Yer tuzish va yerdan foydalanish


Kadastr yig‘ma jildini rasmiylashtirish



Download 1,71 Mb.
bet48/54
Sana16.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#372901
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
LOTIN Мажмуа БИДК сиртқи 2021(2)

Kadastr yig‘ma jildini rasmiylashtirish

Kadastr yig‘majildi A4 (210 x 297 mm) formatdagi yozuv qog‘ozlarida tayyorlanadi. Bunda asosiy formatlarning qisqa tomonlarini karrali miqdorda uzaytirish bilan tashkil qilinadigan qo‘shimcha formatlar qo‘llanilishi mumkin.

Ko‘chmas mulk ob’ekti faqat yer uchastkasi yoki faqat bino, inshootdan (kvartiradan, bino, inshootning bir qismidan) iborat bo‘lgan hollarda kadastr yig‘majildi tegishli ob’ekt bo‘yicha tayyorlanadi.

Kadastr yig‘majildining muqovasi mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shaklda tayyorlanadi. Unda ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquq egasining nomi va ko‘chmas mulk ob’ektidan foydalanish maqsadi keltiriladi.

Kadastr yig‘majildining titul varag‘i mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq shaklda tayyorlanadi.

Kadastr yig‘majildining titul varag‘idan keyin mundarija joylashtiriladi. Unda har bir hujjatning nomi va varaq raqami yoziladi.

Mundarijadan keyin ijrochi tomonidan tayyorlangan qisqacha tushuntirish xati joylashtiriladi va unda ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tish holatlari, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga bino va inshootga bo‘lgan huquq o‘tishi munosabati bilan o‘tsa, birinchi yerdan foydalanuvchiga yer uchastkasini berish to‘g‘risida davlat hokimiyati organining qarori, bino va inshootlarning tavsifini aniqlashda loyiha-smeta hujjatlari, boshqa davlat kadastrlari ma’lumotlaridan foydalanilgan taqdirda, ushbu materiallar va ko‘chmas mulkning boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin kadastr yig‘majildida mazkur Qoidalarning 11-ilovasiga muvofiq ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.

Tayyorlangan kadastr yig‘majildi tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi bosh muhandisi va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi mutaxassis tomonidan ikki kun ichida tekshirib chiqiladi.

Kadastr yig‘majildi qonun hujjatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lmagan hollarda, aniqlangan kamchiliklar yozma ravishda bir kun muddatda tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish uchun ijrochi mutaxassisga taqdim etiladi. Ijrochi mutaxassis kamchiliklarni ko‘rib chiqadi va uch kun muddat ichida kadastr yig‘majildiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi.

Tayyorlangan kadastr yig‘majildining titul varag‘i uni tayyorlagan tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi rahbari, bosh muhandisi va ijrochi tomonidan imzolanadi.

Kadastr yig‘majildi ikki nusxada tayyorlanadi. Uning bir nusxasi yuridik va jismoniy shaxs yoki ularning vakiliga topshiriladi. Ikkinchi nusxasi tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi arxivida doimiy saqlanadi.

Kadastr yig‘majildining arxiv nusxasini yoki undagi hujjatlarni tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi arxividan olib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish