OUB-3 (UBO`O`-3), OUB-7 (UBO`O`-7) xildagi uglekislotali-brometilli o`t o`chirgichlarni tuzilishi va ishlash printsiplari bilan tanishish.
OUB-3 (UBO`O`-3), OUB-7 (UBO`O`-7) o`t o`chirgichlari barcha turdagi yonuvchi va eriydigan mahsulotlarni unchalik katta bo`lmagan yong’inlarni, shuningdek 380 V kuchlanish ostidagi elektr qurilmalaridagi yong’inni o`chirish uchun mo`ljallangan. Bu o`t o`chirgichlar ishqorli, ishqoriy metallar va ularni asosidagi qotishmalardagi yong’inni o`chirishga yaroqsizdir, chunki bu holatda portlash yoki yong’inni kuchayishi vujudga kelishi mumkin, shuningdek havosiz holatda ham yonuvchi boshqa materiallarni o`chirish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Bunday o`t o`chirgichlar - 60oS dan +55oS gacha bo`lgan haroratda qo`llaniladi.
OUB-3 (UBO`O`-3), OUB-7 (UBO`O`-7) o`t o`chirgichlari yupqa devorli ballon 1 dan iborat bo`lib, ballon ichiga sifonli quvur 2 va purkagichli (ishga tushiruvchi kallak) dastak o`rnatilgan .
O`t o`chiruvchi zaryad sifatida 4ND tarkib (97%) bronli etil va 3% suyuq uglerod ikki oksidi) qo`llaniladi. O`t o`chirgich qobig’ini ichiga zaryadni yuborish uchun 0,8 MPa bosim ostida havo so`riladi (tortiladi). O`t o`chirgich samaradorligi brometil yordamida yonish reaktsiyasini kimyoviy tormozlantirish orqali erishiladi, uning samarasi uglekislotali o`t o`chirgichlarga nisbatan bir necha marta yuqori. Sepishni yaxshilash uchun zaryadga uglerod ikki oksidi qo`shiladi.
O`t o`chirgichni ishga tushirishda halqali saqlagich chekani chiqarib olish kerak, ishlatish dastasi (richag) 5ni bosing, u shtok 6 yordamida tiralish (bekitish) klapani 3 ni ochadi. qisilgan havo ta`sirida zaryad sifon quvur 2 bo`ylab o`tadi va kichkina dispersli aerozol ko`rinishida sachratkich 4 orqali tashqariga chiqarib tashlanadi.
OUB-3 (UBO`O`-3) o`t o`chirgichini hajmi 3,2 l ga teng, OUB-7 (UBO`O`-7) o`t o`chirgichini hajmi esa, 7,4 l, massalari 3,5 va 8,0 kg ga teng, chiqarib tashlash (purkash) vaqti 20 va 30 sek, purkash uzunligi 3- 4 m ga teng.
a) O`t o`chirgich OUB-3:
1-Qobiq; 2-Sifonli quvur (trubka); 3-Klapan; 4-Sachratgich; 5-Ishga tushirish dastagi; 6-SHtok.
b) OP-1 «Moment-2P» o`t o`chirgichi:
1-plastmassa qobiq; 2-sifonli quvur; 3-havoli baloncha; 4-stakan qobig’i; 5-gazli ballon mebranasi; 6-klapan; 7- teshikli moslama; 8-shtok; 9-qopqoq; 10-dastakli uchi; 12-kallak; 13-teshik;
v) OP-10 A o`t o`chirgichi: 1-po`lat qobiq; 2-po`lat quvur; 3- quvur; 4-prorezina shlang; 5-membrana; 6-cheka 7-dastak; 8-ignali shtok; 9-gaz balloncha 10-dastak; 11-pistolet; 12-teshikli moslama
OP-1 «Moment-2P» va OP-10A kukunli o`t o`chirgichlarning tuzilishi va
ishlash printsipi bilan tanishish.
Kukunli o`t o`chirgichlar tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni, yonuvchi qattiq materiallarni, ishqorli metallarni, kuchlanish ostida qolgan qurilmalarni, shuningdek qimmatbaho materiallari bo`lgan xonalardagi yong’inni o`chirish uchun mo`ljallangan. kukunli o`t o`chirgichlarning ishchi zaryadi sifatida eng ko`p tarqalgan kukunlar PSB-3 (natriy gidrokarbonati, aerosil va nefelinli kontsentrat), P-1A (ammofos va aerosil), PF (fosfor – ammoniyli tuzlari, aerosil va tal’k), PS (natriy karbonati, grafit), SI-2 (silikagel’ MSK. fladon 114V2) va boshqalar qo`llaniladi. Kukun o`t o`chirgichni ichidan ishchi gazning ortiqcha bosimi ta`sirida otilib chiqadi (uglerod ikki oksidi, azot, havo).
Zaryadning o`t o`chiruvchanlik samarasi yonishni kimyoviy reaktsiyasini tormozlanishi va yonish zonasida kukunni erigan mahsulotlari bilan kislorod kontsentratsiyasining aralashuviga asoslangan.
OP-1 «Moment-2P» o`t o`chirgich hajmi 1 litr bo`lgan plastmassali qobiqdan iborat bo`lib, unga kukunli tarkib joylashtirilgan. Qobiqqa kallak 12 burab qotirilgan. Kallak esa o`t o`chirgichni ishga tushuruvchi dastak shtok 8 klapan 6 va igna bilan, ishchi gazli (uglerod ikki oksidi) balloncha 3 uchun stakancha qobig’i 4 va sifonli quvur 2 o`rnatilgan.
O`t o`chirgichni ishga tushirish uchun dastak 11 ni oxirigacha tezda yuqoriga ko`tarish kerak. Buning natijasida dastakni uchi (dumi) 10 shtok 8 ni bosadi. SHtok prujinani siqib pastga harakatlanadi, klapan 6 ni ochadi va igna gazli balloncha membranasi 5 ni teshadi. Ballonchadan gaz sifonli quvur 2 bo`yicha o`t o`chirgich 1 ni qobig’iga o`tadi, kukunli tarkibni qo`zg’atib, harakatga keltiradi. SHunda prujina va gaz bosimini ta`siri ostida klapan 6 yana bekiladi (yopiladi). Dastak 11 ni keyingi ko`tarilishi davomida kukun, teshikli moslama (nasadka) 7 orqali chiqarib tashlanadi, dastakni tushirilishi kukunni uzatilishini to`xtatadi.
O`t o`chirgichni kukunli zaryad massasi 0,9 kg, zaryadni chiqarish vaqti 6-8 sek, ballondagi gaz bosimi 0,8 MPa, o`t o`chirgichni qobig’idagi bosim 0,6 MPa. Foydalaniladigan haroratni chegarasi – 25oS dan +35oS gacha.
OP-10A kukun tarkibli o`t o`chirgich po`lat qobiq 1 dan iborat bo`ladi. Kukunni chiqarib tashlash uchun ishchi gazli balloncha 9 ning qobiqqa o`rnatilgan. Ballonchaga gazni membrana 5 saqlab turadi. O`t o`chirgichni ishga tushirish uchun tamg’ani uzib va cheka 6 ni tortish kerak. SHunda chekani qobiqli qismi ignali 8 shtokni harakatlantiradi, u esa gazli ballonchani 9 membranasi 5 ni teshadi. Ballonchadan gaz chiqib, quvur 3 bo`ylab o`tadi va o`t o`chirgichni qobig’iga tushadi, kukunli tarkibni qo`zg’atib harakatlantiradi va po`lat quvur 2 bo`ylab, keyin esa egiluvchan prorezin shlanga 4 bo`ylab tiraluvchi pistolet 11 ga boradi. Dastak 10 ni bosgandan keyin klapan ochiladi va kukunli tarkib teshikli moslama (nasadka) 12 orqali tashqariga chiqarib tashlanadi.
O`t o`chirgichni zaryadli massasi 10 kg, boshlang’ich ishchi bosimi 1,2 MPa, faoliyat davomiyligi 18- 20 s. Foydalaniladigan harorat chegarasi _+50oS.
Havo-mexanik ko`pikni karraligini aniqlash.
Ko`rish oynasiga ko`rsatilgan o`lchov lineykasi 6 (rasm16) bo`yicha bak 5 da ko`pik hosil qiluvchi xajmni belgilang. Kerak bo`lganda 6% li ko`pik hosil qiluvchi eritmadan hajmi 4-5 l gacha quying.
Elektrodvigatelni ishga tushiring. SHunda ko`pik hosil qiluvchi eritma nasos bilan ko`piklantiruvchi moslama (nasadka) 1 ga uzatiladi, bu erda u mayda tomchilarga bo`linadi, havo so`riladi, u bilan intensiv aralashtiriladi, to`rlar majmuasi orqali majburan o`tkaziladi va undan ko`pik ko`rinishida chiqadi.
O`lchov lineykasi 4 bo`yicha ko`pik hajmini belgilang. Formula bo`yicha havo-mexanik ko`pikni karraligini aniqlang:
K = QP / Qs
bu erda: QP – olingan ko`pikni hajmi, L ;
Qs – sarflangan ko`pik hosil qiluvchini hajmi, L:
O`t o`chirgich bilan yong’in o`chog’ini o`chirish.
O`qituvchidan yonuvchi moddani oling (yog’och, moyli latta va h.k.) uni yonish kamerasining ostiga joylashtiring.
OU-2 o`t o`chirgichini ishlashga tayyorlang va uni kamerani yoniga o`rnating.
YOnuvchi moddani yoqing, u yaxshi yonishi bilan o`t o`chirgichni ishga tushirish dastagini bosing, kengaytirgich quvurni yong’in o`chog’iga yo`naltiring. YOnish to`liq to`xtagan holda uglerod ikki oksidini uzatishni to`xtating.
Do'stlaringiz bilan baham: |