Geografik tarqalishi.
Har ikkala о ‘simlik ham 200-1000 m
balandlikdagi o‘rmon va yo‘l yoqalarida, suv bo‘ylarida, o ‘tloqlarda
o‘sadi. Kavkaz belladonnasi Zakavkazeda, Shimoliy Kavkazda
va Krasnodar o‘lkasida, dorivor belladonna esa Karpatda, о‘arbiy
Ukrainada, Qrimning tog‘li, o ‘rmonli tumanlarida va Moldova
150
respublikalarida uchraydi. Hozir beliadonnalar Krasnodar oTkasida,
Qrimda va Poltava hamda Voronej viloyatlarida o‘stirilmoqda.
Mahsulotnnng tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot о ‘simlik
bargidan, yer ustki qismidan va ildizidan iborat.
Belladonnaning bargi oddiy, ellipssimon va tuxumsimon, o‘tkir
uchli, tekis qirrali, yashil yoki qo‘ng‘ir-yashil rangli, kalta bandli,
yupqa, tuksiz, mo‘rt, uzunligi 25 sm ga, eni 13 sin ga etadi Mahsulot
hidsiz bo‘lib, achchiq-o‘tkir mazasi bor.
XI DF ga ko‘ra bargining namligi 13%, umumiy kuli 15%, 10% li
xlorid kislotada yerimaydigan kuli 3%, qoraygan va ko‘ng‘ir rangga
aylangan barglari 4%, belladonna poyasining yuqori qismi (guli
yoki mevasi bilan birga) hamda ayrim meva yoki gullar aralashmasi
4%, organik aralashmalar 0,5% va mineral aralashmalar 0.5% dan
oshmasligi kerak. Butun mahsulot uchun: teshigining diametri 3 mm
li elakdan o ‘tadigan mayda qismi 4% dan, qirqilgan mahsulot uchun
7 mm dan yirik boTgan qismlar 8%, teshigining diametri 0,5 mm li
elakdan o ‘tadigan qismi 10% dan oshiq bo‘lmasligi lozim.
Barg namni tez tortib oladigan - gigroskopik boTganligi sababli,
uni quruq xonalarda va og‘zi yopiladigan idishlarda saqlash kerak.
0 ‘simlikning yer ustki qismi qirqilgan poya, barg va gullar
aralashmasidan tashkil topgan. Poyasining ustki tomoni och yashil,
ichi oqish, g ‘ovak o ‘zakii boTib, uzunligi 4 sm, vo‘g ‘onligi 1,5 sm
ga teng.
Er ustki qismining namligi 13%, barglar 45%, jumladan
sarg‘aygan, qo‘ng‘ir rangli va ikki tomoni qoraygan barglar 4%,
organik aralashmalar 1% va mineral aralashmalar 1% dan oshiq,
alkaloidlar yig‘indisi (giotsiaminga hisoblaganda) 0,35% dan kam
boTmasligi kerak.
Ildizi qirqihnagan (siiindrsimon) yoki uzunasiga qirqilgan, ustki
tomoni och 1culrang-qo‘ng‘ir, burishgan, ichki tomoni esa kulrang-
sarg‘ish, oq-sarg‘ish rangli boTib, uzunligi 20 sm ga, yo‘g ‘onligi
0,6-2 sm ga teng. Ildizi hidsiz, achchiq, o‘tkir mazasi bor.
Jldizning namligi ! 3%, umumiy kuli 6%, 10% li xlorid kislotada
yerimaydigan kuli 2%, ichi qoraygan ildiz!ar 3%, asos qismi
yog‘ochlangan ildizlar 3%, organik aralashmalar 0,5%, mineral
aralashmalar 1%, uzunligi 1 sm dan kam bo‘lgan ildiz qismi 3% dan
oshiq bo‘lmasligi lozim. Qirqilgan mahsulot uchun 7 mm dan yirik
bo‘lgan qismlar 10%, teshigining diametri 1 mm li elakdan o‘tadigan
qism 10%, mineral aralashmalar 0,5% dan oshib ketmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |