Tayanch so‘z va iboralar: Texnologiya, zamonaviy axborot texnologiyalari, ma’lumotlarni to‘plash,registr, kadastr xaritalari, huquqiy yozuvlar, xalkaro axborotli xizmatlar, munitsipial ma’muriy organlar, ONLAYN va geoaxborot tizimi.
Texnologiya - so‘zi yunoncha (techne) san’at, mahorat, o‘quv ma’nolarini anglatadi, bu esa jarayonlar demakdir.
Axborot - texnologiyasi obekt, jarayon yoki xodisa (axborot maxsuloti) ning xolati xakidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlarni to‘plash, kayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir.
Zamonaviy axborot texnologiyalari shaxsiy kompyuterlar telekommuni¬katsiya va vositalaridan foydalangan xolda foydalanuvchi ishining dustona interfeysli axborot texnologiyasidir.
Yukoridagilardan kurinib turibdiki, iktisodiyotning turli tarmok- lari katori Davlat shaxarsozlik kadastrini tezkor yuritish, yer kadastri uchun kup rangli, yukori sifatli plan-kartografik materiallar tayyorlash, yer resurslarining taksimlanishi va doimiy kayta taksimlanishi, yerdan foydalanish buyicha xisobotlar tuzish va boshka kator yer kadastri masalala- rini zamonaviy talablar asosida yuritishda zamonaviy axborot texnologiya- laridan keng foydalanilmokda.
Davlat shaxarsozlik kadastrini yuritishning asosiy buginlaridan biri - bu yer maydonlari, unda joylashgan bino va inshootlar, ularning sifati, joy- lashuvi xolati, kiymati va boshka kursatkichlari buyicha tuplangan ma’lu- motlarni kayta ishlashdir. Ma’lumotlarni kayta ruyxatga olish, tuplash, kayta ishlash va yangilab borishning axborot texnologiyalari yaxshi tizim- lashgan ma’lumotlar bazasini yaratishga muljallangan. Bu texnologiya boshkaruv, mexnatning ayrim mayda, doimo takrorlanuvchi operatsiyalarini avtomatlashtirish maksadlarida kullaniladi. Shu bois axborot texnologiya- lari tizimlarini Davlat shaxarsozlik kadastrida kullash xodimlar mexnati samaradorligini ancha oshiradi. Ma’lumotlarni kayta ishlashning axborot texnologiyasi asosan ularni kayta ishlash uchun standart amallar va algoritmlarini ma’lum kirish ma’lumotlariga ega bulgan masalalarni xal kilishga muljallangandir.
Ma’lumki xar bir tumanda Davlat shaxarsozlik kadastriga oid kuyidagi masalalar xal kilinadi:
- ko‘p mikdordagi xisob - kitob ma’lumotlari to‘planadi va kayta ishlanadi;
- yer resurslarining xolati va taksimlanishi to‘g‘risida, ularda joylashgan bino va inshootlar, ulardan foydalanishning davriy nazorati tugrisida davriy va yillik xisobotlarni yaratish;
- manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan joriy ravishda kelib tushadigan turli - tuman so‘rovnomalarga javoblar olish xamda kogoz kurinishida ularni rasmiylashtirish yoki xisobotlar tuzish.
Ushbu axborot texnologiyasini boshkalaridan farklovchi, ma’lumotlarni
kayta ishlash bilan boglik kator xususiyatlari mavjud.
Jumladan:
- tuman yer tuzish va kuchmas mulk kadastri xizmati uchun ma’lumotlar¬ni kayta ishlash buyicha vazifani bajarish. Xar bir tuman xizmati yer¬lardan foydalanish, ularni tashkil etish, kuchmas mulklar va yer uchast- kalarining xisobini doimiy yuritib borish, kiymatini aniklash buyicha katta mikdorlardagi ma’lumotlarga ega buladi. Shuning uchun xam ushbu ma’lumotlarni kayta ishlash va shunga mos axborot texnolo- giyasini ishlab chikish uchun tumanda albatta axborot tizimi bulishi zarur;
- algoritmni ishlab chikish uchun fakatgina yaxshi tarkiblashtirilgan masalalarni yechish;
- mumkin kadar kamrok xodimlar ishtirokida avtomatik rejimda ish- ning asosiy xajmini bajarish;
Ma’lumotlarni to‘plash. Tuman yer tuzish va kuchmas mulk kadastri xizmatida bajariladigan barcha ishlar buyicha ma’lumotlar to‘planadi. Bu ma’lumotlar
yer uchastkalarining mikdori, sifati, yer maydonlariga bulgan xukuk turlari, ularni yerdan foydalanuvchilar buyicha taksimlanishi va boshkalar.
Ma’lumotlarni kayta ishlash. Tuman xizmati uchun axborotlar majmuini tashkil etish maqsadida ma’lumotlarni kayta ishlash uchun kuyidagi namu- naviy operatsiyalar bajariladi:
• ma’lumotlarni guruxlash;
• yozuvlarni tartibga keltirish uchun ma’lumotlarni turlarga ajratish;
• xisob - kitoblarni bajarish. Buning natijasida yangi ma’lumotlar olinadi;
• ma’lumotlarni yiriklashtirish yoki agregatlashtirish. Ma’lumotlarni saklash. Keyingi davrlarda foydalanish maksadida aksariyat ma’lumotlarni saklash. Ularni ma’lum tizimda saklash uchun ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Xisobotlarni yaratish. Ma’lumotlarni kayta ishlash buyicha axborotlar tex- nologiyasidan foydalangan xolda talabgorlar va boshka manfaatdor idora- lar uchun zarur xujjatlar yaratiladi. Bu xujjatlar ko‘pincha yillik yoki davriy xisobotlar ko‘rinishida o‘ulishi mumkin.
Geoaxborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi - GIS ishlatiladi) XX asrning 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to‘g‘ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20 yil ichida kompyuter texnologiyasining ancha rivojlanishi bo‘ldi. Kartalar yaratishning "Qog‘ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda geografik axborot tizimidan foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Oddiy qilib aytganda, GISga tabiat va jamiyat ob’ektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, yer, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni yig‘ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, taxlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleks, deb ta’rif bersa bo‘ladi.
Barcha GISlarda ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, taxlil qilish va ma’lumotlarni kompyuterda yoki yetarli darajada tasvir xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturda texnik vositalar orqali ushbu jarayonlarni bajarish usullari e’tiborga olingan. Demak, GIS — turli usullar bilan to‘plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi.
Hozirgi paytda foydalanish sohalarining kengligi jixatidan GISning tengi yo‘q — u navigatsiya, transport, qurilish, geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Geografik axborot tizimlari yer tuzishda, turli tizim kadastrlarida, kartografiyada va geodeziyada keng qo‘llanilmoqda, chunki katta hajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tasvirlashni GIS tizimisiz mumkin emas.
Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko‘plab GISlar ishlatiladi, lekin ular orasida shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan, ularga GeoDraw, GeoGraph (Rossiya Geografiya instituti), AtlasGis, WinGis, ArcInfo, MapInfo (AQSh) va boshqa dasturlarni misol keltirish mumkin.
Umuman olganda kartalar yaratishning GIS-texnologiyasini quyidagicha tasavvur qilsa bo‘ladi:
Tayyorgarlik ishlari. Elektron taxeometrlar va GRS asboblaridan, tasvirlarni qayta ishlash vositalaridan, izlanishlar raqamli ma’lumotlaridan, avtorlik originallardan, mavjud fond kartalari va boshqalardan dastlabki ma’lumotlarni to‘plash. Kartografik va fond materiallarini, rastrli tasvirlarni bir xil masshtabga keltirish, so‘ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash.
Yaratilayotgan kartaning mavzuli qatlamlarini, ularga tegishli jadvallarni ishlab chiqish va ularni taxlil qilish. Ma’lumotlar bazasini yaratish. Ob’ektlar tasnifi mavjud jadvallar (atributlar) va matn ma’lumotlarni EHM xotirasiga kiritish. Shartli belgilar tizimini ishlab chiqish.
Kartaning mavzuli qatlamlarini muvofiqlash, kartografik tasvirni hosil qilish va ularni taxrir qilish. Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayyorlash. Kartani nashr qilish.
Oxirgi bir necha o‘n yillardan buyon insoniyat axborot suronini boshidan kechirmoqda. U yildan-yilga kuchayib, inson faoliyatining ko‘plab sohalariga kirib bormoqda. Bugungi kunda kartograflar ko‘plab manbalardan olinadigan axborotlardan foydalanish mobaynida topografik, turli mavzuli geografik kartalar va atlaslarni tuzish, aero- va kosmik tasvirlarni deshifrovka qilish, dalada o‘lchash natijalarini qayta ishlash va kompyuter tizimlarida ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha boy tajribaga egalar.
Ma’lumotlarning ko‘plab turlarini vaqt o‘tishi bilan tez-tez o‘zgarib turishi, oddiy usulda tuziladigan qog‘ozli kartadan foydalanishni ancha qiyinlashtirib yubormoqda. Bugungi kunda tezkor axborotlarni qabul qilish, ularning dolzarbligini ko‘rsatish faqatgina avtomatlashtirilgan tizim kafolatlashi mumkin. Shu o‘rinda zamonaviy GIS – bu ko‘p miqdordagi grafikli va mavzuli ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lgan, baza asosida ish bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan modelli va hisobli funksiyalar bilan birlashgan, fazoviy ma’lumotlarni kartografik shaklga aylantirish, turli xulosalar chiqarish va monitoring ishlarini amalga oshiradigan avtomatlashgan tizim, deb qaraladi.
Bugungi kunda kompyuter savodxonligi omma orasida ancha oshgan. GISda tuzilgan karta oddiy qog‘ozli kartadan yaxshi bezalgani, kompyuterli shakldaligi, qo‘lda bajarib bo‘lmas darajadagi aniqligi va boshqa bir qator afzalliklari bilan farq qiladi. Kartaga istagancha o‘zgartirish kiritish, yangi mazmun va bo‘yoq berish, diagramma va boshqa ma’lumotlarni kiritish, o‘chirish va h.k. ishlarni bajarsa bo‘ladi. Buning uchun muallifning shaxsan o‘zi karta tuzishning kompyuterli texnologiyalari bilan mukammalroq tanishishi va ular asosida karta tuzib ko‘rishi kerak.
Karta yaratishning bu texnologiyasi bugungi kunda, birinchidan - sezilarli darajada universallashgan, ikkinchida - juda tez rivojlanayotgan, inson faoliyatining hamma sohalarini qamrab olayotgan jarayondir. Geografik axborot tizimlari sohasida asosiy bilimlarni beruvchi rus va chet mamlakatlar halqlari tillaridagi kitoblarda va GISning turli sohalariga oid bo‘lgan monografiyalar va konferensiya materiallari orqali tadqiqotchilar GIS tizimiga ham nazorat va ham amaliy yangiliklar kundan-kunga ko‘plab kiritmoqdalar.
Hozirgi paytga kelib GISning 20 dan ortiq ta’rifi mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘zicha e’tiborga loyiq. Internet va davriy ravishda chop etilayotgan ilmiy jurnal va adabiyotlarda GISning qo‘yidagicha ta’riflari keltirilgan:
1. Alber R. GIS - bu geografik ma’lumotlarini saqlash, ularga ishlov berish va natijalarni tasvirlay oladigan apparat-dasturli vosita va inson faoliyatidan iborat bo‘lgan majmuadir.
2. Berry J. GIS - bu ichki pozitsionirlangan avtomatik fazoviy axborot tizimi bo‘lib, malumotlarni kartografik tasvirlash, taxrir qilish va boshqarish uchun yaratiladi.
3. Clarce K.C. GIS - bu fazoviy taqsimlangan hodisalar, jarayonlar va voqealarni kuzatishda nuqtalar, chiziqlar va maydonlar ko‘rinishida bo‘lgan manbalarning malumotlar bazasidan iborat bo‘lgan axborot tizimining maxsus holatidir.
4. Degani A. GIS - bu foydalanuvchilarning maxsus talablarini aniq konsepsiya va texnologiyalar tarkibi doirasida qoniqtirish maqsadida EHMlarda malumotlarni fazoviy qayta hisoblash, grafikli va kartografik o‘zgartirish uchun qo‘llaniladigan ko‘pgina modellar birlashmasini o‘zida mujassamlagan dinamik uyushgan ma’lumotlar tizimidir.
5. Konecny M. GIS - bu geografik tadqiqotlar va ularning natijalaridan amaliyotda foydalanish uchun qulay bo‘lgan malumotlarni to‘plashni, EHM xotirasiga kiritishni, ishlov berishni va uzatishni amalga oshiruvchi shaxslar, texnika va tashkillashtirish vositalaridan iborat bo‘lgan tizimdir.
6. Koshkarev A V. GIS – bu fazoviy ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish, tasvirlash, tarqatish, atrof muhit ob’ektlarini ro‘yxatga olish, natijani tahlil qilish, modellashtirish, bashoratlash va boshqarish bilan bog‘liq ilmiy va amaliy geografik masalalarni yechishda samarali foydalanish uchun joy haqidagi malumotlar va bilimlarni birlashtirishni ta’minlaydigan apparat-dasturli inson-mashina majmuasidir.
7. Langeforce B. GIS - bu tarkibida xudud haqidagi komponentlar ma’lumotlariga ega bo‘lgan, yig‘ish, uzatish, saqlash, ishlov berish va axborot berishdan iborat tizimdir.
8. Lillecand P. GIS – bu ma’lumotlar bazasini kengaytirishga, ma’lumotga ishlov berishga, ularni karta va jadval ko‘rinishida tasvirlashga, xo‘jalik faoliyatining u yoki bu masalasi yechimi to‘g‘risida qaror qabul qilishga moslashgan ma’lumotlar bazasi, apparatura, ixtisoslashgan matematik ta’minot va dasturlar to‘plamidan iborat bo‘lgan tizimdir.
9. Mas.Donald C.L., Grain I.K. GIS – bu geografik aniq ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, murakkablashtirish, qidirish va tasvirlash uchun loyihalashtirilgan tizim. Kartografik asosga nisbatan geografik aniqlangan, mavzuli qatlamlar ko‘rinishida saqlanayotgan ma’lumotlar ustida ishlashga va ularni boshqarishga moslashgan tizimdir.
10. Simonov.A V. GIS - bu geografik koordinatali ma’lumotlarni raqamli tasvirlash, to‘ldirish, boshqarish, ko‘paytirish, tahlil qilish, matematik-kartografik modellashtirish va obrazli tasvirlash uchun yaratilgan apparat-dasturli vositalar va algoritmik muolajalar tizimdir.
11. Star J.I., Cosentino M.J., Foresman T.W. GIS - bu malumotlarni yig‘ish, saqlash, izlash va ular ustida ishlash uchun yaratilgan aniq fazoviy tizimdir. GIS – bu aniq fazoviy malumotlarni boshqarish va taxrir qilish vositasidir.
12. Tikunov V.S. GIS - bu malumotlarni yig‘ish, tizimlash, saqlash, ishlov berish, baholash, tasvirlash va tarqatishni amalga oshiradigan va ular asosida yangi axborot va bilimlarni olish vositasi sifatida qaraladigan interaktiv tizimdir.
13. Trofimov A.M., Panasyuk M.V. GIS - bu avtomatik vositalar yordamida amalga oshirilgan tabiat va jamiyat orasidagi tasvirning territorial sohalari, ularni izlash, ma’lumotlarini kiritish, modellashtirish va boshqa dasturiy ta’minot haqidagi bilimlar tizimlari omboridir.
14. Vitek J.D., Walsh St. J., Gregory M.S. GIS - bu qaror qabul qilishni quvvatlash uchun geografik jihatdan aniq malumotlarni kiritish, umumlashtirish va taxlilni taminlashga qaratilgan axborot tizimidir.
15. Asosiy iboralarning ma’noli lug‘ati: Geoinformatika. GIS - bu fazoviy malumotlarni yig‘ish, saqlash, ishlov berish, kiritish, tasvirlash va tarqatishni ta’minlovchi axborot tizimidir.
16. Raklov V.P. GIS - bu fazoviy ob’ektlar haqidagi malumotlarni yig‘ish, to‘plash, saqlash, ishlov berish, tasvirlash, taxlil qilish va tarqatish uchun mo‘ljallangan texnika va dasturiy vositalar, texnologik, tashkiliy-metodik va axborotli ta’minot tizimidir.
Bu ta’riflarning ko‘pchiligida GIS haqida o‘xshash so‘z va gaplar mavjud bo‘lsada, umuman ishlatilmagan iboralar ham bor. Bu esa GISni kundan-kunga murakkablashayotganini bildiradi, uni chuqurroq o‘zlashtirmasdan tushunish va tassavur qilish qiyinligini anglatadi.Kartografiya kursidan malumki, karta - Yer yuzasining, osmon jismlarining yoki kosmik fazoning kichiklashtirilgan, umumlashtirilgan, matematik jihatdan aniqlangan tasviri bo‘lib, ma’lum tizimli shartli belgilar asosida ularda joylashgan yoki proeksiyalangan ob’ektlarini ko‘rsatadi. Ob’ekt sifatida kartada tasvirlangan ixtiyoriy voqea va hodisalar tushuniladi.
Bizning predmetga yaqin bo‘lgan GISning quyidagi ta’rifini keltirishimiz mumkin: GIS – bu tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi topogeodezik, Yer resurslari va boshqa sohalardagi kartografik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash, yangilash, tahlil qilish va tasvirlashni ta’minlaydigan apparat-dasturli avtomatlashgan kompleksdir.
Insoniyat hayotida kompyuterlarning o‘rni o‘sib borib, birinchi darajaga raqamli axborot texnologiyalari ko‘tarilmoqda. Axborot deganda GISda harf, raqam yoki tasvir shaklidagi ma’lumotlar tushuniladi. Barcha uslublar, texnikalar, amallar, vositalar, tizimlar, nazariyalar, yo‘nalishlar va h.k. axborotni yig‘ish, qayta ishlash va foydalanishga qaratilgan bo‘lib, ular birgalikda axborot texnologiyalari deyiladi, GIS esa shularning biri bo‘lib hisoblanadi.
GISni bilishning eng oddiy usuli – u bilan ishlash, uning imkoniyatlarini ish jarayonida bilib olishdir. Aslida GIS – bu bitta texnik vosita bo‘lib, uning yordamida faqatgina chiroyli qilib kartani jihozlash emas, balki yechimi mavjud bo‘lmagan ba’zi masalalarni yechish ham mumkin. Shu sababli GISning imkoniyatlari juda katta. Demak GIS – turli usul va uslublar yordamida real borliq to‘g‘risida to‘plangan katta hajmli axborotlarni o‘zining ma’lumotlar bazasida jamlab, ishlay oladigan keng rivojlangan kompyuterlashgan aniq tizimdir.
Fazoviy ob’ektlar sifatida biror bir fazoviy nuqtaga bog‘langan joy ob’ektlari va hodisalar tushuniladi, ya’ni bu ob’ektlarning boshqa ob’ektlarga nisbatan joylashgan o‘rni, shakli, o‘lchamlari ahamiyat kasb etadi. Fazoviy ma’lumotlar esa ob’ektlarning fazoda va boshqa ob’ektlarga nisbatan joylashishi va geometriyasini ifodalovchi ma’lumotlar hisoblanadi.
Bugungi kunda GISga foydalanilishi jihatidan teng keladigan tizim yo‘q, chunki uni bilimlarning barcha sohasida qo‘llash mumkin. Shunga qarab boshqa fanlarda GISni tushunish bo‘yicha ba’zi ta’riflarni ham keltiramiz.
Tabiiy geografiyada GIS tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni, ularning kelib chiqishini, o‘zaro bog‘liqligini va yer yuzasida tarqalganligining mohiyatini tushuntiradi hamda bu metodlarni amalga oshirish imkonini yaratadi; har qanday tadqiqot va qarashlarga fazoviy yondashish kerakligini tavsiya etadi. GIS orqali geografiya fani oldida turgan muhim vazifalarini yechish uchun juda zarur bo‘lgan kuchli qurolga ega bo‘lib bormoqda. Bu fanda GISni malumotlarni yig‘ish, tizimlash (tartibga solish), saqlash, ishlov berish, baholash, tasvirlash va tarqatishni amalga oshiradigan va ular asosida yangi axborot va bilimlarni olish vositasi sifatida qaraladigan interaktiv tizim, deb ta’riflasa bo‘ladi.
Ijtimoiy va iqtisodiy geografiyada GISdan foydalanib, ro‘yxatli-statistik ma’lumotlarni to‘plash, ularni qayta ishlash, tasvirlash ishlarini bajarish mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy kartalarda generalizatsiya ishlari matematik metodlar va avtomatizatsiyani qo‘llash natijasida bajarilib, iqtisodiy geografiyani haqiqiy geografik yo‘nalish olishini va formal-statistik usuldan ajratilishini ta’minlaydi. Bu fanda GIS - apparat-dasturli vosita va inson faoliyatidan iborat bo‘lgan geografik malumotlarini saqlash, ularga ishlov berish va natijalarni tasvirlay oladigan majmua sifatida qaraladi.
Chet mamlakatlar geografiyasida turli xususiyatli va turli mamlakatlar tillaridagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni bir-biri bilan bog‘lash, mavjud manbalar bilan taqqoslash ishlari jarayoni bajariladi. Bu esa tizimli avtomatlashtirilgan “bilimlar bankini” yaratishni talab qiladi. Bu fan sohasida GIS apparat-dasturli inson-mashina majmuasi deb qaralib, ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish, zarur bo‘lganda tasvirlash va tarqatish, modellashtirish va bashoratlash bilan bog‘liq ilmiy va amaliy geografik masalalarni yechishda samarali foydalanishni ta’minlaydigan tizim sifatida tushuniladi.
Aholi geografiyasida mantiqiy-matematik taxlillar qo‘llanilib, avtomatik ravishda ma’lumotlar bazasi hosil qilinadi. Ular asosida turli ijtimoiy-iqtisodiy voqea va hodisalarning monitoringini tashkil etish ishlari bajarilishi mumkin. GIS bu muayyan fan sohasida zarur bo‘lgan chora tadbirlarni dalil bo‘la oladigan ma’lumotlar banki bilan ta’minlaydigan, geografik jihatdan fazoviy-xududiy bog‘langan malumotlarni kiritish, ularni taxlil qilish va umumlashtirish hamda foydalanuvchini zarur axborotlar bilan ta’minlash tizimi, deb tushuniladi.
Geografiyaning boshqa sohalarida, eng avvalo, yo‘nalishida argumentlarni (nima maqsadda, qanday mahsulot, ijtimoiy ishlab chiqarishning sohalari bo‘yicha va h.k.) hamda sohalaraor genetik bog‘liqlik kabi jihatlarini o‘z ichiga oladi. Bunday masalalarni yechishda analitik, faktologik, sintetik kartalarni yaratish, ierarxik ma’lumotlar bazasini tuzish zarur. GIS bu sohalarda geografik jihatdan aniq ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, murakkablashtirish, qidirish va tasvirlash uchun loyihalashtirilayotgan tizim, deb ta’riflanadi.
Xulosa qilib aytganda, yangi zamonaviy GIS-texnologiya fanini geografiya va Yerni o‘rganish sohasidagi barcha fanlar bo‘yicha tayyorlanayotgan mutahassislarga albatta o‘rgatish zarur, degan tavsiyani beramiz.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining kadastr tizimlari umumiy jihatdan bir xil: yer uchastkalarining registri, kadastr xaritalari hamda huquqiy yozuvlarni yuritish. Yer egaliklarini hisob qilish texnikasi turlicha bo‘lsada ko‘chmas mulk uchastkalarining reestri har bir mamlakatda mavjud. Bunday reestr xususan yer registri (yer kitobi) bo‘yicha yoki uning tarkibiy qismi bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Kadastr (kadastr tasvirlarining jamlanmasi sifatida) yoki yer registri, qoidaga binoan, yagona tashkiliy xizmatni tashkil etadi. Juda kamdan kam hollarda bu xizmat turlicha bo‘lishi mumkin, ammo ko‘p maqsadli kadastr tizimini yaratish, yuritish hamda o‘zaro bir–birlarini nazorat qilish uchun ma’lumotlarni alishtirishda ular o‘zaro qo‘shiladilar. Farbiy yevropa kadastr tizimining umumiy o‘xshashlik tomoni shundan iborotki, ular o‘zlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni tanaffuzsiz tarzda, yangilanib turilishini ta’minlaydilar. Yer-ma’lumot tizimi uchun bu uning, samaradorligining yagona kafolatidir. Bundan tashqari, umumiy jihatlariga yana registrlardagi ma’lumotlarni kiritish texnikasi va texnologiyasini o‘xshashligini qayd qilish mumkin. qoidaga binoan, uchastkalar yerdan foydalanish shiplari, maydonlari, binolarni joylashtirish tiplari, joylashgan o‘rni, egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa registrlarga murojaat qilinishi hamda hudud va uning egasi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lgan axborotli tizimlar bilan tavsiflanadi.
Shu tipdan ma’lumotlar boshqa axborotli tizimlar bilan birga mulkdorlar hamda ular egaligidagi yer uchastkalari to‘g‘risida ko‘p qirrali ma’lumotlarni olishga imkon beradi. Umumevropa tushunchasi bo‘yicha ularga kadastrning mosligi sharoitida ingliz kadastr tizimi bundan mustasno. Angliyada kadastr asosan yer uchastkalarining chegaralari va ko‘chmas mulk tarkibi to‘g‘risidagi kartografiya ma’lumotlardan tashkil topgan. Boshqa yevropa kadastrlarining umumiylik jihatlarini shu bilan tushuntirish mumkinki, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki fransuz namunasi asosida yaratilgan.
Fransuz kadastr tizimining bosh maqsadida - yer maydonlarini soliqqa tortishni ta’minlashdan iborat bo‘lgan va hozirgi kunga qadar ham u soliq – fiskal tizimga xizmat qiladi. Uning ma’lumotlari turli xildagi yer va ko‘chmas mulk bilan bog‘lik mulklardan undiriladigan soliqlarni hisoblab chiqishga asos bo‘lib kelmoqda. Zoton Frantsiyada yerlarning registri, uni Germaniya variantiga moslashtirilgan taqdirda ham, barcha huquqiy qo‘shimchalari bilan ham mamlakat butun hududini tizimli tarzda ma’lumotlar bilan to‘la ta’minlay olmaydi. Parij, Leon, Marsel, Lil kabi yirik Shaharlar lokal tarzda o‘z hududlarining alohida kadastr tizimlarini yaratganlar. Germaniyada soliq kadastridan rivojlangan tarzda ajralib chiqqan holdagi kadastr tizim mavjud. Bu tizim o‘z paytida umumiy yuridik tizimning bir qismi sifatida rasmiylashtirilgan va yer egalari va egaliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, yerdan foydalanish harakatlari to‘g‘risidagi ancha keng miqyosdagi ma’lumotlarni hamda topografik tasvirga olish ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Birinchi marta 1935-yilda va keyinchalik, ya’ni mamlakatni urushdan keyin 1945-yilda mavjud yer tuzish axborotli xizmatini qaytadan ko‘rib chiqishga olib keldi. Buning natijasida Germaniyada kadastr xaritalarini tayyorlash yerdan foydalanish va yer tuzishga bog‘lik bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash bilan birlashtirildi. 1970-yillardan boshlab okruglar va yirik shaharlarlarda yer kitoblarini, ko‘chmas mulk kadastri, soliq kadastri ma’lumotlarini va xaritashunoslik materiallarini o‘z ichiga olgan ko‘chmas mulk to‘g‘risida avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratila boshlandi. Xalkaro axborotli xizmattlar bilan o‘rnatilgan uzviy aloqalar natijasida Germaniyada yer va ko‘chmas mulk to‘g‘risida ko‘p maqsadli avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda.
Boshqa avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi bilan birgalikda bu bank yerdan foydalanish, hududiy rejalashtirish va ko‘chmas mulk iqtisodi bilan bog‘lik bo‘lgan keng ko‘lamdagi muammolarni hal qiluvchi umummilliy axborotli tizim shakllanadi.
Shvesariyada konfederatsiyalarni tashkil etuvchi kontonlar an’anaga ko‘ra yer siyosatida mustaqildir. Shu sababli ham yerga va ko‘chmas mulkka to‘lanadigan soliqlar to‘laligicha mahalliy kontonal budjetga kelib tushadi. Kontonlarning kadastr xizmati ko‘pincha mustaqil tarzda tashkil qilingan. Yer registri kitobining mazmuni va shakllari davlat tomonidan belgilanadi, ammo ushbu registrni yurituvchi idorani kontonning o‘zi aniqlaydi. Bir kontonlarda - bu sud bo‘limi, boshqasida ro‘yxat qilishning huquqiy asosiga ega bo‘lgan maxsus xizmat bo‘lishi mumkin, negaki Shvesariyada kadastr sof yuridik tadbirdir. yer kitobini to‘g‘ri yuritish bo‘yicha to‘la mas’uliyat to‘g‘ridan – to‘g‘ri kontonal hokimiyatiga yuklatilgan.
Umumiy kadastr tizimini tashkil etish loyihasini hukumat yagona axborotli standartlarni ishlab chiqish va kontenal kadastrlarni aholi, hududlar, kommunal xo‘jalik, injenerli va energika tarmoqlari va boshqalar to‘g‘risidagi avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki bilan birlashishi asosida qaraydi. Loyiha 20 yilga mo‘ljalangan bo‘lib u katta miqdorlardagi kapital mablag‘larni talab qiladi. Shu sababli ham hukumat oldinlari davlat tomonidan va kontonlardan moliyalanadigan geodezik xizmatlarni xususiylashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Qayd qilish zarurki, Shveysariya Shaharlarida shunday bir xizmat tashkil etilganki, ular kadastr ma’lumotlari asosida shahar hududi va kommunal xo‘jaligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yuqori aniqlikdagi maxsus xaritalar chiqarmoqdalar.
Gollandiyada kadastr xizmati yerga to‘g‘ridan–to‘g‘ri aloqador bo‘lmagan, ammo qonun bo‘yicha ko‘chmas mulkga kiruvchi, masalan, kemalar, samolyotlar va ularning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yorituvchi bir qator qo‘shimcha restrlarni yuritilishiga mas’uldir. Kadastr ma’lumotlarini bunday kengayishi fuqarolik statistikasining qator sohalariga uning xizmatini tarqalishiga ma’sul bo‘ladigan qonun bilan bog‘likdir («ochiq kadastr» kontseptsiyasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |