Yetishtirish texnologiyasi va ekologiya



Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/235
Sana30.12.2021
Hajmi7,28 Mb.
#191515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   235
Bog'liq
Dorivor o'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Ahmedov O'. Ergashev A

y a x s h i  
ko ‘rinadigan joylarga osib q o ‘yish;
-  dorixona qoshida dorivor о ‘simiiklar tayyorlovchilar uchun 
qjsqa muddatli o ‘qish (tushuntirish) ni tashkil etish;
-   dorivor  о ‘simiiklar  ko ‘p  о ‘sadigan  joyini  va  zaxirasini 
aniqlash;
18


-   dorivor  mahsulotni  yig ‘iladigan  yemi  aniqlash;  dorivor 
mahsulot  yig‘iladigan  joyni  tanlaganda  iloji  boricha  transport 
vositasi (avtomashina) boradigan va aholi yashaydigan yerdan olis 
bo ‘lmasligini hisobga  olish kerak.  Chunki  dorivor mahsulotlami 
yig‘ishga  ishdan  b o ‘sh  bo‘lgan  yerli  aholi,  maktab  o ‘quvchilari 
va pensionerlar jalb etiladi;
-  dorivor mahsulotlami tayyorlashni tashkil  etish;
-  y ig ‘i)gan dorivor mahsulotni  tayyorlangan jo y  da  quritishni 
tashkil qilish.  Agarda mahsulotni yig ‘ilgan joyida quritishni iloji 
bo‘lmasa,  u  holda  uni  zudlik  bilan  quritiladigan  yerga  transport 
vositasida etkazish va quritishni tashkil etish.
Dorivor о ‘simliklar mahsulotini  tayyorlash  tegishli,  vakolatli 
mahkamalar  tasdiqlagan  qat’iy  reja  bo ‘yicha  olib  boriladi. 
Bu  ishni  rejalashda  dorivor  o ‘simliklarni  tabiiy  o ‘sish  joyida 
y o ‘q  bo ‘lib  ketmasligini  va  ularni  muhofaza  qilishning  boshqa 
tadbirlari hisobga olingan b o ‘lishi kerak:
-  xom-ashyoni rejalangan niiqdordan ortiqcha tayyorlamaslik;
-  dorivor o'sim lik mahsulotini faqat k o ‘rsatilgan va rejalangan 
daladan yig‘ish hamda yig‘iladigan dakmi har yili qoidaga binoan 
almashtirib turish;
-   dorivor  mahsulotni  yig‘ish  rejasi  uni  ekspluatatsion 
zaxirasidan  ortiqcha bo ‘lmasligiga rioya qilish;
-   ko ‘p  yillik  o ‘tli  o ‘simliklaming  dorivor  mahsulot  sifatida 
uning yer ustki qismidan  foydalaniladigan bo ‘lsa, uni  ildizi bilan 
sug‘urib  olmaslik,  y a’ni  bu  dorivor  o ‘simlikni  tabiiy  sharoitda 
yo ‘q b o ‘lib ketishining oldini olish va boshqalar.
Hozirgi  vaqtda  dorivor  о ‘simliklar  hamma  hududlarda 
tayyorlanadi.  Avvalda bu  ishlar  Ukraina,  Belarus  respublikalari, 
Kavkaz  va  Rossiyaning  Yevropa  qismidagi  viloyatlar,  avtonom 
respublikalarida va o ‘lkaiarida yaxshi yo ‘lga q o ‘yilgan.
Ulug‘  Vatan urushi  yillarida  Sobiq Ittifoq dorivor о ‘simliklar 
tayyorlash  b o ‘yicha  asosiy  tumanlari  hisoblangan  g'arbiy  qismi 
fashist  bosqinchilari  tomonidan  vaqtincha  bosib  olingan  davrda
19


dorivor  mahsulotlar  0 ‘rta  Osiyo  respublikalari,  Qozog‘iston  va 
Sibirda tayyorlana boshlandi.  Keyinchalik bu respublikalar o‘lka 
va  viloyatlar  ham  dorivor  о ‘simiiklar  tayyorlanadigan  asosiy 
tumanlarga aylandi.
0 ‘zbekiston Respublikasida dorivor o ‘simliklami  tayyorlash, 
qayta ishlash hamda о ‘ stirish bilan quyidagi idoralar shug‘ullanadi:
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
« 0 ‘zbekbirlashuv«ning  yo w o y i  holda  o ‘sadigan  о ‘simiiklar 
mahsuloti  tayyorlovchi  Bosh  boshqarmasi  respublikada  dorivor 
o ‘simliklar  mahsulotlarini  tayyorlash  ishlarini  rejalaydi,  dorivor 
mahsulot  miqdorini  va  yig ‘iladigan  dalalami  aniqlaydi  hamda 
rahbarlik qiladi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligining 
respublika 
«Farmatsiya» 
ishlab-chiqarish 
birlashmasi 
boshqarmasi  va  uning  viloyatlardagi  idoralari  turli  dorivor 
o ‘simlik  mahsulotlarini  katta  miqdorda  tayyorlaydi.  Masalan, 
m akkajo‘xori  onalik  ustunchasi  (soqoli,  popugi),  to g ‘rayxon, 
b o ‘ymodaron,  achchiq shuvoq, n a ’matak va boshqalar.
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
«Dori-darmon» 
davlat 
hissadorlik  jamiyati  har  yili  21  tur  dorivor  о‘simliklardan  60- 
70  tonnaga  yaqin  miqdorda  mahsulotlar  tayyorlaydi.  Jumladan, 
dalachoy, achchiq shuvoq, b o ‘ymodaron, zubtumm, oqqaldirmoq, 
gazanda, dala qirqbo‘g ‘imi, mayda guli to g ‘rayxon, makkajo‘xori 
onalik ustunchasi, na’matak mevasi va boshqalar.
Dorivor  o ‘simliklami  yig‘ish  bilan  yana  Qishloq  va  suv 
xo‘jalik  vazirligi  va  boshqa  vazirliklarga  tegishli  boshqarmalari 
ham shug'ullanadi.  Bu idoralar o ‘zlariga biriktirilgan hududlarda 
o ‘sadigan  dorivor  o ‘simlik  mahsulotlarini  yig‘adi  va  tegishli 
korxonalarga (farmatsevtika sanoati,  dorixonalar boshqarmasi  va 
boshqalar) topshiradi.
20


D O R IV O R  M A IISU L O T L A R N I TA Y Y O RLA SH , 
Q U R IT IS H , ID IS H L A R G A  JO Y L A SH T IR ISH  
(Q A D O Q LA SH ) VA SA Q LA SH  T O ‘G ‘R ISID A  U M UM IY 
TU SH IJN C H A  D O R IV O R  M AHSULOTLARN1 
T A Y Y O R LA SH !
Tibbiyotda  va  farmatsiyada  tarkibida  kishi  organizmiga 
ta ’sir  etuvchi  kimyoviy  moddasi  boTgan  dorivor  o ‘simlik 
organlari  -  mahsulotlari  ishlatiladi.  Dorivor mahsulotlar  sifatida 
o ‘simliklaming  ildizi,  bargi,  p o ‘stlog‘i,  guli,  mevasi  va  boshqa 
qismlaridan  foydalaniladi.  Ularni  kimyoviy  birikmalar  eng  k o ‘p 
yig‘ilgan davrda y ig ‘islitirib olish kerak.1
0 ‘simlik organlarini quyidagi muddatlarda yig‘ib olish kerak:
Barglar  odatda  o ‘simlik  gullashi  oldidan  yoki  gullaganida 
yig‘ib olinadi.
Barglar  juda  ohistalik  bilan,  iloji  boricha  o ‘simlikka  zarar 
etkazmasdan yig‘ib olinadi (belladonna, angishvonagul va boshqa 
o ‘simlik barglari).
B a’zan o ‘t o ‘simliklaming bargini tayyorlash uchun yer ustki 
qismi  о ‘rib  olinadi,  so‘ngra barglari teriladi yoki yer ustki  qismi 
quritib  maydalanadi.  Barglari  ajratilib,  poyasi  bilan  shoxlari 
tashlab  yuboriladi.  Bunda  shox  va  gullar  aralashmasi  barglarga 
qo‘shilib ketishi mumkin (yalpiz, gazanda va boshqa о ‘simliklar).

Download 7,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish