Yer fondi
Yer fondi
bu maʼlum hududda, uning chegaralari ichidagi (mamlakatda,
viloyatda, tumanda va
hokazo) xoʻjalik yuritish mulkchilik egalik qilish, foydalanish, ijara obyektlari hisoblangan
barcha yerlarning yigʻindisidir.
Yer fondi
— mamlakatning jami yer resurslari maydoni. Ye.f. yerlardan foydalanishning
belgilangan asosiy maqsadga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi: 1) q.x.ga moʻljallangan
yerlar — sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlar,
haydaladigan yerlar, pichanzorlar,
yaylovlar, koʻp yillik mevali (mevasiz) daraxtzorlar va tokzorlar va b. ekinlar b-n band yerlar va
b.; 2) aholi punktlari (
shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punkti) yerlari — shaharlar va
shaharchalar, shuningdek, qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar; 3) sanoat,
transport, aloqa, mudofaa va b. maqsadlarga moʻljallangan yerlar — koʻrsatilgan
maqsadlarga
foydalanish uchun yuridik shaxslarga
berilgan yerlar; 4) tabiatni muhofaza qilish,
sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar — alohida muhofaza
etiladigan tabiiy xududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega boʻlgan yerlar, shuningdek,
om-maviy dam olish va turizm
uchun foydalaniladigan yerlar; 5) tarixiymadaniy ahamiyatga
molik yerlar — tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar; 6) oʻrmon fondi yerlari — oʻrmon
b-n qoplangan, shuningdek, oʻrmon b-n qoplanmagan boʻlsa ham, oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari
oʻchun berilgan yerlar; 7) suv fondi yerlari — suv obʼyektlari, suv xoʻjaligi inshootlari egallagan
yerlar va suv obʼyektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar; 8) zaxira yerlar —
yuqorida nomlangan Ye.f. toifalariga ajratilmagan, maʼlum ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik
sabablarga kura xalq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari boʻlmagan yerlar.
E.f. toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har xoʻjalik yilning 1-yanv.ga nisbatan tuziladi. Ye.f. maʼlumotlari
xoʻjalik, tuman, viloyat va mamlakat miqyosida beriladi (jadvalga q.). Bunda Ye.f.
tarkibidagi
yer turlarining maydon va sifat oʻzgarishlari oʻz aksini topadi.
Oʻzbekistonda Ye.f.ning asosiy qismi (62% ga yaqini) q.x. yer turlari toifalariga mansub,
qolgan qismi fu-qarolar yerlari — tomorqa (1%), oʻrmon va toʻqayzorlar (3,2%) va q.x.da
foydalanilmaydigan yerlardan (34,2%) iborat. Shundan sugʻoriladigan yerlar jami yer
resurslarining 9,6% tashkil etishiga qaramay respublika q.x.da yetishtiriladigan yalpi
mahsulotning 90% shu yerlardan olinadi (Oʻzbekiston Respublikasi Ye.f.ning toifalar boʻyicha
taqsimoti 445-b.dagi jadvalda berilgan).
Qishloq xoʻjaligi
Qishloq xoʻjaligi yerlari
Yer munosabatlarini tartibga solishga doir qonun va meʼyoriy hujjatlar toʻplami [I qism], T.,
2000.
Qosimjon Rahmonov.
[1]
1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va ana shu
maqsadlar uchun moʻljallangan yerlar.
2. Aholi punktlari yerlari — shaharlar, qishloqlar chegara chizigi ichidagi yerlar.
3. Sanoat transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar —
koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun huquqiy shahslarga berilgan yerlardir.
4. Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan
yerlar — alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash
omillariga ega boʻlgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun
foydalaniladigan yerlar.
5. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — tarixiy-madaniy
yodgorliklar joylashgan
yerlardir.
. Oʻrmon fondi yerlari — oʻrmon bilan qoplangan, shuningdek oʻrmon bilan qoplanmagan
boʻlsa ham oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlardir.
Yana q.
Adabiyot
Yer fondi toifalari
Soʻnggi tahrir 15 kunlar avval
Rtfroot
tomonidan amalga oshirildi
7. Suv fondi yerlari — suv havzalari(daryo, koʻllar, suv omborlari va h.),
gidrotehnika va suv
xoʻjaligi inshootlari egallab turgan yerlar.
. Zahira yerlar — huquqiy va jismoniy shaxslar egaligiga, foydalanishiga hamda ijaraga
berilmagan, mulk qilib sotilmagan barcha yerlar.
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Yer_fondi&oldid=2511375
"
dan olindi
Manbalar