Yer osti transport tizimi
Reja
1.Transport mashinalari haqida umumiy ma’lumot .
2.Kon qazish jarayoni
3.Yer osti konlarini ishlab chiqarish jarayoni
Transport mashinalari haqida umumiy ma’lumot .
Kon transporti shaxta, rudnik va karyerlarning sanoat transporti sifatida foydali qazilmani qazib olish texnologsik jarayonining eng asosiy zvenolaridan biridir. Transport qurilmalari kon korxonalarida foydali qazilmalarni zaboy (qazish joyi)dan yer osti yoki ochiq kon lahimlari bo’ylab va undan keyin kon tepasidan boyitish fabrikasi yoki temir yo’l vagonlariga yuklash punktigacha, tog’ jinslarini esa ag’darmagacha tashish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda kon transporti to’lg’azma va yordamchi materiallar hamda jihozlarni kon ustidan shaxtaga tashishni ta’minlaydi. Undan tashqari, kon transporti odamlarni gorizontal va qiya lahimlar bo’ylab ish joyigacha va smena tugagandan so’ng stvol atrofi qo’rasigacha tashishga xizmat qilib, konchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilaydi va ish vaqtining unumsiz sarfini qisqartiradi.
Tashilayotgan yuklar – ko’mir, ma’dan, kaliy tuzi va boshqa foydali qazilmalar – mayda (ba’zilarda - hatto chang) va yirik bo’laklardan tashkil topgan bo’lib, oddiy material hisoblanadi. Ba’zi hollarda bitta kon korxonasining o’zida foydali qazilmaning 2 - 3 va undan ko’p turli yiriklikdagi navlari bir-biriga aralashtirilmasdan alohida tashiladi.
Yer osti kon transportining sanoatning boshqa sohalaridagi transportdan farqlanadigan maxsus xususiyati shundan iboratki, kon lahimlarining kesim yuzasi kichik bo’lganligi uchun, transportni ishlatish tor sharoitda amalga oshiriladi. Kon transportining yana bir xususiyati, ayniqsa, zaboyda va unga bevosita yaqin joylashgan lahimda - uning jihozlarini jilishi, transport qurilmalarining surilishi va zaboyning jilishiga qarab ularni uzaytirilishi yoki qisqartirilishi. Bo’larning hammasi kon transport mashinalari va qurilmalarining konstruktsiyasiga maxsus talabalar qo’yadi va ularni ishlatishni ancha murakkablashtiradi. Misol tariqasida 1 – rasmda lava bilan konveyerli lahimni tutashgan joyida transport qurilmalarining ishlash sxemalari keltirilgan. Lava bilan konveyyerli lahimni tutashgan joyida transport qurilmalarining ishlash sxemalari
Birinchi sxemada (1-a - rasm) teleskop ko’rinishidagi konveyer va uning orqasiga qo’shimcha qo’yilgan yuk tushirgich - yuqortkich (pyeregrujatelь) dan iborat teleskopsik majmua qo’llanilgan, bunda A-tasmaning ortiqchasini qirqib tashlamasdan konveyer liniyasi qisqarishining kattaligi. Bu sxemada konveyer uzunligi kamaygan holda tasmaning uzunligi kamaymaydi.
Ikkinchi sxemada (1-b - rasm) oddiy tasmali konveyer va unga ko’mir yuklovchi surilma yuk tushirgich – yuqortkich qo’llanilgan.
Bu sxemada lava surilishi natijasida uzunligi o’zgarmaydi, yuk tushirgich – yuqortkich esa surilib konveyer tasmasining ustiga chiqib boradi. Bunda V – konveyerni qisqartirmasdan turib konveyer liniyasi qisqarishining kattaligi.
Kon korxonasi me’yorida ishlashi uchun kon transporti aniq, beto’xtov ishlashi va foydali qazilmani zaboydan o’z vaqtida to’liq olib chiqilishini va zaboydagi ishlar to’xtamasligini ta’minlashi, kon ishlarini jadallashtirish metodlarini, korxonaning rivojlanishi va o’sishini ta’minlashi zarur. Undan tashqari, kon transportiga uni ishlatish narhi va mehnat hajmi mumkin qadar kam bo’lishi hamda havfsizligi yuqori darajada bo’lishi kabi umumiy talablar qo’yiladi.
Kon korxonalarida transportning narxi foydali qazilmani umumiy tannarxining ko’pgina qismini tashkil qiladi. Shuning uchun transportni ishlatish bo’yicha xarajatlarni turli yo’llar bilan kamaytirish korxonaning umumiy harajatlarini va uning mahsuloti tannarhini sezilarli darajada kamayishiga olib kelishi mumkin.
Kon transporti, odatda, anchagina parallel va ketma-ket bo’g’inlardan tashkil topgan bo’lib, shu bilan birgalsikda jihozlarining turlari ham har xil bo’ladi.
Shuning uchun kon transportini mexanizatsiyalash faqat har bir bo’g’inini alohida mexanizatsiyalashdan iborat bo’lib qolmay, balki texnik va tashkiliy jihatdan bog’langan va bir tekisda ishlaydigan majmua tizimini barpo etishdan iboratdir. Bu shu jihatdan ham zarurki, ba’zi vaqtlarda transportning alohida bo’g’inlari o’rtasida to’laqonli tashkiliy bog’lanish bo’lmaganligi tufayli, ular foydali qazilmani qazib chiqarishni cheklab qo’yishi, biri ikkinchisining ishi to’xtab qolishiga majbur qilishi va bo’g’inlar oralig’ida anchagina ishchilarni qo’shimcha jalb qilishga olib kelishi mumkin.
Kon transportini to’g’ri va samarali ishlashi hamda takomillashib borishi:
- transport vositalari turlari va majmuasini konning kon-texnik sharoitlariga qarab va qazish tartibiga mos ravishda belgilash;
- transport qurilmalarining asosiy parametrlarini hisoblash belgilangan me’yorlarga, unumdorlik va quvvatning zarur zapaslariga rioya qilish;
- mashina va mexanizmlarning sifatini oshirish;
- mashinalarning reja - ogohlantiruv ta’mirini o’z vaqtida tashkil qilish va ularni kuzatib turish;
- kon transportini boshqarishni to’g’ri yo’lga qo’yish va havfsizlsik talablariga rioya qilish yo’llari orqali ta’minlanadi.
Transport mashinalar tasnifi. Kon korxonalarida qo’llaniladigan barcha transport mashinalari xarakatlanish usuli bo’yicha ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga uzluksiz ishlaydigan transport vositalari kiradi. Bunday qurilmalarda ish xarakati uzlsiksiz bo’lib, odatda, uzoq vaqt davomida o’zgarmay qoladi. Ikkinchi guruhga uzlukli ishlaydigan transport vositalari kiradi. Ularda yuk tashish ma’lum xarakat bo’yicha davriy ravishda amalga oshiriladi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda ularni ishga tushurgandan keyin ish xarakati avtomatsik ravishda bajariladi. Uzlukli ishlaydigan qurilmalarda esa, odatda, xarakatni boshqarish talab qilinadi.
Konveyyer va skrepyer transporti, odatda, «eltish», temir yo’l transporti - «tashigich», kariyyerdan yuqoriga klet, platforma yoki skipda chiqarish transporti - «ko’tarish» deb ataladi.
Uzluksiz ishlaydigan transport qurilmalariga quyidagilar kiradi:
- barcha ko’rinishdagi konveyerlar (kurakli, tasmali, plastinali, kovshli va x.k.);
- uzluksiz sim arqonli tashigich (vagonchalarda temir iz bo’ylab);
- osma sim - arqon yo’llari qurilmalari;
- pnevmatik va gidravlik transport qurilmalari;
- gravitatsion transport, ya’ni yukni yo’naltiruvchi (nov, quvir va h.k) lar bo’ylab og’irlik kuchi hisobiga tashish qurilmalari.
Uzlukli ishlaydigan transport qurilmalariga quyidagilar kiradi:
- lokomotiv transporti;
- avtomobil transporti;
- temir iz bo’ylab o’ziyurar tashigichlar va o’ziyurar vagonchalar;
- skreper qurilmalari;
- temir iz bo’ylab uchli sim – arqon tashigichlar.
Yangi texnologiyalar tog''-kon sanoati va iste''molchilarga ushbu hayot aylanishining barcha bosqichlarida foyda keltirishi mumkin, Ushbu hisobot quyi oqimni qayta ishlashni o''z ichiga olmaydi, masalan, eritish Batafsil ma''lumot tog''-kon sanoati profili Energetika kon sanoati profili bo''limi Mining Corp. Ko''mirning taxminan 66% va yoqilg''i bo''lmagan foydali qazilmalarning 97% yer usti qazib olish usullari bilan qazib olinadi, Batafsil ma''lumot Bolalar uchun qazib olish faktlari Kiddle Mining - bu erdan qazib olish jarayoni ? Kon qazib olish ko''mir, olmos, oltin, kumush, platina, mis, qalay va temir kabi metallar va minerallarni qazib olishni o''z ichiga olishi mumkin . Batafsil ma''lumot Shaxta suvini tozalash filtrlash va ajratish tog''-kon iste''molchilarining ochiq va er osti inshootlari uchun muhim kon suvlarini tozalash maqsadlariga erishish uchun echimlarni taqdim etadi ? Butun dunyo bo''ylab ofislari bilan Pall suv jarayonlari kimyosini batafsil ko''rib chiqishi va sanoatda yetakchi membrana texnologiyalari va xizmatlarini taklif qilishi mumkin . Ushbu mahsulotlar Batafsil Tafsilotlar Yer osti arxivlari Togʻ-kon texnologiyasi Kon yangiliklari va kon texnologiyasi Kon yangiliklari va koʻrishlar Kundalik yangilanib turadigan kukilardan foydalanmoqda . portlovchi moddalar va portlatish tizimlari ishlab chiqaruvchi Orica o''zining yangi portlatish dizayni va er osti konlarini qazib olish uchun modellashtirish dasturini chiqardi ? Batafsil ma''lumot Mining qazib olish ishlari qanday ishlaydi Rezolyutsiya Mis Er osti konlarini qazib olish jarayoniga qarash .tog''-kon sanoatini qo''llab-quvvatlovchi tarmoqlarda, shu jumladan ishlab chiqarishda, yana 3 million ish o''rni - Batafsil ma''lumot Er osti konlarini tashish tizimlari Er osti konlari asbob-uskunalar evolyutsiyasi, konlarni qazib olish tizimi va usuliga muvofiq o''zlarining ishlash tizimlarini o''zgartirdilar ? Transport, shuningdek, er osti konlarida ham, tog''-kon sanoatining o''zi ham muhim ahamiyatga ega Batafsil ma''lumot Kon atamalari lug''ati Avtogen silliqlash - Rudalar, materiallar, asbob-uskunalar va odamlarning er osti transporti tizimi Batafsil Batafsil Mis qazib olish va qazib olish jarayonining oqim sxemasidan ishlab chiqilgan, Zamonaviy konchilik Eagle Mine qanday qilib nikel va mis ishlab chiqaradi Feb 19, 2015 · Ushbu video sizni Eagle kompaniyasining qazib olish jarayoni orqali bosqichma-bosqich olib boradi - Bundan tashqari, video biz nikel va misni topish uchun foydalanadigan usullarni tushuntiradi - Biz haqimizda: Batafsil maʼlumot Er osti konlari qanday ishlaydi HowStuffWorks Yer osti konlari yer usti konlariga muqobildir - Er usti minalari yuqoridan pastga qazishadi, bu usul taxminan 200 futdan (60 metr) oshiq chuqurlikda samarasiz bo''lib qolishi mumkin [manbalar: Illinoys ko''mir assotsiatsiyasi, De Beers] ? va boshqa turdagi undan ham chuqurroq uran konlari 6500 fut yoki 2 kilometrga yetishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |