352
egallagan. Parij havzasi yirik botiq shaklida bo’lib, markaziy qismidan
chekka tomonlarga asta-sekin ko’tarilib boradi. O ’rta qismi bo’r va
paleogen dengiz yotqiziqlari bilan to ’lgan. Chekkalarida esa qadimgi
jinslar yuzaga chiqib qolgan. Parij havzasidan Sena daryosi va uning
ko’plab irmoqlari oqib o ’tadi. Havzaning sharqiy qismida kuest relef
shakllari, janubiy va g ’arbiy qismlarida tepalik relef shakllari keng
tarqalgan. Kuest gryadalari yura, bo’r va paleogenning karbonatli
jinslaridan- ohaktosh, bo’r va qumtoshlardan tarkib topgan. Parij
havzasidan sharqda Shampani, Argonn, Lotaringiya kuest gryadalari
cho’zilgan. Lotaringiya kuest platosi Reyn, Mozel va Maas daryolarining
vodiylari bilan kesilgan. Reyn daryosining janubiy oqimi bo’ylab
cho’zilgan polosada yer yuzasi kuchli parchalangan. Janubda Reyn daryosi
lyossimon va allyuvial cho’kindi jinslar bilan qoplangan Yuqori Reyn
tekisligidan oqib o ’tadi. Tekislikning g ’arbiy tomonida Vogezi (1423 m)
va sharqiy tomonida Shvarsvald (1493 m) massivlari ko’tarilgan. Bu tog’
massivlari shimol tomon pasayib borib, g ’arbda qumtoshli Xardt va
sharqda Odenvald platolari bilan tugaydi. Yuqori Reyn tekisligidan
shimolda Reyn daryosi Reyn Slanes massivi hududidan oqib o ’tib, uni ikki
qismga bo’ladi. Shvarsvald to g ’idan sharqda trias, yura davrlarining
dengiz yotqiziqlaridan tarkib topgan Shvab-Frankon kuest tipik platosi
joylashgan bo iib , uning janubi-g’arbiy ohaktoshli qismi Shvab Albi yoki
Shvab Yurasi, shimoli-sharqiy kuchli parchalangan qismi Frankon Albi
yoki Frankon Yurasi deb ataladi. Kuestli hududda karst relef shakllari
keng tarqalgan. Frankon Albidan shimolda daryo eroziyasi bilan kuchli
parchalangan, tik yonbag’irli gorst tog’ massivlari Tyuriyagen O ’rmoni
(982 m), Frankon O ’rmoni va Garts massivi joylashgan. Garts tog’ining
Brokken cho’qqisi dengiz sathidan 1142 m baland.
O ikadagi Chexiya massivi gertsin epoxasida burmalangan va keyin
peneplenlashgan va baland ko ’tarilgan gorst tog’lar bilan o ’ralgan.
Massivning shim oli-g’arbida Rudali to g ia r (1244 m), janubi-sharqida
Chexiya O ’rmoni va Shumava to g ia ri qad ko’tarilgan. Shumava tog’ining
eng baland joyi Groser-Raxel cho’qqisi 1453 m ga yetadi. Chexiya
massivining shimoli-sharqiy qismini Sudet to g iari (Snejka,1602 m) tog'i
joylashgan. Bu togiarning geologik strukturasi qadimgi burmalangan tog'
jinslaridan va yosh vulkanik jinslardan tuzilgan. Chexiya massivining
janubi-Sharqiy qismini balandligi 800 m atrofida b o ig ai Chexiya-
353
Moraviya qirlari egallagan. Uning katta qismi kembriydan oldingi kristall
jinslardan tuzilgan. Sharqiy qismidagi mezozoy oxaktoshlarida karst relef
shakllari, g ’orlar keng tarqalgan. Pragadan janubda balandligi 700-800 m
bo’lgan Brdi tepaligi ko’tarilgan. Chexiya massivining eng past joyi Laba
daryosi vodiysidagi Polaba tekisligida 200 m ni tashkil etadi. O ’lkaning
sharqiy qismi Oder va Visla daryolarining suvayirg’ichida maksimal
balandligi Lisitsa tog’i 6 1 1 m gacha ko’tarilgan.
O ’lka iqlimining shakllanishida Atlantika havo massasining roli katta.
Nam dengiz havo massasi materik ichkarisiga kirib borgan sari
transformatsiyalashib, g ’arbdan sharqqa tomon kontinentallik darajasi orta
boradi. Bu yem ing iqlim sharoiti uzoqlik bo’ylab o ’zgarishdan tashqari
relef ta’sirida ham o ’zgaradi. Jumladan, botiqlaming iqlimi tog’
yonbag’irlariga nisbatan ancha kontinentalligi bilan farq qiladi. Bu o ’z
navbatida yillik havo haroratidagi amplitudaning katta bo’lishiga, yog’in
miqdorining kamayishiga olib keladi. O ’lkaning g ’arbiy okeanbo’yi
qismlarida qish iliq, yoz salqin, namgarchilik ko’p bo’ladi. Bretan yarim
orolida yanvam iig o ’rtacha harorati +6°,+7°S ga, iyulniki +17°S ga teng.
Yillik yog’in miqdori 1500 mm ni tashkil etadi. Janubda Akvitaniya
pastekisligida iyulning o ’rtacha harorati +21°,+22°S gacha ko’tariladi,
yillik yog’in miqdori 800 mm gacha kamayadi. Markaziy massivning
g ’arbiy yonbag’irlarida atmosfera yog’inlarining miqdori yana ortadi.
Y og’in yil b o ’yi asosan yom g’ir shaklida tushadi. Qor kamdan-kam
y o g ’adi. Iqlim sharoitini sharqqa tomon o ’zgarib borishi Parij havzasidan
boshlab yaqqol seziladi. Bu yerda eng sovuq oyniig o ’rtacha harorati
+2°,+3°S ga, issiq oyniki esa +19°S ga teng. Yiliga o ’rtacha 700 mm
atrofida yog’in tushadi. Lotaringiya platosida qishning o ’rtacha harorati
0°S ga yaqin bo’ladi. Markaziy massivda qish sovuqroq va qorli bo’ladi.
Bu fasl to’liq uch oy davom etadi, yozi iliq va yom g’irli.
O ’lkadagi barcha to g ’larning g ’arbiy yonbag’irlariga 1000 mm dan
ziyod yog’in tushadi, sharqiy havo oqimiga teskari bo’lgan yonbag’irlarda
bu ko’rsatgich 500-600 mm gacha kamayadi. T og’larda qish va yoz
oylarining harorati ham tekislik va botiqlardagi havo haroratiga nisbatan
pastroq. Masalan, Garts tog'larida yanvaming o ’rtacha harorati - 3,5°S ga
va iyulniki + 10°,+11°S ga teng. Qish oylarida g ’arbiy nam shamollar esib
turadi, tumanli va bulutli kunlar ko’p bo’ladi, qor koplami qalin bo’lib,
besh-olti oygacha saqlanadi.
354
O ’lka hududida yil bo’yi to’lib oqadigan daryolar va ularning
irmoqlari zich joylashgan. Eng yirik daryolari Reyn (1320 km), Sena (780
km), Luara (1010 km), Garonna (650 km), Rona (812 km) va boshqalardir.
Bu daryolaming gidrologik rejimi bevosita shu joyning iqlim sharoitiga va
relefiga bog’liq. G ’arbiy hududlardagi daryolaming suv sarfi yil bo’yi
deyarli bir tekisda taqsimlangan. Sharqiy hududlarda aksincha,
daryolaming suv sarfi tog’ massivlaridagi qorlaming erishi tufayli bir
muncha murakkablashadi. Reyn va Rona daryolari Alp tog’laridan
boshlanib, birinchisi Shimoliy dengizga va ikkinchisi O ’rta dengizning
Leon qo’ltig’iga quyiladi. Sena daryosi Langr platosidan boshlanib, Parij
havzasini va Parij shahrini o’rtasidan kesib o ’tib La-Mansh bo’g ’iziga
quyiladi. Luara daryosi Sevenni tog’laridan va Garonna daryosi Markaziy
Pireney tog’laridan boshlanib, Atlantika okeanining Biskay qo’ltig’iga
quyiladi. Markaziy Yevropaning sharqiy qismidan O ’rta Yevropa
tekisligining bir qator daryolari boshlanadi. Jumladan, Tyuringen O ’rmoni
tog’idan Vezer, Chexiya massividan Vltava, Sudet tog’laridan Oder va
Laba, Shvab-Frankam Albidan Nekkar va Mayn daryolari hamda
Dunayning yuqori irmoqlari, O ’rta Polsha qirlaridan Varta daryosi
boshlanadi. Bu daryolaming hammasi yom g’ir suvlaridan, Alp va Pireney
tog’laridan boshlanadiganlar qor suvndan ham to ’yinadi. Markaziy
Yevropaning barcha yirik daryo tizimlari - Reyn, Sena, Luara, Garonna,
Sona, Mayn va boshqalar bir-biri bilan Janubiy kanal, Rona-Reyn kanali,
M ama-Reyn kanali, Burundi kanali va boshqa kanallar orqali tutashgan.
Bu tabiiy va sun’iy suv tizimlar magistralli kemalarning qatnovi uchun
juda qulay.
Hozirgi vaqtda o ’rmonlar o ’lkaning Sudet tog’larida, Chexiya
O ’rmonida, Bovariya O ’rmonida, Frankon O ’rmonida, Tyuringen
O ’rmonida, Ardennida, Shumavada va Reyn Slanes tog’larida yaxshi
saqlangan. T og’laming baland cho’qqilarida yel-pixta o ’rmonlari uchraydi.
Rona pastekisligida va Sevenni tog’lari yonbag’irlarining quyi qismida
tuproq va o ’simliklaming O ’rta dengiz tipi uchraydi, Ayniqsa bu yerlarga
lavanda, ladannik va timyan butalaridan tarkib topgan gariga tipidagi
butazorlar xarakterli. Doimiy yashil bo’lib o ’sadigan eman butazorlari ham
uchraydi. O ’rmonlarning ko’plab kesilib ketishi yovvoyi hayvonlaming
tarqalishiga va ularning areallariga kuchli ta’sir etgan. llgari keng
tarqalgan silovsin, bo’ri, o ’rmon mushugi va boshqalar hozir deyarli
355
uchramaydi. Tekislik o ’rmonlariga xos bo’lgan hayvonlar faqat tog’
o ’rm onlaridagina saqlanib qolgan. Q o’riqhonalarda va milliy bog’larda asl
zotli bug’u, kosulya, lan (bug’u) muhofaza qilinadi. Yovvoyi
hayvonlardan tulkilar va b o ’rsiqlar, ochiq yerlarda dasht faunasining
kemiruvchi turlari ko’pchilikni tashkil etadi. Omitofaunasida Yevropa
o ’rmonlariga xos bo’lgan barcha qushlar uchraydi. Ayniqsa kakliklar,
chillar va suvda suzuvchi qushlar keng tarqalgan. Janubiy qismida O ’rta
dengiz faunasiga xos bo’lgan turlar - genettalar, sudralib yuruvchilar, ham
yerda ham suvda yashovchi hayvonlar tarqalgan.
Alp-Karpat tog’lari. Alp-Karpat tog’lari tabiiy geografik o ’lkasi
Yevrosiyoning g ’arbidagi baland, uzun va ulkan tog’ tizimlaridan
hisoblanadi. Bu o’lka G ’arbiy Yevropa regionining janubiy qismida
joylashgan va g ’arbdan Sharqqa qarab katta masofaga cho’zilgan. Alp-
Karpat tog’lar tizimi shimol tomonda Markaziy Yevropaning tog’-
tekisliklari, g ’arbda Markaziy massiv va Rona daryosi, sharqda Sharqiy
Yevropa tekisligi bilan chegaralanadi. Bu tabiiy geografik o ’lka Alp tog’
burm alanishida vujudga kelgan eng yosh va tektonik jihatdan serharakat
to g ’lardan tarkib topgan.
Alp-Karpat tog’ tizim iga tutash bo’lgan va genetik jihatdan uning
relefi bilan bevosita bog’liq bo’lgan bir qator tekisliklar ham bor. Bular
Karpat yoyidan janubda joylashgan O ’rta Dunay pastekisligi va Karpat
to g iari bilan Bolqon yarim oroli o ’rtasida joylashgan Quyi Dunay
pastekisligidir. Har ikkala pastekislik Alp burmalanish mintaqasidagi
yangi tektonik harakatlar natijasida cho’kkan yer po’stining qismlari
b o iib , keyinchalik to g iard an keltirilgan yotqiziqlar bilan to ’lgan va
tekisliklar hosil bo’lgan. Alp togiarining janubiy qismida joylashgan
Padana (Venesiva-Padana) pastekisligi ham shular jumlasidandir.
Alp - Karpat togiarida, boshqa tabiiy geografik oikalardagi singari,
uning ayrim qismlarida tabiatning o ’ziga xos ichki tafovutlari mavjud.
Bunday tafovutlar birinchi navbatda iqlim sharoitini g’arbdan sharqqa
qarab kontinentallashib borishi bilan b o giiq. O ikaning G ’arbiy Alp qismi
Atlantika okeaniga yaqin bo ’lganligi tufayli iqlimining tipik m o’tadil va
semam xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O ikaning Sharqiy Karpat qismi
esa Atlantika okeanidan uzoqlashganligi va Sharqiy Yevropa tekisligiga
yaqinlashganligi sababli iqlimning nisbatan quruqligi, m o’tadil
kontinentalligi bilan farq qiladi. Bunday farqlar Alp-Karpat to g ii o ’lkasini
356
ikkita mustaqil landshaft o’lkasiga - Alp va Karpatga ajratishda asosiy
mezonlardan biri bo’lib xizmat qiladi.
Alp tog’lari. O ’lka tarkibiga Alp tog’lari, undan shimolroqda
joylashgan Yura tog’lari, Alpning janubidagi tektonik cho’kmada hosil
boigan Padana pastekisligi kiradi. Alp tog’lari yoy shaklida 1200 km
masofaga cho’zilgan va murakkab orografik tuzilishga ega bo’lgan yirik
tog’ tizimidir. G ’arbda O ’rta dengiz qirg’oqlaridagi D engizbo’yi Alpidan
boshlanib, sharqda O ’rta Dunay pastekisligigacha davom etadi. Uning
kengligi 135 km dan 260 km gacha yetadi. Alp to g iari g ’arbdan sharqqa
tomon bir necha davlatlar hududini kesib o ’tgan. Shuning uchun bu tog’
tizimini ayrim hollarda uning qaysi davlatlar hududida joylashganligiga
qarab Fransiya Alpi, Italiya Alpi, Shveysariya Alpi, Avstriya Alpi,
Germaniya Alpi, Vengriya Alpi, Sloveniya Alpi deb ham ataladi. Alp
tog’larining geologik, orografik va geomorfologik tuzilishi nixoyatda
xilma-xil. Uning tarkibi bir qator tizmalardan tarkib topgan bo’lib,
g ’arbdan Sharqqa tomon asta-sekin pasayib boradi. Alp togiarini o ’rta
qismidan chuqur tektonik vodiy kesib o ’tib, uni ikki qismga G ’arbiy va
Sharqiy Alpga bo’lgan. Bu tektonik cho’kma shimolda Boden k o iid an
boshlanib, janubda Komo k o iigacha davom etadi va muhim orografik
hamda geografik chegara b o iib xizmat qiladi.
G ’arbiy Alp yoysimon va asimmetrik relef shakllari, tik qoyalari,
o ’tkir qirrali cho’qqilari bilan xarakterlanadi. Uning tashqi Fransiyaga
qaragan yonbag’ri keng va nisbatan qiya, ichki Padana pastekisligiga
qaragan yonbag’ri tog’ etagisiz tik tushgan va bahaybat ko’rinadi. G ’arbiy
Alp sharqiy Alpga nisbatan ancha baland. U meridional va submeridional
yo’nalgan bir guruh tog’ tizmalaridan tarkib topgan. Bular Dengizbo’yi,
Kot, Gray, Pennin, Bern, Lepontin, Glam Alplaridir. Alpning eng baland
cho’qqilari ham shu tizmalarda joylashgan. Masalan, Monblan (4810 m),
M onta-Roza massividagi Dyufur (4634 m), Dom (4545 m), Finsterarxom
(4274 m), Yungfrau (4158 m), Gray massividagi Gran-Paradizo (4061 m)
va boshqa cho’qqilardir. G ’arbiy Alpda tog’ muzliklari ham yaxshi
rivojlangan. Sharqiy Alp G ’arbiy Alpga nisbatan past, Sharqiy qismida
kengayib yelpig’ichsimon bo’lib tarqalgan. Bu region Retiy, Bergom,
Dolomit, Karniy, Yuliy, Etstal, TSillertal, Gurktal Alplaridan hamda
Baland va Past Tauernlardan iborat. Bu tizmalarning eng baland nuqtalari
Bernina massivida 4049 m ga, Baland Tauerning Grosglokner cho’qqisida
357
3797 m ga, Etstal Alpida 3774 m ga va Past Tauem da 2863 m ga yetadi.
Baland tog’lar va ularning suvayirg’ich qismlari kristall jinslardan, past
tog’lar ohaktoshlardan, dolomitlardan va flishlardan tuzilgan. Sharqiy
Alpda temir va mis ruda konlari, magnezit koni, tog’oralig’i cho’kmalarida
qo’ng’ir ko’mir va tuz konlari bor.
Alp tog’larining orografik tuzilishida va relef shakllarining xilma-xil
bo’lishida mezozoyda va paleogenda yuz bergan burmalanishlar,
ko ’tarilishlardan tashaqari neogenda hamda antropogenning boshlarida
sodir bo’lgan kuchli vertikal tektonik harakatlar yetakchi rol o ’ynagan.
Relefining shakllanishiga suv eroziyasi va to’rtlamchi davr muzliklari ham
ta’sir ko’rsatgan. Alp tog’larining shimoliy qismida Yura tog’i bilan
Dunay daryolarining yuqori oqimi o ’rtaligida balandligi 400-600 m
keladigan tog’oldi platolari joylashgan. Alp tog’oldi platolari Shveysariya
va Germaniya hududlarida mavjud bo’lib, ular Shveysariya va Bovariya
yassi tog’lari deb ataladi. Alp va Apenin to g ’lari oralig’ida Padana
(Venesiya-Padana) pastekisligi joylashgan. U kaynozoyning Alp
burmalanishi da vujudga kelgan tektonik cho’kmada shakllangan va
genetik jihatdan juda yosh hisoblanadi. Dastlabku tektonik cho’kma
Adriatika dengizining k o ’rfazi bo’lgan. Keyinchalik ko’rfaz dengiz, daryo
va tog’ muzliklari yotqiziqlari bilan to ’lib, neogenning oxirida Padana
pastekisligi hosil bo’lgan. Uning katta qismi dengiz sathidan 100 m pastda
yotadi. Tog’oldi etaklariga yaqin chekka polosalarda 300-500 m gacha
ko’tariladi. Padanada hozirgi paytda yangi tektonik harakatlar natijasida
yer yuzasining asta-sekin cho’kish jarayoni davom etmoqda.
Padana pastekisligining eng sharqiy chekka qismi Adriatika dengizi
bilan chegaralangan joyda lagunali sohilni tashkil etadi. Lagunali sohil
qum tillaridan va orollardan tarkib topgan. Ana shunday lagunalardan
birida tarixiy obidalarga boy shahar Venetsiyaning o ’zi 118 ta orollarda
joylashgan b o ’lib, ular 150 ta kanallar orqali ajralib turadi. Bu kanallarga
400 dan ortiq ko’priklar qurilgan. Kanallardan eng kattasi Kanal-Grande
hisoblanadi, uning uzunligi 3,8 km. Venesiyadagi barcha bo’g ’izlar va
kanallar k o ’cha vazifasini bajaradi. Adriatika dengizi tomonidan
qarasangiz Venesiya xuddi suv akvatoriyasi ustida suzib yurgan shahardek
tuyuladi. Shaharga har yili 6,2 mln. dan ortiq turistlar tashrif buyurishadi.
Venesiyaning materikka eng yaqin oroli temir va avtomobil yo’l ko’prigi
orqali Padana pastekisligi bilan tutashib turadi.
358
Alp lanshaft o ’lkasining shimoliy katta tog’li qismi m o’tadil iqlim
mintaqaga va janubiy tekislik Padana qismi subtropk iqlim mintaqaga
qaraydi. Alpning shimoliy va g ’arbiy qismlari Atlantika havo massasi
oqimiga ro’para turganligi sababli qishi yumshoq, yozi salqin bo’ladi.
Yiliga 2000-3000 mm atrofida yog’in tushadi. Tumanli va bulutli kunlar
ko’p takrorlanadi. Sharqqa borgan sari iqlimning kontinentalligi ortib,
yog’in miqdori kamayadi, ichki tizmalarda, berk vodiylarda va botiqlarda
yillik yog’in miqdori 500-800 mm ni tashkil etadi. Padana pastekisligida
bu ko’rsatgich 800-1200 mm ga teng. Alp tog’larining 2000 m dan baland
qismlarida yog’in miqdori ancha kamayadi. Havo harorati shimoldan
janubga qarab ko’tarila boradi. O ’rtacha yillik 0°S li harorat shimolda Alp
oldi tizmalarida 2000 m balandlikka to ’g ’ri kelsa, janubda Dengizyoni va
Kot Alplarida 2600-2700 m balandlikka to ’g ’ri keladi. Padana
pastekisligida yanvaming o ’rtacha harorati 0°,+4°S ga, iyulniki
+22°,+24°S ga teng. Bu yerda atmosfera yog’inlarining aksariyat qismi
yoz va kuz oylariga to’g ’ri keladi.
Alp tog’larida yog’inlaming qor shaklida yog’ish miqdori balandlikka
ko’tarilgan sari orta boradi. Masalan, Fransiya Alpining 700-800 m
balandligida yillik yog’in miqdorining 20%, 2000 m balandlikda 80% qor
shaklida yog’adi. Boshqa hududlarda 2000 m balandlikda 60%, 2800 m da
86% va 3600 m da 100% qor shaklida yog’adi. Natijada nival mintaqada
katta qor massasi to ’planib muzliklar hosil qiladi. Alp to g iarid a 1200 ga
yaqin muzliklar b o iib , ulaming umumiy maydoni 4140 km2. Shundan
2690 km2 G ’arbiy Alpga va 1450 km2 Sharqiy Alpga to ’g’ri keladi.
Ulardan eng kattalari Bern Alpidagi Alech muzligi (uzunligi 26,8 km,
maydoni 160 km2), Monblan massividagi Mer-de-Glas (uzunligi 15 km) va
Pennin Alpidagi Gom er muzliklaridir. Alp togiarida suv zahirasining
ko’pligi gidrografik to ’mi yaxshi rivojlanishiga qo ’laylik yaratgan.
Shuning uchun Alp Yevropaning muhim gidrografik tuguni hisoblanadi.
Uning hududida paydo boigan daryolar Shimoliy, Qora, Adriatika va
Tirren dengizlariga quyiladi. Alp tog’laridan Rona, Reyn, Adije, Drava
daryolari va Po daryosining ko’plab irmoqlari boshlanadi. Yirik
daryolaridan Rona va Reyn Gotard massividagi muzlikdan o ’z suvini olib,
birinchisi Jeneva ko’li va ikkinchisi Boden ko’li tomon oqadi. Alpning
shimoliy yonbag’irlaridan Dunayning bir necha irmoqlari ham boshlanadi.
359
3797 m ga, Etstal Alpida 3774 m ga va Past Tauem da 2863 m ga yetadi.
Baland tog’lar va ulaming suvayirg’ich qismlari kristall jinslardan, past
tog’lar ohaktoshlardan, dolomitlardan va flishlardan tuzilgan. Sharqiy
Alpda temir va mis ruda konlari, magnezit koni, tog’oralig’i cho’kmalarida
q o ’ng’ir ko’mir va tuz konlari bor.
Alp tog’larining orografik tuzilishida va relef shakllarining xilma-xil
bo’lishida mezozoyda va paleogenda yuz bergan burmalanishlar,
ko’tarilishlardan tashaqari neogenda hamda antropogenning boshlarida
sodir bo’lgan kuchli vertikal tektonik harakatlar yetakchi rol o ’ynagan.
Relefining shakllanishiga suv eroziyasi va to’rtlamchi davr muzliklari ham
ta’sir ko’rsatgan. Alp tog’larining shimoliy qismida Yura tog’i bilan
Dunay daryolarining yuqori oqimi o ’rtaligida balandligi 400-600 m
keladigan to g ’oldi platolari joylashgan. Alp tog’oldi platolari Shveysariya
va Germaniya hududlarida mavjud bo’lib, ular Shveysariya va Bovariya
yassi tog’lari deb ataladi. Alp va Apenin to g iari oralig’ida Padana
(Venesiya-Padana) pastekisligi joylashgan. U kaynozoyning Alp
burmalanishida vujudga kelgan tektonik cho’kmada shakllangan va
genetik jihatdan juda yosh hisoblanadi. Dastlabku tektonik cho’kma
Adriatika dengizining ko’rfazi bo’lgan. Keyinchalik ko’rfaz dengiz, daryo
va tog’ muzliklari yotqiziqlari bilan to ’lib, neogenning oxirida Padana
pastekisligi hosil bo’lgan. Uning katta qismi dengiz sathidan 100 m pastda
yotadi. Tog’oldi etaklariga yaqin chekka polosalarda 300-500 m gacha
k o ’tariladi. Padanada hozirgi paytda yangi tektonik harakatlar natijasida
yer yuzasining asta-sekin cho’kish jarayoni davom etmoqda.
Padana pastekisligining eng sharqiy chekka qismi Adriatika dengizi
bilan chegaralangan joyda lagunali sohilni tashkil etadi. Lagunali sohil
qum tillaridan va orollardan tarkib topgan. Ana shunday lagunalardan
birida tarixiy obidalarga boy shahar Venetsiyaning o ’zi 11 8 ta orollarda
joylashgan b o ’lib, ular 150 ta kanallar orqali ajralib turadi. Bu kanallarga
400 dan ortiq ko’priklar qurilgan. Kanallardan eng kattasi Kanal-Grande
hisoblanadi, uning uzunligi 3,8 km. Venesiyadagi barcha bo’g’izlar va
kanallar k o ’cha vazifasini bajaradi. Adriatika dengizi tomonidan
qarasangiz Venesiya xuddi suv akvatoriyasi ustida suzib yurgan shahardek
tuyuladi. Shaharga har yili 6,2 mln. dan ortiq turistlar tashrif buyurishadi.
Venesiyaning materikka eng yaqin oroli temir va avtomobil yo’l ko’prigi
orqali Padana pastekisligi bilan tutashib turadi.
358
Alp lanshaft o ’lkasining shimoliy katta tog'li qismi m o’tadil iqlim
mintaqaga va janubiy tekislik Padana qismi subtropk iqlim mintaqaga
qaraydi. Alpning shimoliy va g ’arbiy qismlari Atlantika havo massasi
oqimiga ro’para turganligi sababli qishi yumshoq, yozi salqin bo’ladi.
Yiliga 2000-3000 mm atrofida yog’in tushadi. Tumanli va bulutli kunlar
ko’p takrorlanadi. Sharqqa borgan sari iqlimning kontinentalligi ortib,
yog’in miqdori kamayadi, ichki tizmalarda, berk vodiylarda va botiqlarda
yillik yog’in miqdori 500-800 mm ni tashkil etadi. Padana pastekisligida
bu ko’rsatgich 800-1200 mm ga teng. Alp tog’larining 2000 m dan baland
qismlarida yog’in miqdori ancha kamayadi. Havo harorati shimoldan
janubga qarab ko’tarila boradi. O ’rtacha yillik 0°S li harorat shimolda Alp
oldi tizmalarida 2000 m balandlikka to ’g’ri kelsa, janubda Dengizyoni va
Kot Alplarida 2600-2700 m balandlikka to’g ’ri keladi. Padana
pastekisligida yanvaming o ’rtacha harorati 0°,+4°S ga, iyulniki
+22°,+24°S ga teng. Bu yerda atmosfera yog’inlarining aksariyat qismi
yoz va kuz oylariga to ’g ’ri keladi.
Alp tog’larida yog’inlaming qor shaklida yog’ish miqdori balandlikka
ko’tarilgan sari orta boradi. Masalan, Fransiya Alpining 700-800 m
balandligida yillik yog’in miqdorining 20%, 2000 m balandlikda 80% qor
shaklida yog’adi. Boshqa hududlarda 2000 m balandlikda 60%, 2800 m da
86% va 3600 m da 100% qor shaklida yog’adi. Natijada nival mintaqada
katta qor massasi to’planib muzliklar hosil qiladi. Alp tog’larida 1200 ga
yaqin muzliklar bo’lib, ularning umumiy maydoni 4140 km 2. Shundan
2690 km2 G ’arbiy Alpga va 1450 km2 Sharqiy Alpga to ’g ’ri keladi.
Ulardan eng kattalari Bern Alpidagi Alech muzligi (uzunligi 26,8 km,
maydoni 160 km2), Monblan massividagi Mer-de-Glas (uzunligi 15 km) va
Pennin Alpidagi Gorner muzliklaridir. Alp tog'larida suv zahirasining
ko’pligi gidrografik to ’mi yaxshi rivojlanishiga qo’laylik yaratgan.
Shuning uchun Alp Yevropaning muhim gidrografik tuguni hisoblanadi.
Uning hududida paydo bo’lgan daryolar Shimoliy, Qora, Adriatika va
Tirren dengizlariga quyiladi. Alp tog’laridan Rona, Reyn, Adije, Drava
daryolari va Po daryosining ko’plab irmoqlari boshlanadi. Yirik
daryolaridan Rona va Reyn Gotard massividagi muzlikdan o ’z suvini olib,
birinchisi Jeneva ko’li va ikkinchisi Boden ko’li tomon oqadi. Alpning
shimoliy yonbag’irlaridan Dunayning bir necha irmoqlari ham boshlanadi.
Tog’likning janubidagi Padana pastekisligidan Po daryosi oqib o ’tadi.
Uning uzunligi 652 km, havzasining maydoni 75 000 km2, o’rtacha yillik
suv sarfi quyi qismida 1460 m 3/sek. Po daryosining Dora-Ripariya, Dora-
Beltea, Tichino, Adda, Olo, Mincho va boshqa irmoqlari o ’z suvini
Alpning janubiy yonbag’irlaridan oladi. Po daryosi delta qismida uchta
yirik (Po-di-Goro, Po-della-Dontsella va Po-di-Tolle) tarmoqlarga bo’linib
dengizga quyiladi. Ular Adriatika dengiziga quyilish joyida maydoni 1500
km 2 ga teng bo’lgan botqoqli delta landshaftini hosil qiladi. Daryoning 540
km masofadagi qismida kemalar bemalol qatnay oladi. Alp landshaft
o ’lkasida ko’llar ham keng tarqalgan. Ular asosan Alpning shimoliy va
janubiy tog’ etaklarida joylashgan. Bular shimolda Jeneva (581 km 2),
Boden (538 km 2), Nevshatel, Syurix, Firvaldshtet va janubda Lago-
Madjore, Komo, Izeo va G arda ko’llaridir. Garda ko’lining maydoni 370
km 2, maksimal chuqurligi 346 m, Komoning maksimal chuqurligi 410 m
ga teng bo’lib, Yevropadagi eng chuqur ko ’l hisoblanadi.
Alp landshaftlari uchun vertikal va gorizontal farqlanishlar xarakterli.
Ikki yo’nalishdagi tafovutlar balandlik mintaqalik va kenglik zonallik
qonuniyatlar asosida vujudga kelgan. Zonal farqlar ayniqsa quyi tog’oldi
mintaqaning 800-1000 m balandlikkacha bo’lgan qismida yaxshi
ifodalangan. Quyi mintaqadagi landshaft komplekslari shimolda m o’tadil
xususiyatlarga, janubda Padana tekisligini o ’rab turgan Dengizbo’yi, Kot
va Gray Alplarining to g ’ etaklarida subtropik xususiyatlarga ega. Bu
mintaqada o ’rmonlar juda siyrak qolgan. Uning g ’arbiy qismida qo’ng’ir
o ’rmon tuproqlari keng tarqalgan, buk, eman va kashtanlar o ’sadi.
Shimoliy qismida podzol tuproqlar aralash o ’rmonlar bilan qoplangan.
Sharqda O ’rta Dunay tekisligi bilan tutashgan joyda o’rmon-dasht
landshaftlari mavjud. Janubda buk va eman o ’rmonlari o ’sadi. Quyi
mintaqada aholi zich joylashganligi tufayli tabiiy o ’simliklar o ’rnini
bog’lar, uzumzorlar, manzarali daraxtlar, agrolandshaftlar egallagan.
Shuning uchun bu mintaqani Alpning madaniy landshaftlar mintaqasi
deyiladi.
Alpning ikkinchi landshaft mintaqasi tog’-o ’rmonlari bo’lib, uning
yuqori chegarasi 1800 m gacha k o ’tarilgan. M intaqaning 1200 m
balandligigacha qismi keng bargli o ’rmonlar, 1800 m gacha igna bargli
o ’rmonlar joylashgan. M intaqaning iqlimi mo’tadil nam va m o’tadil sovuq
b o iib , iyulning o ’rtacha harorati +10°,+ 15°S, yanvarniki -4°,-8°S atrofida
360
boiadi. O ’rmonlarda buk va emanlardan tashqari Yevropa yeli, Yevropa
qarag’ayi, Yevropa tilog’ochi, Yevropa pixtasi o ’sadi. Yovvoyi
hayvonlardan olmaxon, rus quyoni, o ’rmon sonyasi, yovvoyi mushuk,
O ’rta Yevropa bug’usi yaxshi saqlangan. Q o’riqxonalarda qo’ng’ir ayiq va
yovvoyi cho’chqalar uchraydi. Alp tog’larining o’rmonlar mintaqasidan
yuqoridagi 2300 m balandlikkacha bo’lgan qismida butazorli subalp
mintaqasi, 2500-3000 m gacha alp o ’tloqzorlari va undan yuqorda nival
mintaqa joylashgan. O ’tloqzorlar yozda yaylov sifatida foydalaniladi.
Alpning tabiiy landshaftlarini muhofaza qilish maqsadida ko’plab
milliy bog’lar, qo’riqxonalar va buyurtmalar tashkil etilgan. Shveysariya,
Vanuaz, Gran-Paradizo milliy bog’lari, Bavariya O ’rmoni, Yuqori
Bavariya O ’rmoni tabiat bog’lari, Keyra regional tabiat bog’i, Tyuringen
O ’rmoni landshaft buyurtmasi va Shumava landshaft o ’lkasi shular
jumlasidandir.
Karpat tog’lari va Dunay tekisligi. O ’lka Alp tog’ burmalanish
mintaqasida joylashgan o ’rtacha balandliklagi Karpat, Stara Planina
togiaridan hamda genetik jihatdan bevosita bog’liq bo’lgan O ’rta Dunay
va Quyi Dunay tekisliklaridan tarkib topgan. Bu o ’lka Alp tog’lari bilan
Sharqiy Yevropa tekisligi o ’rtasida joylashganligi tufayli uning hududida
m o’tadil mintaqaning okean va kontinental sektorlari landshaftlariga xos
xususiyatlar mujassamlashgan. Shu boisdan okeanning nam iqlim ta'siri
o ’rmonlar bilan qoplangan tog’larda va quruq kontinental iqlim ta ’siri
o ’rmon-dasht hamda dasht landshaftlari hukmron b o ’lgan tekisliklarda
aniq ifodasini topgan. Karpat tog’lari yoysimon shaklda g ’arbdan sharqqa
1500 km masofaga cho’zilgan.
Karpat tog’ tizimi Morava daryosining Dunayga quyilish joyiga yaqin
joylashgan va janubi-g’arbdan shimoli-sharqqa tomon cho’zilgan Kichik
Karpat kristall massividan boshlanadi. Undan shimolroqda Karpat Sharqqa
tomon burilib kengayib va ko’tarilib boradi. Slovakiya va Polsha
oralig’idagi chegarada kristall jinslardan tarkib topgan Baland Tatra va
Past Tatra massivlari joylashgan. Baland Tatrada butun Karpatning ham
eng baland nuqtasi Gerlaxovski-Shtit cho’qqisi 2655 m qad ko'targan.
Baland Tatradan shimolda flishlardan tashkil topgan O ’rta, Baland va Past
Beskid tizmalari parallel ravishda joylashgan. Past Beskid tog’idan
sharqda Karpat shim oli-g’arbdan janubi-sharqqa tomon cho’zilgan. Bu
tog’lar majmuasi qiyalik yoy shaklini hosil qilib G ’arbiy va Sharqiy
361
T og’likning janubidagi Padana pastekisligidan Po daryosi oqib o ’tadi.
Uning uzunligi 652 km, havzasining maydoni 75 000 km2, o ’rtacha yillik
suv sarfi quyi qismida 1460 m 3/sek. Po daryosining Dora-Ripariya, Dora-
Beltea, Tichino, Adda, Olo, Mincho va boshqa irmoqlari o ’z suvini
Alpning janubiy yonbag’irlaridan oladi. Po daryosi delta qismida uchta
yirik (Po-di-Goro, Po-della-Dontsella va Po-di-Tolle) tarmoqlarga bo’linib
dengizga quyiladi. Ular Adriatika dengiziga quyilish joyida maydoni 1500
km 2 ga teng bo’lgan botqoqli delta landshaftini hosil qiladi. Daryoning 540
km masofadagi qismida kem alar bemalol qatnay oladi. Alp landshaft
o ’lkasida ko’llar ham keng tarqalgan. Ular asosan Alpning shimoliy va
janubiy tog’ etaklarida joylashgan. Bular shimolda Jeneva (581 km2),
Boden (538 km 2), Nevshatel, Syurix, Firvaldshtet va janubda Lago-
Madjore, Komo, Izeo va G arda ko’llaridir. Garda ko’lining maydoni 370
km 2, maksimal chuqurligi 346 m, Komoning maksimal chuqurligi 410 m
ga teng bo’lib, Yevropadagi eng chuqur ko’l hisoblanadi.
Alp landshaftlari uchun vertikal va gorizontal farqlanishlar xarakterli.
Ikki yo’nalishdagi tafovutlar balandlik mintaqalik va kenglik zonallik
qonuniyatlar asosida vujudga kelgan. Zonal farqlar ayniqsa quyi tog’oldi
mintaqaning 800-1000 m balandlikkacha bo’lgan qismida yaxshi
ifodalangan. Quyi mintaqadagi landshaft komplekslari shimolda m o’tadil
xususiyatlarga, janubda Padana tekisligini o ’rab turgan Dengizbo’yi, Kot
va Gray Alplarining tog’ etaklarida subtropik xususiyatlarga ega. Bu
mintaqada o’rmonlar juda siyrak qolgan. Uning g ’arbiy qismida qo’ng’ir
o ’rmon tuproqlari keng tarqalgan, buk, eman va kashtanlar o ’sadi.
Shimoliy qismida podzol tuproqlar aralash o ’rmonlar bilan qoplangan.
Sharqda O ’rta Dunay tekisligi bilan tutashgan joyda o ’rmon-dasht
landshaftlari mavjud. Janubda buk va eman o ’rmonlari o ’sadi. Quyi
mintaqada aholi zich joylashganligi tufayli tabiiy o ’simliklar o ’rnini
bog’lar, uzumzorlar, manzarali daraxtlar, agrolandshaftlar egallagan.
Shuning uchun bu mintaqani Alpning madaniy landshaftlar mintaqasi
deyiladi.
Alpning ikkinchi landshaft mintaqasi tog’-o’rmonlari bo’lib, uning
yuqori chegarasi 1800 m gacha ko’tarilgan. M intaqaning 1200 m
balandligigacha qismi keng bargli o ’rmonlar, 1800 m gacha igna bargli
o ’rmonlar joylashgan. M intaqaning iqlimi m o’tadil nam va m o’tadil sovuq
bo’lib, iyulning o ’rtacha harorati +10°,+ 15°S. yanvarniki -4°,-8°S atrofida
360
bo’ladi. O ’rmonlarda buk va emanlardan tashqari Yevropa yeli, Yevropa
qarag’ayi, Yevropa tilog’ochi, Yevropa pixtasi o ’sadi. Yovvoyi
hayvonlardan olmaxon, rus quyoni, o ’rmon sonyasi, yovvoyi mushuk,
O ’rta Yevropa bug’usi yaxshi saqlangan. Q o’riqxonalarda q o ’ng’ir ayiq va
yovvoyi cho’chqalar uchraydi. Alp tog’larining o ’rmonlar mintaqasidan
yuqoridagi 2300 m balandlikkacha bo’lgan qismida butazorli subalp
mintaqasi, 2500-3000 m gacha alp o ’tloqzorlari va undan yuqorda nival
mintaqa joylashgan. O ’tloqzorlar yozda yaylov sifatida foydalaniladi.
Alpning tabiiy landshaftlarini muhofaza qilish maqsadida ko’plab
milliy bog’lar, qo’riqxonalar va buyurtmalar tashkil etilgan. Shveysariya,
Vanuaz, Gran-Paradizo milliy b o g iari, Bavariya O ’rmoni, Yuqori
Bavariya O ’rmoni tabiat bog’lari, Keyra regional tabiat bog’i, Tyuringen
O ’rmoni landshaft buyurtmasi va Shumava landshaft o ’lkasi shular
jumlasidandir.
Karpat tog’Iari va Dunay tekisligi. O ’lka Alp tog’ burmalanish
mintaqasida joylashgan o ’rtacha balandliklagi Karpat, Stara Planina
tog’laridan hamda genetik jihatdan bevosita bog’liq bo'lgan O ’rta Dunay
va Quyi Dunay tekisliklaridan tarkib topgan. Bu o ’lka Alp tog’lari bilan
Sharqiy Yevropa tekisligi o ’rtasida joylashganligi tufayli uning hududida
mo’tadil mintaqaning okean va kontinental sektorlari landshaftlariga xos
xususiyatlar mujassamlashgan. Shu boisdan okeanning nam iqlim ta'siri
o’rmonlar bilan qoplangan tog’larda va quruq kontinental iqlim ta'siri
o ’rmon-dasht hamda dasht landshaftlari hukmron bo’lgan tekisliklarda
aniq ifodasini topgan. Karpat tog’lari yoysimon shaklda g ’arbdan sharqqa
1500 km masofaga cho’zilgan.
Karpat tog’ tizimi Morava daryosining Dunayga quyilish joyiga yaqin
joylashgan va janubi-g’arbdan shimoli-sharqqa tomon cho’zilgan Kichik
Karpat kristall massividan boshlanadi. Undan shimolroqda Karpat Sharqqa
tomon burilib kengayib va ko’tarilib boradi. Slovakiya va Polsha
oralig’idagi chegarada kristall jinslardan tarkib topgan Baland Tatra va
Past Tatra massivlari joylashgan. Baland Tatrada butun Karpatning ham
eng baland nuqtasi Gerlaxovski-Shtit cho 'qqisi 2655 m qad ko'targan.
Baland Tatradan shimolda flishlardan tashkil topgan O ’rta, Baland va Past
Beskid tizmalari parallel ravishda joylashgan. Past Beskid tog’idan
sharqda Karpat shim oli-g’arbdan janubi-sharqqa tomon cho’zilgan. Bu
tog’lar majmuasi qiykalik yoy shaklini hosil qilib G 'arbiy va Sharqiy
361
Karpat landshaft o ’lkasida daryolar yaxshi rivojlangan. Ulaming
ko’pchiligi Dunay havzasiga qaraydi. Dunayga Karpatdan boshlanuvchi
Tisa, Prut, Seret, Olt, Gron, Ardjesh, Yalomitsa daryolari va Alpdan
boshlanuvchi Raba, Drava daryolari kelib qo’shiladi. Visla va Oder
daryolarining yuqori oqimlari ham Karpat tog’laridan boshlanadi. Barcha
daryolar qor va yom g’ir suvlaridan to’yinadi. Lekin ulaming gidrologik
rejimi bir xil emas va yil davomida o ’zgarib turadi. Karpat daryolari
energiya resurslariga boy. Vag daryosida gidroelektrstansiyalar kaskadi
bunyod etilgan. Tisaning yuqori oqimida, Seret daryosining Bistrisa
irm og’ida yirik gidrostansiyalar qurilgan. Karpat hududida Alpga nisbatan
yirik ko’llar juda kam, lekin kelib chiqishi muzlik bilan bog’liq bo’lgan
m ayda ko’llar ko ’p uchraydi. Dunay vodiysida qayir ko’llar keng
tarqalagan. Eng yirik ko’li O ’rta Dunay havzasining g ’arbida, past tog’lar
oralig’ida joylashgan Balaton (596 km2) tektonik ko’lidir. Karpat
tog’larida tabiiy o ’simliklar tekislik va botiqlarga nisbatan tog’larda yaxshi
saqlangan. Karpatning 40% dan ziyodroq hududi o ’rmonlar bilan
qoplangan. Uning shimoliy qismida 600 m dan 1500 m gacha bo’lgan
balandliklarda o ’rmonlar o ’sadi. Sharqiy Karpatning 500 m dan 1500 m
gacha bo’lgan past va o’rtacha balandliklardagi tog’lar o ’rmonlar bilan
qoplangan. Bular uchta balandlik polosaga boiinadi. Birinchisi o ’rmon-
q o ’n g ’ir tuproqlardagi keng bargli (buk, eman, grab, zarang, yavor)
o ’rm onlar polosasi, ikkinchisi tog’-o’rmon tuproqlaridagi aralash (keng va
igna bargli) o ’rm onlar polosasi va uchinchisi tog’-qo’ng’ir va tog’-podzol
tuproqlardagi igna bargli (Yevropa yeli, pixta) o ’rmonlar polosasi.
Karpatning gumbazsimon baland qismlari subalp va alp o ’tloqlari
bilan qoplangan. Subalp m intaqa 1500-1800 m balandliklarda o’tloq
tuproqli yerlarda yaxshi rivojlangan. Bu mintaqada yer bag’irlab o ’sadigan
karag’aylar, yashil zirklar, mojjevelniklar, butalardan Kochi rododendroni,
yarim butalardan chernika keng tarqalgan. Subalp o ’tloqzorlari poloninalar
(yaylovlar) deb yuritiladi. Poloninalaming asosiy o ’simlik qoplamini
belouslar tashkil etadi. Alp o ’tloqlari 1800 m dan yuqorida uchraydi. Bu
yerda past b o ’yli boshoqli o ’tlar o’sadi. Butalardan faqat Kochi
rododendroni uchraydi.
Dunaybo’yi tekisliklarining tipik florasi o ’rmon-dasht va dasht
o ’simliklaridan iborat. O 'rm on-dashtlar O ’rta Dunay tekisligida va
dashtlar Quyi Dunay tekisligida hukmronlik qilgan. Tekisliklardagi pushta
364
deb ataluvchi dashtlar hozirgi vaqtda juda kam saqlanib qolgan. Chunki
qora tuproqli Dunaybo’yi tekisliklari butunlay o ’zlashtirilib, ularning
o’mida tokzorlar, mevali bog’lar, manzarali daraxtlar barpo etilgan.
Qishloq xo’jaligida bug’doy, suli, m akkajo’xori, qand lavlagi, kartoshka
va boshqalar yetishtiriladi. Transilvaniya Alpida, Sofiya, Karlova,
Kazanlik botiqlarida efir yog’i beradigan atirgul, lavanda plantasiyalari va
mevali bog’lar barpo etilgan. Dunay vodiysida qayir o ’rmonlari uzun
lentasimon polosa bo’ylab yaxshi saqlangan. Qayir o ’rmonlari terak, tol,
tog’ terak, osinalardan iborat. Qayirlarda qamishzorlar ham uchraydi.
Zoogeografik jihatdan Karpatda o ’rmon fauna kompleksi hukmronlik
qiladi. Bu yerda sut emizuvchilaming 74 turi, qushlarning 280 turi,
amfibiyalaming 17 turi uchraydi. Keng bargli o ’rmonlarda yovvoyi
cho’chqa, asl zotli bug’u, kosulya, tulki, bo’ri, o ’rmon mushugi, o ’rmon
sonyasi, yong’oqzor sonyasi, olmaxon, savsar va bo’rsiqlar yashaydi. Tog’
taygalarida qo’ng’ir ayiq va silovsin bor. Endemik hayvonlardan Karpat
tritoni uchraydi. Qushlardan kaklik, qarqur, chil, kedrovka, qora
qizilishton, snigeriya, burgut, kalxat ukkilar keng tarqalagan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
1. Baratov P., Sultanova N. Umumiy Yer bilimi. O ’quv qo’llanma. T. “Info Capital Group”, 2019.
2. Ettwein V. and M aslin M. Physical geography: fundamentals o f the physical environment. University of London. 2012.
3. Hakimov Q. Toponimika. Toshkent. Mumtoz so’z. 2016.
4. Nizomov A, va b. Geologiya. T. “INFO CAPITAL GROUP” 2018
5. Robert E.Gabler, James F. Petersen, Michael L. Trapasso. Essentials o f Physical geography. 2007.
6. Soatov A., Abdulqosimov A., Mirakmalov M. Geografiya (M ateriklar va okeanlar tabiiy geografiyasi). 6-sinf uchun darslik. Т.,
O ’qituvchi, 2013.
7. Vaxobov X. va boshqalar. Umumiy yer bilimi. Toshkent. “Bilim”, 2005.
8. Alimkulov N.R., Safarov E.Yu., Xolmurodov SH.A. Topografiya va kartografiya asoslari. Toshkent. “Fan va texnologiyalar”. 2018.
9. Асомов М., Мирзалиев Т. Топография асослари ва картография. Тошкент. “ Укитувчи”, 1985.
10. Баратов П, М аматкулов М, Рафиков А. Урта Осиё табиий географияси. Тошкент: “Укитувчи” нашрёти, 2002.
11. Баратов П, Соатов А. Умумий табиий география. Тошкент, “Укитувчи”, 2002.
12. Баратов П. Узбекистон табиий географиясидан амалий машгулотлар. Тошкент, “ Чулпон”, 2005.
13. Баратов П. Урта Осиё дарёлари. Тошкент.: “Укитувчи”
нашриёти, 1992.
14. Власова Т.В. Материклар табиий географияси. 1-2-том. Т.,
“Укитувчи”, 1981.
15. Зокиров Ш.С., Тошев Х.Р. География тарихи. Бухоро.
“Дурдона”, 201 8.
16. Калесник С.В. Умумий ер билими киска курси. Тошкент,
“Укитувчи”, 1966.
Internet saytlari.
18. www referat.uz Ilmiy maqolalar, ilmiy ishlari to’grisidagi mavzuga doir maqolalarni topish mumkin.
19. www ziyo.net. O’zbekiston yoshlari uchun internetda maxsus tarmoq.
20. www ilm.uz - Mamlakat ta’lim tizimidagi ilmiy yangilik, ilmiy ishlar tadqiqot ishlari ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |