Yerosti suvlari



Download 234,14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.07.2022
Hajmi234,14 Kb.
#841931
Bog'liq
TqAcqWRRLBGn1BgrK49LKOOwiuBezPIVXsOHaT6w



170
12-bob
.
YEROSTI SUVLARI
12.1. Yerosti suvlari va ularning harakati
to‘g‘risida tushunchalar
Yer sirtidan turli xil chuqurlikdagi tog‘ jinslari, g‘ovaklari,
g‘orlarda yig‘iladigan muz, bug‘ va suyuq holatlardagi suvni
yerosti suvi 
deyiladi. Bu suvlar oqimlar, havzalar va yer sirtida
buloqlar hosil qiladi. Yer ostidagi suv saqlovchi jinslardagi
yoriqlarning xususiyatiga ko‘ra 
g‘ovak, yoriq 
va 
g‘or suvlariga
bo‘linadi. O‘ta tor yoriqlarda harakatlanuvchi suvlarni 
kapillar
suvlar, yer sirti gorizonti bilan tutashgan suvlarni 
tuproq suvi
gorizonti 
deyiladi. Yer sirtidagi muayyan chuqurliklarda yerning
suv o‘tkazmaydigan qatlami — 
gil tuproq 
ustida yerosti suvlari
yig‘iladi. Bu qatlamdan pastda bosimli 
artezian suvlari
joylashadi.
Yog‘in-sochin, daryo va ko‘llar suvlarining yer qatlamida
shimilishi natijasida paydo bo‘ladigan yerosti suvlarini 
filtratsiya
suvlari 
deyiladi. Havodagi suv bug‘larining yer po‘stlog‘i bilan
ta’sirlashish jarayonida kondensatsiyalanib va yerga shimilishidan
hosil bo‘ladigan suvlarni 
kondensatsiya
suvlari 
deb yuritiladi.
Cho‘kindi tog‘ jinslarining cho‘kishi va magmadan ajralib
chiqqan suvlarni 
sedimentatsiya suvlari 
deyiladi.
Yerosti suvlarining paydo bo‘lish jarayonida suv moleku-
lalari tog‘ jinslari va tuproq qatlami zarralari bilan ta’sirlashib,
zarralar oraliqlaridan og‘irlik kuchi ta’sirida o‘tib, yer markazi
tomon harakatlanadi va muayyan chuqurliklardagi suv o‘tkaz-
maydigan qatlam ustida yig‘iladi (3.50-rasm). Ular miqdori
ortganidan so‘ng, bo‘sh va qiya hajmlar bo‘ylab og‘irlik kuchi
ta’sirida harakatlanib, 
bosimsiz oqimlarni 
hosil qiladi. Suvni
yaxshi o‘tkazuvchi qum va qum-tuproqli yer qatlamlarida
yerosti suvlari laminar harakat qiladi. Shag‘al, mayda toshlar,
tosh to‘shalmalari, yorilgan qoyatoshlar orqali suv oqib
o‘tganida turbulent oqim hosil qilib harakatlanadi.
Yerosti suvlarining, aksariyati tekis va bosimsiz harakat-
lanadi. Ayrim holatlardagina ular bosimli harakat bilan bir
sohadan boshqaga o‘tadi. Masalan, vertikal drenaj quvuri orqali


