Hosilni yig‘ish. Bodom yong‘og‘ini yig‘ib-terib olish davri
uning navlarini pishib etilish muddatlari bilan bog‘liq. Meva
qobig‘ining yorilishi mevasining pishib etilganligidan dalolat
beradi. Bodom mevasini daraxt tagiga oldindan to‘shalgan
qanorga daraxt shoxlarini engil silkitib yig‘ib-terib olinadi.
Meva qobig‘idan bodom yong‘og‘i darhol ajratib olinadi va
5-6 sm qalinlikda yoyiladi hamda soya joyda shamollatib 8-10
kun davomida quritiladi. Quritilgan bodom yong‘og‘i yog‘och
taxtali yashiklarga joylanadi va quruq shamollatiladigan xonada
2 yilgacha saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |