Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va ularning stavkalarini belgilash mezonlari. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni undirish tartibini takomillashtirish


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning undirilish tartibi



Download 97 Kb.
bet5/8
Sana13.02.2022
Hajmi97 Kb.
#446007
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xudoberdiyeva Maftunaxon

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning undirilish tartibi
bo’yicha Rossiya Federatsiyasi amaliyoti.

Davlatning bozor iqtisodiyotiga kirib borishida, unga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatishida ko’pgina iqtisodiy tayanchlar orasida soliqlar muhim o’rin tutadi. Har bir soliq turi butun soliq tizimidek, bozor sharoitida iqtisodiyotni boshqarishda kuchli ta’sir etuvchi vositadir. Soliq tizimining qay darajada mukammal tuzilganligi davlatning keyingi yillardagi iqtisodiy va boshqa sohalardagi rivojini belgilab beradi. Albatta davlatda amal qiladigan soliq tizimi unda yashaydigan xalqning urf-odatlari, milliyligi va shu bilan birgalikda jahon talablarini ham hisobga olgan tashkil etilishi har tomonlama maqsadga muvofiq va samaradorligi ham yuqori bo’lishi bor haqiqat. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda yaratilgan soliq tizimini yanada takomillashtirish va undagi islohotlarni amalaga oshirishda tarixiy manbalardan, ilmiy yangiliklardan shuningdek rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Shu jumladan jahonning turli mamlakatlari turli soliq tizimiga asoslanganligini inobatga olgan holda ularda bizdagiga xos bo’lmagan tarzda suv resurslaridan olinadigan soliqning undirilish tartibi qo’llaniladi.Quyida biz bugungi kunda jahon iqtisodiyotida o’z o’rnini egallagan, shu bilan bir qatorda soliq tizimida o’ziga xoslikni namoyon eta olgan, mamlakatimizda amal


qiladigan soliq tizmiga nisbatan yaqin bo’lgan Rossiya Federatsiyasining suv
resurslaridan olinadigan soliq bo’yicha ilmiy va amaliy tajribalari bilan tanishib
chiqamiz. Rossiya Federatsiyasida bunday soliq “Suv solig’i” deb ataladi. Bundan
tashqari federatsiyada suv biologok resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan
yig’im ham mavjud. Ammo ushbu masalaning o’ziga xoslik jihati shundaki, barcha
davlatlar singari Rossiya Federatsiyasida ham bu borada soliq undirilish obyekti bir
narsaga, ya’ni ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan suv resurslarining
hajmiga qaratilgan. Suv solig’i mamlakat budjetining federatsiya soliqlari va yig’imlari tarkibiga kiritiladi. Suv solig’ining undirilish tartibi, soliq solish obyekti, bazasi va
to’lovchilarini belgilash, hisobotlarni topshirish, uni hisoblab chiqarish tartiblari,
soliq bo’yicha imtiyozlar va boshqa tartiblar Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksi
asosida tartibga solinadi. Bundan tashqari Rossiya Federatsiyasida “Suvdan
foydalanish uchun to’lov to’g’risida” gi federal qonun mavjud bo’lib suv
resurslaridan foydalanish asnosida yuzaga keladigan boshqa munosabatlarni tartibga solib boradi.
Umuman olganda Rossiya Federatsiyasida suv solig’ini hisoblab
chiqarishda asosan quyidagi to’rtta bazag asoslaniladi:
Suv resurslaridan umumiy ravishda foydalanish;
Bevosita suv manbalaridan foydalanish;
Elektr energiya ishlab chiqarish uchun suvdan foydalanish;
Yog’och xomashyosini ko’chirish maqsadida suv yo’llaridan foydalanish.
Suv solig’i bazasini suv o’lchash asboblari yordamida yoki belgilangan limitlar
doirasida aniqlanadi. Yog’och sanoatida ularni ko’vhirish maqsadida suv yo’llaridan
foydalanilgan taqdirda yog’ochning hajmi va suv yo’lining uzunligi asosida hisoblab
chiqiladi. Bunda bir ming kub metr yog’ochning yuz kilomatr masofaga ko’chirish
asosida soliq soliq stavkasi qo’llaniladi.
Elektr energiya sanoatida suv resurslaridan foydalanilgan taqdirda hisobot
davrida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining hajmi soliq solinadigan baza sifatida
qaraladi.
Rossiya Federatsiyasida suv solig’I uchun Soliq davri yil choragi hisoblanadi.
Bunda kichik tadbirkorlik subyektlari va akvatoriya bo’yicha suvdan foydalanuvchi
soliq to’lovchilar soliqni yil choragi asosida to’layydilar. Qolgan barcha soliq
to’lovchilar har oyda soliq to’lovini amalga oshiradilar.
Suv solig’I uchun Soliq stavkalarining o’ziga xoslik jihati shundaki, suv
resurslarining foydalanish joyiga qarab soliq stavkasining tabaqalanish jarayoni
yuzaga keladi. Bunda tabaqalanish suvning yer usti va yer ostidan olinayotganligiga,
shuningdek uning mamlakatning qaysi hududidan, qaysi daryo yoki ko’ldan, qaysi
suv havzasidan olinayotganligiga ko’ra ham tasniflanishi alohida e’tiborga loyiqdir.
Rossiya Federatsiyasida yaxshi rivojlangan o’rmon xo’jaligi sanoati
mamlakatning yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bunda yog’och xomashyosini
olis masofalarga ko’chirish jarayoni bugungi kunga qadar o’ta arzon yo’l, ya’ni suv
yo’llari orqali amalga oshiradilar. Albatta buning uchun yog’och sanoati korxonalari
suv solig’ini to’laydilar. Bunda ham federatsiya qonunchiligiga asosan alohida soliq
stavkalari amal qiladi.
Bundan tashqari federatsiya hududida elektr energiya ishlab chiqarishda suv
resurslaridan foydalanilgan taqdirda bunday korxonalar suv solig’ini to’laydilar.
Bunda soliq to’lovchilar soliq bazasini hisobot davrida ishlab chiqarilgan elektr
energiyasining hajmi asosida hisoblab chiqarishadi. Ushbu faoliyat turi doirasida
ishlab chiqarilgan har bir ming kilovat soat energiya uchun belgilangan soliq
stavkalari mavjud. Masalan Neva daryosi o’zanidan foydalangan holda ishlab
chiqarilgan har bir ming kilovat soat elektr energiyasi uchun korxona 8,76 rubl
miqdorda suv solig’ini to’lab beradi.
Soliq bo’yicha imtiyozlar Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksiga asosan
tartibga solinadi. Bundan tashqari federatsiya qonunchiligiga asosan yuqori organlar
qaroriga muvofiq ayrim soliq to’lovchilrga nisbatan alohida turdagi soliq imtiyozi
berilishi mumkin.
Soliq to’lovchilar soliq summasini Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksining 52-
moddasiga muvofiq soliq davri mobaynida soliq bazasi va belgilangan soliq
stavkalari asosida soliq imtiyozlarini hisobga olgan holda hisoblab chiqaradilar.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan har oyda to’lashi lozim bo’lgan subyektlar har oyning 20-
sanasidan kechikmasdan soliqni to’laydilar. Agar soliq to’lovchi bir vaqtda turli
hududlarda suv resurslaridan foydalansa, har bir hudud doirasida belgilangan stavka
asosida soliq to’laydi.
Rossiya Federatsiyasida suv solig’ining yana bir o’ziga xoslik jihati shundaki,
suv resurslaridan faoliyat doirasida foydalanish uchun soliq to’lovchilar ruxsat
beruvchi litsenziyani olishlari lozim. Litsenziya tegishli organlar tomonidan berilib
unda ko’rsatilgan muddatda federatsiya hududidagi suv obyektlaridan foydalanish
huquqini beradi. Litsenziya qisqa uch yil muddat oralig’ida yoki uzoq muddatli 25 va
undan ko’pmuddatga berilishi mumkin.
Rossiya Federatsiyasi soliq tizimida yuqorida ko’rib o’tganimizdek suv
resurslariadan foydalanish qattiq nazorat ostiga olingan. Bugungi kunda
mamlakatimizda soliq yukini iloji boricha pasaytirish, xo’jalik yurituvchi subyektlar
faoliyatiga kamroq aralashish tendensiyasi bormoqda. Ammo tabiiy resurslar har
doim ham davlatning muhim strategik obyektlari hisoblanadi. Shuning uchun ularning foydalanish darajasini jiddiy nazoratga olinishi, uning maqsadli va tejab ishlatishga olib keladi.


Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish