Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida: - Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida:
- 1. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari rahbarlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining yer resurslaridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish yuzasidan davlat nazoratini hamda tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi ishlari qoniqarsiz, deb hisoblansin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: - 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
- yer resurslaridan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasi faoliyati bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash;
- yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli davlat nazoratini, davlat geodeziya nazoratini qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishi yuzasidan uni buzganlik uchun aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish orqali amalga oshirish;
yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarni saqlash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; - yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarni saqlash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- davlat yer kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini, shuningdek, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish;
- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
- uchuvchisiz apparatlardan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi yerlarini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish, geodeziya ma’lumotlari va kartografiya materiallaridan foydalangan holda sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi ishlashini ta’minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |