Ko`rgazmali qurollar: savol-javob kartochkalari, geografiya darsligi, xarita, ko`rgazmali qurollar
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Geografiya dasrligi va plakat tayyorlab qo`yiladi, topshiriqlar yozilgan tarqatmalar ishga hozirlab qo`yiladi.
Tashkiliy qism
|
5daqiqa
|
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
Yangi darsga tayyorgarlik
|
3 daqiqa
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Dars izchilligi
|
5 daqiqa
|
Darsning borishi:
O`qituvchi oquvchilar bilan salomlashib davomatni aniqlaydi. Bu mavzu materiali tanishtirish xarakteriga ega. Uning bayonini darslik matniga muvofiq olib borish tavsiya etiladi.
Dars suhbat va savol-javob asosida olib boriladi.
O`qituvchi doskaga mavzuga oid ko`rgazmali qurollarni iladi.
YANGI MAVZUNI YORITISH:
O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINI HUDUDIY TASHKIL ETISH VA IQTISODIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH
O'zbekiston hududining har bir qismlari geografik o'rnining betakrorligidan, birinchi navbatda tabiiy sharoiti va boyliklari, aholining mehnat faoliyati hamda turmush tarzining o'ziga xosligi shakllangan. Iqtisodiyot asosan joyning mahalliy tabiiy boyliklari zaminida rivojlangan. Transportning takomillashuviga qarab iqtisodiyot ba'zi joylarda chetdan keltirilgan xomashyo asosida shakllangan. Ilmiy kashfiyotlar hamda malakali kadrlar asosan yirik shaharlardagi ilmiy muasssalarda tayyorlanadi. Shunga muvofiq ilm va mamlakat talab ishlab chiqarishlar shaharlarda rivojlansa, boshqa joylar qishloq xo'jaligi yoki sanoat xomashyosi yetkazib beradi. Mamlakatning ayrim qismlari o'rtasida mehnatning ana shunday taqsimlanishi geografik yoki hududiy mehnat taqsimoti deyiladi.
Ma'lum vaqt o'tib hududlarning ixtisoslashuvida o'zgarishlar ro'y berishi mumkin. Masalan, Qashqadaryo hududida neft va gaz konlari ochilib, ishga tushirilgach, bu hududda yangi ixtisoslashgan ishlab chiqarish shakllandi. O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgandan so'ng don mahsulotlari bilan o'zini o'zi ta'minlash vazifasi qo'yildi. Natijada viloyatlarda ko'plab g'alla ekila boshlandi. Oqibatda shu viloyatlar paxtachilikdan tashqari g'allachilikka ham ixtisoslashdi.
Mehnatning geografik taqsimlanishi asosida o'z ixtisoslashuviga ko'ra bir-biridan farq qiluvchi hududlar -iqtisodiy geografik rayonlar yuzaga keladi. Iqtisodiy geografik rayon (hudud)lar uchun butun mamlakat miqyosida ixtisoslashuv xos bo'lib, mahsulot almashinuvi juda keng qamrovda amalga oshadi. Bunday rayonlarning bir necha ixtisoslashgan tarmoqlari boiishi ham mumkin.
Mamlakat miqyosida ixtisoslashgan loqni qanday aniqiash mumkin ; Buning uchun dastlab rayondagi aholi sonining butun mamlakat aholisi sonidagi salmog'i aniqlanadi. So'ng rayonda ishlab chiqarilayotgan mahsulot mamlakatda ishlab chiqarilayotgan o'shanday mah-sulotning necha foizini tashkil etishi aniqlanadi. Nihoyat, bu ko'rsatkich aholi soni bo'yicha ko'rsatkichga boiinadi. Shunda bo'linma birdan ortiq bo'lsa, bu rayon o'sha mahsulot bo'yicha mamlakat miqyosida ixtisoslashgan hisoblanadi. Bundan tashqari, ixtisoslashish imkoniyati transportga (axir transportsiz mahsulot ayirboshlash mumkin emas-ku!) va mahsulotni tashish xarajatlariga ham bog'liq.
Rayondagi ishlab chiqarish korxonaiarining muayyan qismigina ixtisoslashgan tarmoqlarga kiradi. Qolganlari esa ixtisoslashgan tarmoqqa xizmat qiluvchi, yordar.
Bu barcha tarmoqlar uchun energetika va suv ta'minoti, transport tarmoqlari va hudud umumiy bo'lib, ishJab chiqarish jarayonida o'zaro aloqada bo'ladi. Demak, iqtisodiy geografi rayonlar ixtisosi bilangina emas, balki xo'jalikning majmuali rivojlanishi bilan ham ajralib turadi.
Iqtisodiy geografik rayon: a) geografik o'mi o'ziga xos; b) mamlakat miqyosida ixtisoslashgan; d) majmuali xo'jalik shakllangan; e) tabiiy boyliklar hamda ishchi kuchi bilan ta'minlanishida boshqa rayonlardan farqlanuvchi hududlardir.
Bunga o'zaro bog'langan korxonalarni yagona transport, energetika va qurilish bazalari bilan uyg'un (kooperativlash, kombinatlash asosida) joylashtirilish hisobiga, shuning-dek, tabiiy boyliklardan va ish kuchlaridan, ikkilamchi xomashyo hamda chiqindilardan oqilona foydalanish hisobiga erishiladi.
HICHMlar tabiiy boyliklari ko'p hududlarni tezroq va tejamliroq o'zlashtirishga imkon beradi. Har bir HICHM egallagan maydoni va tarmoqlarining tarkibiga ko'ra boshqasidan farq qiladi. Tarmoqlararo majmualar takomiliashganlik darajasi bo'yicha ham bir-biridan farqlanadi.
Darsning yakuni:
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash.
O`quvchilarga otilgan mavzu yuzasidan darslikdagi savollar orqali murojaat qilinadi va mavzu interfaol usulda mustahkamlanadi. Mavzu bo`yicha savollar berilib ogzaki suhbat asosida o`quvchilar bilimi aniqlanadi va umumiy topshiriqlar beriladi.
Uyga vazifa.
1. Darslikdan berilgan mavzuni o`qib takrorlab kelish.
2. Xarita bilan mustaqil ishlash
Do'stlaringiz bilan baham: |