171
suv tashqariga nasos bilan haydalganida, yerosti suvining oqimi
nasos tomonga bir tekis harakatlanadi. Filtratsiya yo‘li bilan
hosil bo‘lgan yerosti suvining sathini 
depressiya sirti 
(uning egri
chizig‘ini 
depressiya chizig‘i
)
deyiladi.
Filtrlovchi qatlamlardan o‘tadigan suv oqimlari diametri
kapillarlar o‘lchamida bo‘ladi. Shuning uchun suvning
solishtirma filtrlanuvchi sarfini quyidagicha ifodalash mum-
kin:
q
=
Q
/
b,
(3.83)
bu yerda, 
b
— yerosti suvi o‘zanining kengligi.
Yerosti suvlarining dinamik dami kichik bo‘lgani uchun
hisoblashlarda u hisobga olinmaydi. Chunki dam chizig‘i
pyezometrik chiziq bilan ustma-ust tushadi. Shunda gidravlik va
pyezometrik nishabliklar bir xil bo‘ladi:
H
g
= H = h + P/
ρ
g.
(3.84)
Yerosti suvlarining kritik sathi past bo‘lgani uchun uning
qiymatini nolga tenglab olinadi. Amalda uning qiymati noldan
farqli bo‘ladi. Chunki suv har doim o‘zidan past sathlarda
joylashgan oqimlar tomon laminar tartibda harakatlanadi (3.51-
rasm). Qatlamlar zarralararo suvning 
filtrlanish tezligi 
zarralar
oralig‘idagi bo‘shliq 

ga
va zarralar diametri 

ga bog‘liq
bo‘ladi.

ϑ =
=
π
+
2
4
,
ft
z
bsh
Q
Q
D
S
S
(3.85)
bu yerda, 
S
z
va 

bsh
S
—
zarralar va bo‘shliq kesimlari yuzi.
3.50-rasm. 
Yerosti suvlarining joylashish chizmasi
.


172
Suvning filtrlanish tezligi — bu tasavvuriy tushuncha bo‘lib,
suv zarralarga tegmasdan, faqat bo‘shliq bo‘ylab harakatlanadi
deb olinadi. Amalda suv zarralar sirtlarini ho‘llab, ularga
ishqalanib harakatlanadi. Shuning uchun amaliyotda suvning
filtrlanish tezligini topishda, faqat zarralar oralig‘idagi bo‘sh-
liqni e’tiborga oladi va uni 
haqiqiy tezlik 
deb yuritiladi:
hl
bsh
Q
S
ϑ =
. (3.86)
Yer qatlamining g‘ovaklik darajasi suvning filtrlanishida
muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblangani uchun uni topishda
tuproq (qatlam)dagi jami g‘ovaklar hajmining umumiy geo-
metrik hajmga nisbati bilan aniqlanadigan kattalik olinadi:
=
=
<
+
1,0.
z
bsh
geo
bsh
z
V
V
V
V
V
n
(3.87)
Buni yuzalar nisbati shaklida quyidagicha yozish mumkin:

α =
.
bsh
geo
S
S
(3.88)
Demak, bir jinsli yer qatlami uchun 
α
= n 
bo‘ladi. Unda,
tezliklar nisbatidan suvning filtrlanish tezligi quyidagiga teng
bo‘ladi:
ft
ht
.
n
ϑ
ϑ
=
(3.89)
3.51-rasm. 
Yerosti suvining harakat chizmalari.


173
XIX asr o‘rtalarida Darsi qum va tuproq qatlamlarida suv-
ning filtrlanish tezligini aniqlash bo‘yicha ko‘p sonli tajribalar
o‘tkazgan va ulardan olingan natijalari asosida turg‘un oqim
uchun quyidagi formulani bergan:
ϑ =
,
ft
kJ
(3.90)
bu yerda, 
k
— haroratga mos ravishda o‘zgaruvchining filtr-
lanish koeffitsiyenti, m/s; 
J —
o‘lchovsiz kattalik.
Suvning filtrlanish tezligi bilan uning sarfi orasidagi bog‘la-
nishni ifodalovchi 
Darsi formulasi
ni,
yuqoridagilar asosida,
quyidagicha yozish mumkin:
Q
=
kS
geo
J
. (3.91)
Suvning filtrlanish koeffitsiyenti laboratoriya, nazariy hisob
va dala usullari bilan topiladi. Laboratoriya usulida Darsi
qurilmasidan foydalanib, filtratsiya koeffitsiyenti topiladi.
Nazariy usulda ko‘p sonli mualliflar empirik formulalarni
bergan. Masalan, Xezen bergan formula 
k
=
Ac
τ
d
ef
va sh.k.
Dala usuli bilan filtratsiya koeffitsiyenti aniqlanishi uchun
dala sharoitida birorta muayyan quduq suvi chiqarib tashlanadi,
so‘ngra unga suvning oqib kelishi o‘rganiladi.
Suvning filtratsiya koeffitsiyenti 
k
= 10
–4
– 5 · 10
–8
m/s
atrofida (12.1-jadval) va u tuproq turiga qarab o‘zgaradi.
12.1-jadval
r
/
T
i
r
a
l
r
u
t
q
o
r
p
u
T
it
n
e
y
i
s
ti
ff
e
o
k
a
y
i
s
t
a
r
tl
i
F
0
1
·
k
4
—
s
/
m
,
.
1
m
u
q
il
a
n
o
d
a
tt
a
K
5
—
1
.
2
m
u
q
il
a
n
o
d
a
d
y
a
M
5
,
0
—
1
,
0
.
3
q
o
r
p
u
t
il
m
u
q
n
a
g
n
a
l
h
c
i
Z
5
0
,
0
—
1
0
,
0
.
4
q
o
r
p
u
t
il
m
u
Q
5
0
0
,
0
—
1
0
0
,
0
.
5
q
o
r
p
u
t
li
G
5
0
0
0
,
0
—
1
0
0
0
,
0


174
12.2. Yerosti suvining tekis harakati
Yerosti suvi damsiz va tekis harakatlangani sababli dam
hamda pyezometrik chiziqlari ustma-ust bir chiziqqa tushadi
(3.52-rasm). Chunki yerosti suvi oqimining erkin sathi o‘zan
tubining nishabligiday bo‘lgani uchun 
PP, EE 
va
DD 
chiziqlari
o‘zaro parallel bo‘ladi (3.52- rasmga qarang).
Unda bu chiziqlarning nishabliklari ham o‘zaro teng bo‘ladi:
J
=
J
n
=
i.
(3.92)
(3.92) ga asosan, Darsi tenglamasi (3.91) ni qayta yozamiz:
Q
=
kS
geo
i.
(3.93)
Demak, yuqorida keltirilgan tenglamalar asosida solishtirma
sarfni quyidagi shaklga keltiriladi:
q
=
Q/b = h
0
ki.
(3.94)
Unda, damsiz va tekis oqimli o‘zan chuqurligi quyidagiga
teng bo‘ladi:
h
0
=
q/ki.
(3.95)
Demak, yerosti suvi oqimlarini o‘rganish yo‘li bilan yer
o‘zlashtirish va qo‘riq ochish, yerning meliorativ holatini yax-
shilash masalalari yechim va muammolari osonroq hal etiladi.
Shuning uchun ham yerosti suvi oqimlarini o‘rganish Davlat
ahamiyatiga molik bo‘lgani uchun bu ishlarga katta mablag‘
sarflanadi. Masalan, O‘zbekistonda yerosti suvlari sathining
ko‘tarilmasligi uchun Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va boshqa
3.52-rasm. 
Yerosti suvining tekis harakati.


175
viloyatlarda ko‘p sonli zovur, vertikal va gorizontal drenajlar
ishlamoqda.
Nazorat savollari
1. Yerosti suvi deganda nima tushuniladi va bu suvlar qanday paydo
bo‘ladi?
2. Yerosti suvi oqimlari qanday ta’sirlar hisobiga o‘z yo‘nalishlarini
o‘zgartiradi?
3. Yerosti suvining filtratsiyasi deganda nimani tushunasiz?
4. Yerosti suvining depressiya chizig‘i nima va u qanday topiladi?
5. Yerosti suvining sarfi va solishtirma sarfi qanday formulalar
bilan hisoblab topiladi?
6. Filtratsiya koeffitsiyenti nima va u qanday ta’sirlarga bog‘liq?
7. Yerosti suvining filtrlanish tezligi nimalarga bog‘liq?
8. Yerosti suvi sathini bir tekis tutib turish uchun qanday usullar
(qurilmalar) qo‘llaniladi?

Download 234,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish