5- rasm. O‘lchovchi pult paneli:
1- o‘lchovchi asbobi shkalasi; 2- o‘lchash pulti; 3- shkalani yorituvchi tumbler;
4- poddiopozonlarni o‘zgatiruvchi; 5- birlashtiruvchi kabel; 6- nolga keltiruvchi vint; 7- telefon ulanadigan joy; 8- ko‘rsatishlari o‘chiradigan knopka; 9- “Rejim” ruchkasi (rejimni boshqaruvchi potensiometr).
Asbob zondi teshigiga suvga chidamli etilsellyuloza plenkasi yopishtirilgan va shu plyonka orqali betta-zarrachalar o‘tganda beta-nurlanishlarini aniqlaydigan korpusdan tashkil topgan. Korpusga kesib olingan buriluvchi metall ekran o‘rnatilgan. ekran «B» holatga burilganda korpus teshigi ochiladi va betta-zarrachalar o‘lchagichga o‘tadi. «G» holatda korpus teshigi ekran bilan yopiladi va o‘lchagichga faqat gamma-nurlar kirishi mumkin. «B» va «G» holatlarda ekran fiksatorlar bilan mahkamlanadi.
Zond korpusi ichida plata bo‘lib, unga gazorazryad o‘lchagichlari (SS-5 va SIZBG), kuchaytiruvchi - normallashtiruvchi va elektr sxemasi o‘rnatilgan. O‘lchagichlar gamma-kvantlar va betta-zarrachalar ta’sirida elektr impulslari chiqaradi, bu impulslar kuchaytiruvchi normallashtiruvchiga o‘tadi.
O‘lchashga qulay bo‘lishi uchun zondga tutqich mahkamlangan, unga uzaytiruvchi shtanga ulash mumkin.
O‘lchaydigan pult panel va kojuxdan tashkil topgan (9-rasm). Panel ikki xil shkalali mikroampermetr (tepadagisi 0 ligi5 mR/s va pastkisi 5dan 200 R/s gacha), poddiapazonlarni o‘zgartiruvchi, rejimni boshqaruvchi poten-siometr, ko‘rsatishlarni almashtiruvchi knopka, shkala yorituvchi tumbler, nolga keltiruvchi vint, telefoni ulaydigan joydan iborat. Panelga zond bilan o‘lchaydigan pultni birlashtiruvchi kabel ulangan. Panel kojuxga maxsus vintlar bilan mahkamlanadi.
Kojux ostida oziqlanish manbai -uchta elementni qo‘yish uchun joy bor. Oziqlanish elementlari yo‘q bo‘lganda, 3- 12 V akkumulyatorlardan keluvchi kuchlanishni bo‘luvchi 10 m uzunlikdagi kabelni ulash mumkin.
Poddiapazonlarni o‘zgartiruvchining yuqoridagi holatlari bor; «vikl», «rej», 100, X1000, X100, X10, XI, X0,1. Ulardan asbobni kuzatishda va gamma-nurlanish dozalar quvvati har xil kattaligini o‘lchashda foydalaniladi.
O‘lchash shkalalari. YUqoridagi shkala gamma-nurlanishning doza quvvatni X1OO, X100, X10, XI, X0,1 poddiapazonlarda o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Bunda zond ekrani «G» holatda bo‘lishi kerak .Zond oynasi ochiq holda («B» holat) tekshirilayotgan ob’ektdan 1—1,5 sm masofada betta-nurlanish mavjudligi aniqlanadi. Bunda gamma va betta-nurlanishlarning umumiy dozasi o‘lchanadi.
Teppadagi shkalada qopaga bo‘yalgan uchburchak va yoy bo‘lib, ulardan asbobni sozlashda foydalaniladi. Doza quvvati 5 R/s bo‘lganda, tepadagi shkala bo‘yicha o‘lchanadi. Rejimni yulga solib turuvchi potensiometr asbobga uzatilayotgan elektroenergiyani moslab turadi va ulaydi.
Ko‘rsatishlarni olib tashlovchi knopka qayta o‘lchash talab etilganda asbob strelkasini tezda nol holatiga, keltirish uchun xizmat qiladi. SHkalani yorituvchi tumbler qorong‘ida ishlaganda shkalani yoritadigan lampochkani ulaydi.
O‘lchov asbobi strelkasi nolga qaytmasa ko‘rsatish olib tashlanganda nolga keltiruvchi vintdan foydalaniladi. Moslash uchun saqlovchi vint echib olinib, uning tagida turgan ikkinchi vintni burash bilan strelkani nol holatiga qo‘yiladi. So‘ng echib olingan saqlovchi vint joyiga qayta burab qo‘yiladi.
Abobni ishlatish uchun 1,6-PMS-X-1,05 (KB-1) turidagi 2 elementdan foydalaniladi. Uchinchi element shkala yoritilishidagi lampochkaga energiya beradi. 3, 6 va 12 V kuchlanishli boshqa o‘zgarmas tokli oziqlanish manbaidan ham (masalan, akkumulyator) foydalanish mumkin. Ko‘rsatilgan oziqlanishda o‘lchagichga 390—400 V kuchlanish elektr toki beriladi. Oziqlanish jamlamasi yangi elementlardan foydalanganda asbobning 40 soat mobaynida uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
TG-7M turidagi telefon kichik o‘lchamli va boshqalari yumshoq materialdan bo‘lgan ikkita telefondan tashkil topgan. Bular radioaktivlikning borligini tovush orqali aniqlashda qo‘llaniladi: radiatsiya darajasi yuqori bo‘lsa, shuncha tovush belgilari eshitiladi. 200 poddiapazondan tashqari hamma poddiapazonlarda ishlaydi.
Qutti asbobni olib yurish vato‘liq jamlamani saqlashga mo‘ljallangan.
Ehtiyot qismlardan asbob jamlamasiga prokladka, vintlar, qalpoqchalar, zond uchun chexollar, qizdirish lampochkalari va otvyortkalar kiradi.
Hujjatlari — ishlatish bo‘yicha yo‘l-yuriq (instruksiya) bilan texnik ko‘rsatmasi va formulalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |