Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari. 2 Yer fondi toifalari. Yerlarni toifalarga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish


-modda. Yer uchastkalarini egalik qilish va foydalanish uchun berish (realizatsiya qilish)



Download 68,25 Kb.
bet12/40
Sana28.06.2022
Hajmi68,25 Kb.
#715062
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
zarnigor

23-modda. Yer uchastkalarini egalik qilish va foydalanish uchun berish (realizatsiya qilish)
Yer uchastkalarini egalik qilish va foydalanish uchun berish (realizatsiya qilish) yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini ajratib berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Egalikdagi yoki foydalanishdagi yer uchastkasini boshqa shaxslarga berish (realizatsiya qilish) faqat shu uchastka belgilangan tartibda olib qo‘yilganidan keyin amalga oshiriladi.
Sanoat korxonalari, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, aloqa va elektr uzatish liniyalari, magistral truboprovodlar qurish uchun, shuningdek qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar yoki qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz bo‘lgan yerlar yoxud qishloq xo‘jaligining sifati yomon yerlari beriladi (realizatsiya qilinadi). O‘rmon fondiga qarashli yerlardan mazkur maqsadlar uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) asosan o‘rmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki buta va arzonbaho dov-daraxtlar bilan qoplangan maydonlar hisobidan amalga oshiriladi.
Yer tuzish xizmati organlari berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralarini naturada (joyning o‘zida) belgilagunlariga va yerga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar berilguniga qadar ana shu uchastkaga egalik qilish va undan foydalanishga kirishish taqiqlanadi.
Yer uchastkalarini egalik qilish va foydalanish uchun berish (realizatsiya qilish) tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

24-modda. Yer uchastkasi ijarasi
Yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir.
Yer uchastkasini shartnoma asosida quyidagilar ijaraga beradilar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga va yuridik shaxslariga — tuman va shahar hokimlari;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki xo‘jalik ijarasi tartibida faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qo‘yishi mumkin.
Ijaraga berilgan yer uchastkasi yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish taqiqlanadi.

Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo‘lgan o‘zining ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqlidir.


Yer uchastkalari ijarasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi va shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijaraga ellik yilgacha bo‘lgan, biroq o‘n yildan kam bo‘lmagan muddatga berilishi mumkin.

Ijarachi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega.


Yer uchastkalarini ijaraga olganlik uchun haq to‘lash tartibi va uning miqdori ijara shartnomasida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.



Download 68,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish