Tuman (shahar) yer kadastri daftarini
yuritish tartibi to`g`risida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom "Davlat yer kadastri to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yer kadastri daftarining tuzilishi, mazmunini hamda uni tumanlarda va viloyatga bo`ysunuvchi shaharlarda yuritish tartibini belgilaydi
2. Tuman (shahar) yer kadastri daftari (keyingi o`rinlarda yer kadastri daftari deb ataladi) yerlarni hisobga olish va ularni baholash bo`yicha asosiy hujjat bo`lib, u yer uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun zarur ma’lumotlarni, yer uchastkasining joylashgan o`rnini, qaysi maqsadda foydalanish mo`ljallanganligini, unga еgalik qilish, undan foydalanish, uni ijaraga olish huquqlarini va unga bo`lgan mulk huquqini hamda ushbu ma’lumotlarning o`zgarishi to`g`risidagi ma’lumotlarni o`z ichiga oladi, yer uchastkasining miqdor va sifat holati to`g`risidagi axborot manbai hisoblanadi.
Er kadastri daftari shakllarini to`ldirish tartibi "Ergeodezkadastr" davlat qo`mitasi tomonidan belgilanadi.
3. Yer kadastri daftari ma’lumotlari yerlardan foydalanish, ularni tiklash va muhofaza qilish, yerlarni berish (sotish) va olib qo`yish, yer uchun haq to`lash miqdorini aniqlashda, yer tuzishda, ho`jalik faoliyatini baholashda hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilishi shart.
4. Yer kadastri daftari "Ergeodezkadastr" davlat qo`mitasining tuman (shahar) bo`linmalari tomonidan davlat byudjeti hisobiga yuritiladi.
5. Yer kadastri daftarida asosiy hisob tariqasida oldingi yil ma’lumotlari qabul qilinadi.
Er uchastkalarining еgalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari (keyingi o`rinlarda yerdan foydalanuvchilar deb ataladi) yer kadastri ma’lumotlari o`zgargandan keyin o`n kun muddatda "Ergeodezkadastr" davlat qo`mitasining tegishli tuman (shahar) bo`linmalariga yer uchastkalarining huquqiy holati, yerlarning miqdor va sifat bo`yicha holati, yerlardan foydalanilishi, ularning baholanishidagi o`zgarishlar to`g`risida axborot berishga majburdirlar.
Zaxira va aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari to`g`risidagi ma’lumotlarning o`zgarishi "Ergeodezkadastr" davlat qo`mitasining tuman (shahar) bo`linmalari tomonidan mavjud hujjatlar va materiallar asosida aniqlanadi.
6. "Ergeodezkadastr" davlat qo`mitasining tuman (shahar) bo`linmalari yerdan foydalanuvchilardan yer uchastkalarining huquqiy holati, tarkibi va foydalanilishi o`zgarganligi to`g`risidagi ma’lumotlarni oladilar va ularni uch kun muddatda joyida tekshirgandan keyin joriy o`zgarishlarni yer kadastri daftariga kiritadilar.
7. Yer kadastri daftari maxsus dasturiy mahsulot bo`yicha ishlab chiqilgan еlektron shaklda yuritiladi. Yer kadastri daftarining ma’lumotlari qog`oz shaklida foydalanish va saqlash uchun nusxasi bosib chiqariladi, tegishli imzolar bilan rasmiylashtiriladi va maxsus yig`majildga tikib qo`yiladi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab yer kadastri daftari faqat Milliy geoaxborot tizimida еlektron shaklda yuritiladi.
8. Yer kadastri daftari ma’lumotlari umuman tuman (viloyatga bo`ysunuvchi shahar) bo`yicha o`tgan yil bo`yicha yerlarning hajmi va ulardan foydalanish to`g`risida har yilgi hisobotni tuzishga asos bo`ladi.
9. Yer kadastri daftari quyidagi bo`limlardan tashkil topadi:
yerdan foydalanuvchilar to`g`risidagi umumiy ma’lumotlar;
yerlarning miqdorini hisobga olish;
yerlarning sifatini hisobga olish (tuproqlarning bonitirovkasi to`g`risidagi ma’lumotlar);
yerlarning qiymatini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |