14-modda. Yashirin reklama . Yashirin reklama iste'molchining idrokiga uning
o‘zi anglamagan holda ta'sir o‘tkazadigan, shu jumladan, maxsus videoilovalardan
(qo‘sh ovozli yozuvdan) foydalanish yo‘li bilan hamda boshqa usullar bilan ta'sir
o‘tkazadigan reklamadir.Yashirin reklamadan radio-, tele-, video-, audio- va kino mahsulotida,
shuningdek boshqa mahsulotda foydalanishga va uni o‘zga usullar bilan
tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Reklamani yashirin deb topish to‘g‘risidagi qarorni vakolatli davlat organi
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qiladi. (O‘zR 17.09.2010 y. O‘RQ-
259-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
15-modda. Qiyosiy reklama. Qiyosiy reklama - raqobatchiga yoki uning
tomonidan taqdim etilayotgan muayyan bir turdagi mahsulotga bevosita yoki
bilvosita aynanlashtiriladigan reklamadir.
Agar reklamada mahsulotning moddiy, muhim, ishonchli xossalari xolisona
va insofli taqqoslansa, agar bunda reklama undan foydalanuvchini chalg‘itib
qo‘ymasa va chalg‘itib qo‘yishi ham mumkin bo‘lmasa, reklama beruvchi bilan
raqobatchining shaxsi yoki reklama beruvchining va raqobatchining tovar belgilari
(xizmat ko‘rsatish belgilari), firma nomi, mahsuloti aralashib ketmasa hamda
raqobatchining ishchanlik obro‘sini yoki uning tovar belgisini (xizmat ko‘rsatish
belgisini), firma nomini, mahsuloti yoki faoliyatini badnom etmasa, qiyosiy
reklamaga yo‘l qo‘yiladi.
16-modda. Ijtimoiy reklamali axborot. Ijtimoiy reklamali axborot sog‘liqni
saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya resurslarini saqlab qolish,
huquqbuzarliklarning oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish va xavfsizligini
ta'minlash, ma'naviyat va ma'rifat masalalariga doir axborot, shuningdek notijorat
yo‘sindagi boshqa axborotdir.
Shaxslarning ijtimoiy reklamali axborotni tekinga tayyorlash va tarqatishga
doir faoliyati, o‘z mol-mulkini (shu jumladan, pul mablag‘larini) ijtimoiy reklamali
axborot tayyorlash va tarqatish uchun boshqa shaxslarga berishi hayriya faoliyati
deb e'tirof etiladi. Bunday shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
imtiyozlardan foydalanadilar.
Reklama tarqatuvchilar reklama uchun ajratilgan efir vaqti, nashr yoki
reklama maydoni umumiy yillik hajmining 5 foizidan kam bo‘lmagan hajmda
ijtimoiy reklamali axborotni joylashtirishi shart. Bunda faoliyati O‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan to‘liq yoki qisman moliyalashtiriladigan
reklama tarqatuvchilar ijtimoiy reklamali axborotni bepul joylashtiradi. (O‘zR
10.04.2008 y. O‘RQ-150-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)
Do'stlaringiz bilan baham: |