Yer tuzish asoslari fanida yer tuzish nazariyasi va amaliyotining asosiy qoidalari berilgan, ularni o'zlashtirib, talabalar aniq nazariy, uslubiy va amaliy masalalarga, maxsus fanlariga o'tishlari mumkin
KIRISH
Yer tuzish asoslari fanida yer tuzish nazariyasi va amaliyotining asosiy qoidalari berilgan, ularni o'zlashtirib, talabalar aniq nazariy, uslubiy va amaliy masalalarga, maxsus fanlariga o'tishlari mumkin. Bu o'quv qo'llanmaning bosh mavzusi - yerning yer tuzish ob'ekti sifatidagi tushunchasi, undan ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlar uchun foydalanish sharoiti, yer tuzishning ahamiyati va vazifalari, uning mazmunidir. Yer - xalqning hayoti va faoliyatining asosi, jamiyat boyligining manbai, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining asosidir. Vatanimiz tabiiy resurslarga boy; u qazilma boyliklar, chuchuk suv va boshqa resurslarning katta zaxiralariga ega, biroq, ularning eng ahamiyatlisi yer resurslari, ayniqsa, qishloq xo'jalik yerlari hisoblanadi. Bu boylikdan foydalanishda belgilangan qoidalar va tartib kerak. Butun mamlakatimizda, ayrim mintaqalarda va xo'jaliklarda yerdan oqilona va samarali foydalanish, uni muhofaza qilish yer tuzishning vazifasi hisoblanadi. O'zbekistondagi katta e'tibor va kuch talab etadigan xo'jalik muammolarining eng ustivorlaridan biri oziq-ovqat muammosi bo'lib qolmoqda. Agrosanoat ishlab chiqarishi hozirgi davrda mulkchilik turlarining, yerga egalik qilish va foydalanishning, yerda xo'jalik yuritish turlarining - qishloq xo'jaligida fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaliklari, klasterlar, ularning shirkatlari va birlashmalari, shaxsiy tomorqa xo'jaliklarining ko'p xilligi asosida rivojlanmoqda. Davlat qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining barcha shakllari rivojlanishini qo'llab-quvvatlaydi; ular uchun bir xil huquqiy va iqtisodiy sharoitlar, xo'jalik yuritishning samaradorligini oshirish uchun tashkiliy asos yaratiladi. Zamonaviy agrar siyosat qishloqlarda ishlab chiqarish munosabatlarini o'zgartirishga, fuqarolarning yerga va boshqa ishlab chiqarish vositalariga bo'lgan mulkiy huquqlarini tiklashga, dehqonni o'z mehnatining yakuniy natijalaridan hayotiy manfaatdor, yerning haqiqiy egasiga aylantirishga qaratilgan. Bu vazifalarni bajarish uchun mamlakatimizda yer islohoti o'tkazilmoqda, uni o'tkazish davrida yerlar qayta taqsimlanadi, yer tuzumi mohiyati o'zgaradi. Bu islohotning asosiy maqsadi - yerdan qishloq xo'jaligida asosiy, almashtirib bo'lmaydigan vosita sifatida foydalanishni yaxshilash va uning unumdorligini oshirishdir. Bularsiz qishloqlarning samarali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mumkin emas. Yer tuzish asoslari fanida yer tuzish nazariyasi va amaliyotining asosiy qoidalari berilgan, ularni o'zlashtirib, talabalar aniq nazariy, uslubiy va amaliy masalalarga, maxsus fanlariga o'tishlari mumkin. Bu o'quv qo'llanmaning bosh mavzusi - yerning yer tuzish ob'ekti sifatidagi tushunchasi, undan ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlar uchun foydalanish sharoiti, yer tuzishning ahamiyati va vazifalari, uning mazmunidir. Yer - xalqning hayoti va faoliyatining asosi, jamiyat boyligining manbai, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining asosidir. Vatanimiz tabiiy resurslarga boy; u qazilma boyliklar, chuchuk suv va boshqa resurslarning katta zaxiralariga ega, biroq, ularning eng ahamiyatlisi yer resurslari, ayniqsa, qishloq xo'jalik yerlari hisoblanadi. Bu boylikdan foydalanishda Yerdan nafaqat qishloq xo'jaligida foydalaniladi. U xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish uchun, ijtimoiy masalalarni yechish uchun hududiy asos sifatida zarur. Shu sababli, yer doimo tarmoqlararo foydalanishda bo'ladi. Ayrim korxonalarning unga bo'lgan talabi qondiriladi, boshqalariga ajratilgan yerlar maydoni qisqaradi, qishloq xo'jaligi uchun yangi unumdor yerlar o'zlashtiriladi, noqishloq xo'jalik maqsadlari uchun yer uchastkalari olinadi. «Yer» so'zi har xil ma'noda ishlatiladi; yer tuzish asoslari fanida va amaliyotida quyidagi ta'rif qabul qilingan: Yer - bu quruqlikning yuzasi, kengligi, rel`efi, tuproq qatlami, o'simliklari, qazilma boyliklari, suvlari bilan tavsiflanuvchi tabiiy resurs; qishloq xo'jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi va xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish uchun kenglik asos (bazis) hisoblangan ijtimoiy - iqtisodiy manfaatlar ob'ektidir. Yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza etish - xalq xo‘jaligining ahamiyatli vazifasidir. Yerdan o‘zining tabiiy xususiyatlari hamda undan bevosita foydalanuvchilarning va umuman 4 jamiyatning manfaatlarini maksimal hisobga olgan holda foydalanish kerak. Bu talablarni hisobga olgan holda, quyidagi ta’rifni berish mumkin: Yerdan oqilona foydalanish - bu butun xalq xo‘jaligini rivojlantirish manfaatlariga mos, ajratilish maqsadiga erishishda eng samarali, atrof muhit bilan o‘zaro optimal ta’sirni, yerdan foydalanish va uni ajratish jarayonida uning muhofazasini ta’minlaydigan foydalanishdir. Bizning mamlakatimizda yerdan foydalanish tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Yer kodeksiga va boshqa qonunlarga, Prezident farmonlariga asoslanadi. Uning asosiy belgilari quyidagilar: yer Respublikamiz hududida yashayotgan xalqlarning hayoti va faoliyati asosi hisoblanadi; har bir fuqaro yer olish huquqiga ega; yerga xususiy mulkchilik huquqi tan olinadi va himoyalanadi; yer uchastkalarini mahalliy boshqaruv organlari egalik qilishga va foydalanish uchun berishadi va qaytarib olishadi; yerga egalik qilish va yerdan foydalanish to‘lovlar asosida amalga oshiriladi, to‘lovlar yer solig‘i va ijara haqi shaklida olinadi; qishloq xo‘jaligi yerdan foydalanishda ustivorlikka ega; yerdan maqsadli va oqilona foydalanish kerak; yerda xo‘jalik yuritishning ko‘p turliligi va barcha shakllarining tengligi o‘rnatilgan; yerga mulkchilik, egalik va doimiy foydalanish huquqlari yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi davlat dalolatnomasi yoki guvohnomasi bilan tasdiqlanadi; davlat tomonidan yerlarni muhofazalash tartibi va mazmuni belgilanadi, yer tuzishning maqsadi va vazifalari aniqlanadi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI TO‘G‘RISIDAGI HAMDA KADASTR AGENTLIGINING DAVLAT KADASTRLARI PALATASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi xodimlarining lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,7 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang. Bunda, ushbu bandni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar budjet mablag‘laridan saqlanadigan xodimlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan, qolgan xodimlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son) Oldingi tahrirga qarang. 21. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi bo‘yicha haq to‘lash bo‘yicha razryadlar 4 — 6-ilovalarga muvofiq belgilansin.
Belgilansinki, mazkur qarorga asosan belgilangan mehnatga haq to‘lash tartibi davlat xizmatchilari uchun mehnatga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etilguniga qadar amal qiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son) 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.