14.3 Tirkama va yarim tirkamalar haqida umumiy tushincha
Tirkama
. To‘la yuk va o‘zining og‘irligi xarakat yuzasiga g‘ildiraklari orqali
uzatilib turiladigan qurilmaga tirkama deyiladi. Ular bitta, ikkita yoki ko‘p o‘qli
bo‘lishi mumkin.
Tirkama rama, platforma, o‘q g‘ildiraklari bilan va ulash qurilmasidan iborat.
G‘ildirak o‘qlari rama bilan osmalar orqali biriktirilgan. Tirkama bir o‘qdan yuqori
bo‘lsa, burilish moslamasi bilan jixozlanadi.
Yarim tirkama
. Uning oldingi qismi shatakchi avtomobilning yoki traktorning
sedeli, ya’ni tayanch moslamasiga tayanadi. SHuning uchun og‘irligining bir qismi
shatakchi avtomobil yoki traktorga tushadi.
Yarim tirkama xam orqa qismida bitta yoki bir necha o‘qlarga ega bo‘lishi
mumkin. Shatakchi avtomobil yoki traktordan uzilganda, old qismi maxsus
tayanchga qo‘yiladi. Ular, albatta, tormozlar bilan jixozlanadi.
135
Do'stlaringiz bilan baham: |