YOng’in xavfsizligi – ob`ektda yong’in paydo bo`lish xavfini oldini olish, shuningdek moddiy boyliklarni muhofaza qilishdan iborat.
Ishlab chiqarish sanitariyasi – ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta`sirini oldini oladigan chora-tadbirlar va texnika vositalari sistemasi.
Ishlab chiqarishdagi xavfli omil – ishlab chiqarishda ishlovchilarga muayyan sharoitlarda ta`sir etganda shikastlanishga yoki sog’liqning keskin yomonlashuviga olib keladigan omil. Harakatlanayotgan mashina, mexanizm, yuk ko`tarish vositalari bilan ko`tariladigan yuk, mashina va mexanizmlarning muhofazalanmagan aylanuvchi, ilgarilanma-qaytma harakat qiluvchi qismlar (kardanli, zanjirli, tishli, tasmali, friktsion uzatma)ning harakati xavfli omillar qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |