Yer lazerli skanerlari



Download 1,05 Mb.
bet1/5
Sana06.07.2022
Hajmi1,05 Mb.
#743165
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7 amaliy mashg'ulot


      1. Yer lazerli skanerlari xaqida

Inson faoliyatini barcha jabxalarida ishlab chiqarish faoliyatini avtomatlashtirishda mikroprotsessor texnikasi va raqamli texnologiyalarini takomillashtirib, rivojlanishi eng muhim o‘rin tutmoqda, kompyuterdan foydalanib qaror qabul qilish tizimi mahsulot ishlab chiqarish xajmi va sifatini oshirishga olib kelmoqda. Mikroprotsessor texnikasi ishlab chiqarish texnologiyasini har bir zvenosi va bosqichida integrirlovchi rol o‘ynaydi.
Geodezik va fotogrammetrik ishlar texnologiyasida raqamli texnikadan foydalanib, joydagi fazoviy ma’lumotlarni yerdan turib, lazer lokatsiyasi titzimidan foydalanib yig‘ish tizimini yaratilishiga olib keladi. Bu tizimda ishlaydigan asboblarga yerdan lazerli skanerlash asbobi deyiladi.
Yerdan lazerli skanerlashni asosiy mohiyati shundan iboratki, u ob’ekt nuqtalarigacha bo‘lgan masofa va ularga mos yo‘nalishlarini (vertikal va gorizontal burchaklarni) yuqori aniqlikda tezlikda o‘lchab (registratsiyalab) qayd qilib boradi, bu aslida elektron taxeometr bilan o‘lchashga o‘xshab ketadi.
Yerusti lazerli skaneri ob’ektining alohida nuqtalarini s’emka qilishni emas, balkim barcha nuqtalarini s’emka qilish prinsipi asosida, ob’ektni uch o‘lchamli tasvirini olishni tavsiflaydi.
Yerusti lazerli skaneri orqali olingan tasvir juda ham katta hajmdagi informatsiyaga ega bo‘lib, ko‘pchilik hollarda ortiqchalik ham qiladi.
Birinchi navbatda bu statistik jihatdan ortiqcha ma’lumotlar (informatsiyalar) bo‘lib, unda qo‘shni elementlarning tasviri bir birini takrorlashi mumkin.
Ikkinchidan skanerlash natijasida olingan tasvir, psixovizual ortiqlikka ega, ya’ni skanerlash natijasida olingan ma’lumotni bir qismi olib tashlash bilan tasvirni ko‘rinishiga deyarli ta’sir etmaydi. Skanerlarni yana boshqa ortiqlik tomoni “semantik” tabiatga ega bo‘lib, bunda tasvirlarga ishlab berishda real dunyoning tuzilishini xisobga olish zarur bo‘ladi.
Haqiqatda ham, skanerlarda ob’ekt to‘g‘risida ma’lumotni ortiqlikni mavjudligi ob’ekt to‘g‘risida ma’lumot to‘plash jarayonini to‘liq avtomatlashtiradi deyishga asos bo‘ladi Yerusti lazerli skaneri fazoviy ma’lumot olishni yufori darajada avtomatlashitirish bilan birga, quyidagi afzalliklarga ega:

  1. dala sharoitida ob’ekt nuqtalarini fazoviy koordinatalarini aniqlash imkoniyatini beradi (skanerlash vaqtida ob’ekt nuqtasigacha bo‘lgan masofa, vertikal θ va gorizontal φ burchaklar o‘lchanadi, bulardan foydalanib nuqtaning x,y,z koordinatalari hisoblanadi);

  2. dala ishlari olib borilayotgan vaqtda, real vaqt rejimidan uch o‘lchamli

vizualizatsiyada “o‘lik” zonalarni aniqlash imkoniyati;
v) ma’lumot olishni kuchsizlanmaydigan usuli;
g) fotogrammetrik usuldagidek ikkita tayanch nuqtadan emas, ob’ektni bir nuqtadan turib skanerlashni bajarilishi;
d) o‘lchashni yuqori aniqlikda bajarilishi;
ye) ob’ektni xavfli va o‘lchash qiyin bo‘lgan joylarini s’yomka qilishda distansion (masofadan) turib ma’lumot olish (o‘lchash) o‘lchov ishlarini olib boruvchilarni xavfsizligini ta’minlaydi;
j) yuqori darajadagi unumdorlik. Ob’ektni raqamli modelini yaratishda Yerusti lazerli skaneri usulida dala ishlari keskin kamayadi, shuning uchun boshqa texnologiyalarga nisbatan bu usul iqtisodiy jihatdan samarali;
z) skanerlar faol s’yomka qilish tizimi bo‘lib, u bilan ob’ektni ixtiyoriy yoritilganlik holatida (kunduzi va kechqurun) s’yomka qilishi mumkin;
i) yuqori darajada detalizatsiyalash;
k) lazerli skanerlash natijalarini ko‘p maqsadlarda foydalanish mumkinligi.
O‘zining afzallik tomonlari bilan Yerusti lazerli skaneri fan, texnika va xalq
xo‘jaligini ko‘p tomonlarida qo‘llaniladi:

    1. injenerlik inshootlarini qurish v ishlatilishida:

  • qurilishni nazoratlash;

  • qurilish jarayonida loyihaga o‘zgartirish (tuzatmalar) kiritish;

  • qurilish jarayonida va yakunida ijroiy s’emka qilish;

  • inshootlarni va dastgoxlarni o‘rnatishni optimal rejalash va qayta joylashtirishni nazorat qilish;

  • ob’ektni ekspluatatsiya qilishda monitoring olib borish;

    1. neft gaz sanoatida:

  • murakkab texnologix ob’ektlarini va uskunalarini rekonstruksiyalash va monitoringini olib borish maqsadida raqamli modelini yaratish;

v) Tog‘-kon sanoatida:

  • qazilgan kon va sochiluvchan materiallar omborining xajmini aniqlash;

  • ochiq karerlar va yer ostida bajarilgan qazish ishlarini monitoringni olib borish maqsadida raqamli modelini yaratish;

  • burg‘ulash va portillatish ishlarini marksheyderlik kuzatuvini olib borish;

g) arxitekturada:

  • tarixiy va madaniy obidalarni restovratsiyalash;

  • binolarning fasadini arxitekturaviy chizmasini qilish;

d) favqulotdagi holatlar oqibatlarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha
chora tadbirlarni ishlab chiqish; ye) tibbiyotda:

  • individual korestlarni (bandajlarni) ishlab chiqarish maqsadida odam gavdasini modelini yasash;

  • tish protezlarini ishlab chiqarishda;

j) zich qurilgan xududlarda topografik s’yomkalarni bajarish;
z) kema qurilishida;
i) sport trenajerlarini modellashtirishda.
Yuqorida zikir etilgan barcha soxalarda Yerusti lazerli skaneri katta muvofaqqiyat bilan qo‘llanilgan va qo‘llanilib kelmoqda.
Yerusti lazerli skaneri natijalariga ishlov berishga (qayta ishlashga) algoritm va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish masalariga bag‘ishlangan ko‘plab
maqolalar nashr etilgan. Yerdan lazerli skanerlash (Yerusti lazerli skaneri) texnologiyasini rivojlantirish masalalariga ko‘plab chet ellik olimlar katta hissalarini qo‘shganlar: doktor, injener W. Boehler, doktor, injener L. Gruending, doktor, injener H. Ingensand, doktor, injener D. Lichti, doktor, injener I. Milev, doktor, injener J. Norton, doktor, injener J. Riegl, doktor, injener A. Ullrich; t.f.n. I.G.Jurkin, t.f.n. Ye.M.Medvedev, t.f.n. A.P.Mixaylov, t.f.n. A.I.Naumenko, t.f.n. V.A.Seredovich, A.V.Komisarov, D.V.Komisarov, T.A.Shirkova.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish