Quvur uzunligi bo'yicha haroratning kamayishi. Isitilgan neft va uning mahsulotlari haroratining quvur uzunligi bo'yicha kamayishi quyidagi chizma (grafik)da keltirilgan:
15-rasm Issiq neft mahsuloti haroratining quvur uzunligi bo'yicha o'zgarish grafigi:
tb — mahsulotning boshlang'ich harorati; tg — mahsulotning oxirgi harorati; ta— atrof-muhit harorati.
Keltirilgan grafikdan ko'rinib turibdiki, mahsulot harorati quvurning boshlang'ich qismida uning oxirgi qismiga qaraganda tezroq pasayadi. Buning asosiy sababi boshlang'ich qismda (harorat yuqori bo'lganda) neft tarkibidagi parafinlarning kristal- lanishi sodir bo'lmaydi va yashirin issiqlik ajralib chiqmaydi. Suyuqlik issiqligining atrofga sarf bo'layotgan miqdori faqat mahsulot harorati hisobiga bo'ladi. Bu, o'z navbatida, mahsulot haroratining tez pasayishiga olib keladi. Mahsulot harorati tarkibi- dagi parafinning kristallanish haroratiga tenglashganda parafin kristallanadi va yashirin issiqlik hosil bo'ladi. Kristallanish jarayonida ajralib chiqayotgan yashirin issiqlikning ma'lum bir miqdori mahsulotdan tashqi muhitga sarf bo'layotgan issiqlik o'rnini qoplaydi. Natijada mahsulot haroratining pasayish tezligi sekin- lashadi. Bu isitilgan neft yoki neft mahsulotlarini uzoq masofaga haydash imkoniyatini yaratadi.
Issiq quvurlarni ishonchli ishlatishni hisobga olib, isitiladigan neft yoki neft mahsulotlarining boshlang'ich harorati (tb) 80—90 °C dan oshirilmasligi kerak. Bunday haroratda quvurning mahkamligi ta'minlanadi, neft va neft mahsulotlarining fraksiyalarga ajralish jarayonining oldi olinadi.
Issiq quvurning o'ziga xos xususiyati (kamchiligi) shundan iboratki, haydash to'xtaganda quvur ichidagi neft yoki neft mahsulotlarining sovishi va qotishiga yo'l qo'ymaslik kerak bo'ladi. Agar qotadigan bo'lsa, uni qaytadan ishga tushirish (haydash) uchun katta mehnat talab etiladi.
Masalan, sovib qotib qolgan quvurni 3—4 sutka davomida to'xtovsiz yuvish uchun kam qovushqoqli neft mahsuloti zaxirasini hosil qilish, uni isitib quvur ichiga haydash, quvur atrofidagi tog' jinslarini isitish va boshqa qo'shimcha mehnat sarflash kerak bo'ladi. Hosil qilinadigan kam qovushqoqli neftning zaxira hajmini quyidagi ifoda bo'yicha aniqlash mumkin:
V = Q ■ t
Bunda: Q—isitish (yuvish) uchun sarflanadigan kam qovushqoqli mahsulotning hajmi (ming tonna); t— quvurni isitish uchun ketadigan vaqt (soat).
Ma'lumotlarga qaraganda, kam qovushqoqli isitilgan neft maksimal bosimda haydab turilganda, quvur o'tkazuvchanlik qobiliyatini oldingi holatiga keltirish uchun 4—6 sutka vaqt kerak bo'ladi.
Issiq haydash to'xtaganda quvur ichidagi mahsulot qotishi- ning oldini olish maqsadida isituvchi yo'ldosh quvurlardan ham foydalaniladi. Bu usul ko'proq diametri katta bo'lgan quvurlar uchun ishlatiladi. Yo'ldosh quvur asosiy quvurga parallel qilib joylashtiriladi va ular umumiy issiqlik izolatsiya materiallari bilan o'raladi (24- rasm). Yo'ldosh quvur orqali issiq suv (bug') hay- dalib, asosiy quvur ichidagi mahsulot qotishining oldi olinadi.
1
2'
16-rasm Issiq quvurni yo'ldosh quvur orqali isitish chizmasi:
1— asosiy quvur; 2— yo'ldosh-isituvchi quvur; 3— umumiy issiqlik izolatsiyasi.[4]
XULOSA
1. Haydash - suyuqliklarni bir-biridan ajratish va tozalashning eng qulay usuli hisoblanadi.
2.Agar biror suyuklik o’zining qaynash xaroratida parchalanmasa atmosfera bosimida oddiy haydash usulidan foydalaniladi.
3.Organik moddalar tozalash va murakkab aralashmalarni ayrim komponentlarga ajratishda keng qo’llaniladigan usullardan biri suv bug’i bilan haydashdir. Suvda qiyin eriydigan yoki aralashmaydigan, suv bilan reaksiyaga kirishmaydigan xamda qaynash temperaturasigacha qizdirilganda parchalanib boshlaydigan moddalar suv buogi bilan haydaladi.
4.Aralashmani haydab turli haroratda qaynaydigan suyukliklarni ayrim - ayrim idishlarga yig’ib olish usuli fraktsiyali haydash usuli deb ataladi.
Qayta fraktsiyalab haydash yo’li bilan aralashma tarkibiy qismlarga ajratiladi. Aralashma xolda bo’lgan suyuqliklarni bir necha fraktsiyalarga ajratishda xamda fraktsiyalarni qaytadan kondensatlashda deflegmator, deflegmatorli kolbalardan va rektifikatsion kolonkalardan foydalaniladi. Deflegmatorda suyuqlik yuqori ko’tarilgan sari, uning keng qismlaridagi suyuqlikning qaynash harorati pasayib boradi.
5.Ketma-ket haydash deganda, bir quvur orqali bir nechta turdagi neft mahsulotlarini iste'molchilarga tartibli jo'natish tushuniladi. Amalda mahsulotlarni bir yo'nalish bo'yicha quvur orqali haydash kerak bo'lsa ketma-ket haydash usulidan foydalaniladi.
6.Hozirgi paytda dunyo bo'yicha 50 ga yaqin issiq magistral quvurlar mavjud bo'lib, ular orqali yuqori qovushqoqli neftlar isitilib haydaladi. Shulardan bin eng katta (uzunligi va diametri bo'yicha) issiq quvur Uzen-Samara magistral neft quvuridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
X.R.RUSTAMOV. ‘’FIZIK KIMYO’’ T-1978 y.
X. U. USMANOV. ‘’FIZIK KIMYO’’ T-1974 y.
K.B.MISHCHENKO “FIZIK KIMYODAN AMALIY MASHG’ULOTLAR” T-1998 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |