2.2. Yevropa mumtoz musiqasi bo’yicha bilimlarni
o’zlashtirish amaliyotining natijalari.
Tadqiqot ishini olib borish jarayonida amaliy tajribalarimizni olibborish uchun shakllangan umumta’lim maktablarining tajriba va nazorat sinflarida o’quvchilarga Yevropa mumtoz musiqasi haqidagi bilimlarni chuqurroq o’rganish imkonini beruvchi faoliyatning samaradorligini sinovdan o’tkazish ishlarini yo’lga qo’ydik.
Albatta buning uchun biz o’zimizning pedagogik amaliyotga chiqqan, ya’ni amaliyot boshlangan ilk kunlardan maktab ma’muriyati, musiqa o’qituvchilari bilan kelishgan holda tajriba – sinov ishlarimizga kirishdik. Tajriba – sinov ishlarini olib borish mazmuni, tashkiliy, amaliy jihatlari, muddati, olib boriladigan mashg’ulotlar dasturi ilmiy rahbarimiz yordamida ishlab chiqildi. Unga ko’ra tajriba – sinov ishlarini uch bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topildi;
1.Tayyorgarlik bosqichi;
2.Asosiy, shakllantiruvchi bosqich;
3.Yakuniy – natijalarni umumlashtirish, tahlil qilish, xulosalash bosqichi.
. Asosiy mashg’ulotlarimiz mazmuni va mohiyati haqida tanlangan sinf o’quvchilariga tushuntirish berildi. Shunga ko’ra “tajriba sinflari” da
darslarni musiqa o’qituvchisi bilan birga olibborishga kelishib olindi. Shu o’rinda darslarni maktab “musiqa madaniyati” fani kalendar ish rejasi bo’yicha o’tiladigan mavzulariga halal bermaslik uchun rejadagi darslarda
bizning mavzuga har bir darsda 10 – 15 daqiqagacha vaqt ajratilishi va haftasiga 1 soatdan qo’shimcha mashg’ulot o’tkazishga kelishib olindi. 4 –
chorakda esa darslarni butunlay biz ishlab chiqqan metodika asosida o’tilishi yo’lga qo’yildi (4 – chorakda Yevropa mumtoz musiqasi o’rganiladi).
Amaliy tajribalarni o’tkazishga tayyorgarlik davrida o’quvchilarga
Yevropa mumtoz musiqasiga oid nazariy va amaliy bilimlarni berishga
yo’naltirilgan 9 soatlik dars ishlanmalari,qo’shimcha mashg’ulotlarda olib boriladigan ishlar reja loyhasi va “musiqiy sayohat”, uchrashuvlar o’tkazish bilan bog’liq muassasa, tashkilotlar ham belgilab olindi.
Tajriba – sinov ishlarini asosiy shakllantiruvchi asosiy bosqichda
ishlangan 6 – sinf larning “tajriba” sinflarida “Yevropa mumtoz musiqasi
bilan tanishuv” mavzusi bo’yicha o’rganilishi zarur bo’lgan bilim va tushunchalarni kengroq hajm, mazmunda hamda to’ldirilgan ma’lumotlar asosida o’quvchilarga yetkazishga asosiy e’tibor qaratildi.
O’quvchilarni Yevropa mumtoz musiqasi, klassik kompazitorlar hayoti va ijodi, ular tomonidan yaratilgan “o’lmas” asarlar mazmuni bilan chuqur va mukammal tanishtirishda ishimizning oldingi faslida bayon etilgan ish usul va shakl, vositalari asosida mashg’ulotlar olib borildi. Bunda ko'p kompazitorlar hayoti va ijodi, yaratgan asarlari, asarlarning g’oyaviy – badiiy
mazmuni haqidagi ma’lumotlarni kengroq tarzdaberish, asarlardan
namunalarni “vedio yozuv” larda, magnit yozuvlarida tinglatish, kinofilьm, maxsus disklarni tomosha qilish, yevropa kompazitorlari ijodida shakllangan janrlarni tinglash, tahlil qilish, taqqoslash, ular haqida “musiqa lug’atlari” da berilgan tushunchalar asosida ma’nolarini tushuntirish, mazkur janrlarda yaratilgan asarlardan namunalarni tinglashga, mutaxassis musiqachilar bilan uchrashuv – suhbatlar o’tkazish, musiqali drama teatriga jamoa bo’lib
borish, konsert tashkilotlari, universitet “musiqiy ta’lim” yo’nalishi “xor ijrochiligi”, “vokal ijrochiligi”, “Dirijyorlik” kabi fanlar mashg’ulotlari va repetitsiyalarini kuzatish kabilarga yetakchi e’tirof qaratildi.
Olib borlgan amaliy mashg’ulotlar va tajriba – sinov ishlari natijalariga tayangan holda o’quvchilarni Yevropa mumtoz musiqasi bilan har tomonlama puxta tanishishlari, u haqda nazariy va amaliy bilimlarni egallash
orqali “musiqa madaniyati”ni shakllanganligini muayyan darajasini
belgilovchi mezonlar ishlab chiqildi:
1.Yevropa mumtoz musiqasi so’zining ma’nosini tushunib yetganlik;
2.Yevropada shakllangan musiqiy janrlar ularni o’ziga xos xarakterli
xususiyatlari haqida bilimlarga egaligi;
3.Yevropa mumtoz musiqasining eng mashhur kompazitorlari V.
Motsart, I.S.Bax, L.Bexoven, Dj. Verdi, F. Shopen, F. Liyeb, P.I. Chaykovskiy, M.I. Glinka kabi kompazitorlar, ularning mashhur asarlari haqida (nomlari, syujeti) bilishlari;
Janrlarni farqlay olishlari, qiyoslash tahlil qilish malakalarini oshganligi;
Mavzular bo’yicha savollarga qiynalmay javob berishi, o’z fikrlarini
tushunarli va asosli ifoda etishi;
6. Yevropada shakllangan janrlarni o’zbek kompazitorlari ijodida
namoyonbo’lishini aniq misollarda aytib bera olishi.
Tajriba – sinov ishlari yakunida o’quvchilarning Yevropa mumtoz musiqasi haqidagi bilimlarni o’zlashtirish natijasida ularda musiqa madaniyatini shakllanganlik darajasini aniqlash uchun savollar majmui tuzib
chiqildi va “tajriba” hamda “nazorat”
|
sinflari o’quvchilariga tarqatildi.
|
O’quvchilarning bilim, malakalari quyidagi uch ko’rinishda darajalandi:
|
1. Yuqori daraja – barcha savollarga 80 – 100% lik javoblar
|
qaytarilganligi. Amaliy – sinovlarda
|
ham shu darajada o’z bilimini
|
namoyish etganligi;
|
|
2. O’rta daraja - savollarga qisman va to’g’ri (to’liq bo’lmasada) 50 –
80 % javob qaytarganligi, amaliy sinovlarda xatoliklarga yo’l qo’yilganligi;
Past daraja - savollarga javolar to’g’ri bo’lmaganlari 50% kam, ko’pgina javoblar tushunarsiz, qisqa, amaliy sinovda ham chalkashliklarga yo’l qo’yadi, o’z fikrlarini aniq ifoda eta olmaydi.
XULOSA:
Respublikamizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan shart – sharoitlar ushbu jabhada faoliyat yuritayotgan har bir pedagog – murabbiylarni o’z ishiga fidoiy, izlanuvchan, tashabbuskorlik bilan yondashish, zamon talablariga muvofiq respublikamiz va rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimidagi yangiliklardan doimiy ravishda xabardor bo’lib, ta’lim mazmuni, sifatini yaxshilashga xizmat qiluvchi ish shakl, usullari, vositalari, metodologik asoslarini o’zlashtirib borish va amaliyotga tadbiq etishlarini taqazo etadi.
Mazkur ishni bajarish davomida biz viloyatimizdagi bir qator umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa darslarini tashkil etilishi, pedagog – murabbiylar malakaviy – kasbiy mahorati, tajribalarini, shu o’rinda musiqa darslarida o’quvchilarni o’zbek milliy xalq musiqasi, qardosh xalqlar, chet el musiqasi, xususan oltinchi sinf darsligidan joy olgan “Yevropa mumtoz musiqasi bilan tanishuv” mavzusidagi darslrni ‘otilishi amaliyoti bilan tanishdik, ularning bu boradagi tajribalarini o’rgandik. Tahlillar bu borada hali o’z yechimini kutayotgan ko’pgina muammolarni ijobiy hal qilishda bizningcha quyidagi jihatlarga alohida e’tiborni kuchaytirish kerak bo’ladi degan fikrdamiz. Bular:
1. Musiqa ta’limi tarbiyasida milliy xalq musiqiy merosiga, shuningdek, qardosh xalqlar, sharq xalqlari mumtoz musiqasi, Yevropa klassik kompazitorlari ijodi va ular yaratgan asarlarni o’rganishga e’tiborni yanada kuchaytirish;
2. Milliy musiqiy ta’limda ilg’or mamlatkatlarning tajribalaridan, samarali ilmiy-pedagogik tadqiqotlar natijalaridan unumli foydalanish;
3. Ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanini ommaviylik kasb etishiga erishish.Barcha umumta’lim maktablarida musiqa darslarini alohida jihozlangan o’quv xonalarida o’tilishiga va zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlanishiga erishish;
Musiqa o’qituvchilari tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik oliy o’quv yurtlarida talabalarni kasbga tayyorlash ishlarini yanada takomillashtirish;
Musiqa ta’limida xalq pedagogikasi an’analaridan, jahon
pedagogikasi, psixologiyasi, musiqa madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo’shgan ajdodlarimiz, shuningdek jahon xalqlari musiqa madaniyatiga o’lkan ta’sir ko’rsatib, hozirgi kunda umumbashariy xususiyat kasb etgan Yevropa klasik kompazitorlari ijodi, Yevropada shakllangan va bugungi kunda dunyoning barcha mintaqalarida birdek mavqega ega bo’lgan musiqiy janrlar bilan yosh avlodni har tomonlama chuqur tanishtirib borishni yo’lga qo’yish.
Kuzatuvlarimiz natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, keyingi yillarda musiqa ta’limi va tarbiyasi bo’yicha tajribali metodistlar, olimlar, amaliyotchi o’qituvchilar va ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha olib borilgan izlanishlar dars samaradorligini oshirish, uni jahon andozalari darajasiga ko’tarish bo’yicha o’zini ijobiy samaralarini ko’rsatmoqda.Bizning esa bu o’rindagi vazifamiz bo’lg’usi musiqa bakalavrlari, pedagog-murabbiylarga bu borada zarur metodik yordam va maslahatlarimizni ko’rsatish, yutuq va kamchiliklarni tahlil qilib, to’g’ri xulosalar, tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishdan iboratdi
Do'stlaringiz bilan baham: |