Размеры (Dimension) (8)- o`lcham ko`rsatkichlarini qo`yish, stil va parametrlarini o`zgartirish;
Редактировать (Modify) (9)- chizma elementlarini o`zgartirish va taxrir qilish;
Окно (Window) (10)- bir vaqtda foydalanishda bo`lgan axborotlardan foydalanish;
Параметризация (Parametric) (11)- ish stolida joylashgan bir necha ob’yektlarni tomonlari bo`yicha o`zaro taqqoslash, tekshirish;
Помощь (Help) (11)- ingliz tilida kuchli gipertekstli eslatmalar (AutoCAD dasturi va buyruqlari xaqida ma’lumotlar).
Standart asboblar paneli, u ekranning yuqorisida ikkinchi qatorda joylashadi (2-rasm).
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24
2-rasm. Standart asboblar paneli
«Yaratish» (rus. Создать) (1)-yangi faylni yaratish buyrug`i;
“Ochish” (rus. Открыть) (2)-mavjud faylni ochish, tizim xotirasidan izlash va ochish buyrug`i;
“Saqlash” (rus. Сохранить) (3)-fayllarni tizim xotirasiga saqlash buyrug`i;
“Chop etish” (rus. Печать) (4)- tayyor chizmani qog`ozga chiqarish, chop etish buyrug`i;
“Dastlabki namoyish” (rus. Предварительный просмотр) (5)- tayyor chizmani qog`ozga chop etishdan avval uni chizma formatida joylashuvini ko`zdan kechirish buyrug`i;
“Topish va almashtirish” (rus. Найти и заменить) (6)-chizmadagi so`z va jumlalarni topib boshqasiga almashtirish buyrug`i;
“Buferga qirqib olish” (rus. Вырезать в буфер) (7)-chizmadan belgilab olingan elementlar (chizma)ni «Windows» buferiga kesib olish buyrug`i;
“Buferga nusxa olish” (rus. Копировать в буфер) (8)-tanlab olingan elementlar nusxasini «Windows» buferiga olish buyrug`i;
“Buferdan olib qo`yish” (rus. Вставить из буфера) (9)-«Windows» buferidan nusxalarni chiqarib qo`yish buyrug`i;
“Matematik xossalar” (rus. Математические свойства) (10)-ob’yekt haqida ma’lumotlar buyrug`i;
“Bekor qilish” (rus. Отменить) (11)-oxirgi amalni bekor kilish buyrug`i;
“Qaytarish” (rus. Повторить) (12)-oxirgi bekor kilingan amalni kayta tiklash buyrug`i;
“Ilova qo`yish” (rus. Вставить ссылку) (13)- o`zga faylga ko`rsatma berish buyrug`i;
“Vaqtinchalik trassirovka nuqtasi” (rus. Временная точка трассировки) (14)-ob’yektlarni bog`lovchi buyruqlar ro`yxatini ochish buyrug`i;
“PSK-koordinatalardan foydalanish” (15) tizimida ishlash buyrug`i;
“Masofa” (rus. Расстояние) (16)- masofani, XY tekisligida burchakni va nisbiy burchakni, DX, DY, DZ larni aniqlash buyrug`i;
“Barchasini qayta chizish” (rus. Перечертить все) (17)- ekranda chizmani qayta chizish buyrug`i;
“Ko`rish dialog nuqtasi” (rus. Диалог точки вида) (18)- bir nechta ko`rinishlar ekranini yaratish buyrug`i. Masalan, ob’yektni usti, oldi va yon tomonidan ko`rinishlarni;
“Tanlangan ko`rinishlar” (rus. Именованные виды) (19)- ko`rinishlarni almashtirish buyrug`i. Masalan, ust tomondan ko`rinishni izometriyaga almashtirish;
«3D Orbita» (20)-fazoda 3D ob’yektini burish buyrug`i;
“Real vaqt panoramasi” (rus. Панорама реального времени) (21)- ob’yektniish stolida istalgan joyga siljitish buyrug`i;
“Real vaqt masshtabi” (rus. Масштаб реального времени) (22)-ayni vaqtda ob’yekt ko`rinishini kattalashtirish yoki kichiklashtirish buyrug`i;
“Masshtabni o`zgartirish oynasi” (rus. Окно изменения масштаба) (23)- masshtabni kattalashtirish yoki kichiklashtirish uskunalarini tanlash buyrug`i. Masalan, chizmaning kichik bir bo`lagini ish stoliga moslab kattalashtiradi;
“Avvalgi masshtab” (rus. Предыдущий масштаб) (24)- dastlabki masshtabga qaytish buyrug`i.
Do'stlaringiz bilan baham: |