YURISH QISMI
–traktor va avtomobillarning vaznini tuproqqa uzatadi va u
bilan tishlashib, ularning ilgarlanma harakatga aylantirib beradi.
BOSHQARISH MEXANIZMI-
rul boshqarmasi va tormoz sitemasidan tashkil
topgan. Ular yordamida traktor va avtomobillarning harakat yo‘nalishlari
o‘zgartiriladi. Tormoz sistemasi orqali harakat tezliklari o‘zgartiriladi yoki batamom
to‘xtatiladi.
ISHCHI VA YORDAMCHI JIXOZLAR-
qishloq xo‘jalik mashinalari
traktorga osiladi yoki tirkaladi. Ish jarayonida traktor bilan birgalikda tashkil qilingan
agregatning ish organlarini harakatga keltirishda ham jihozlardan foydalaniladi.
1.5. Traktorlarga quyiladigan asosiy talablar
TRAKTORLARGA QUYILADIGAN ASOSIY TALABLAR
Spetsifik sharoitlarda ishlay olishi-
botqoqlik (maxsus botqoq-liklarda yura
oladigan zanjirli traktorlar), 20-25
o
tik qiyalik (tik qiyalikda ishlaydigan zanjirli va
g‘ildirakli traktorlar), issiqxona (kichik gabaritli traktorlar, minitraktorlar, elektr
agergatlar va boshqalar) sharoitlarda ishlay oladigan traktorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |