O'ZBEKISTON AHOLISINING O'LCHAMLAR TIPOLOGIYASI
Uzoq yillar davomida antropometrik izlanishlar olib borilgan va ommaviy kiyim tayyorlash uchun zarur bo'lgan erkaklar va ayollar qomatlari uchun bo'y va o'lcham shakllari foizlarda taqsimlanishi ishlab chiqilgan.
Shkalalar savdo uchun tikiladigan sanoat mahsulotlarining buyurtmalarini tayyorlashda asos qilib olingan. Odam tanasining o'lchov xarakteristikasi, odatda, o'lchov belgilari deb ataluvchi bir qator alohida o'lchamlar tarzida belgilangan. Ularning o'rta-cha qiymati maxsus dasturlar asosida olib boriladigan ommaviy antropologik tekshirishlar yo'li bilan aniqlangan.
Oxirgi yillarda antropologik o'lchash dasturining rivojlani-shini ko'rib chiqqan holda, ularni tayyorlash faqatgina o'lchash belgilarining soni bilan farq qilganligini ko'rish mumkin.
Barcha dasturlar belgilangan asosiy dastur belgilarini yaqin-lashuvchi, ya'ni kontakt usullari bilan olishni ta'minlagan. Ajra-tilgan qomatning plastik obrazi, tuzilishi to'g'risidagi mavjud us-lublar bo'yicha, qomatni grafik asosida tasvirlash biroz qiyin.
Kontakt usullar yordamida odam tanasini o'lchash uchun, antropometr, yo'g'on sirkul, goniometr, yoysimon konturograf, santimetrli tasma va boshqa asboblardan foydalaniladi.
Bu o'lcham belgilari chiziqli kattaliklar haqida ma'lumot beradi, lekin odam tanasining umumiy tashqi tuzilishi xarakteristi-kasini bermaydi. Bundan tashqari kontakt usullarning muhim kamchiligi, bu o'lchov asboblari yumshoq tanaga tekkanda deformatsiyaga uchrashi natijasida unchalik aniq qiymat kelib chiqmasligidir. Turli obyektlarni kontaktsiz o'lchash uchun antropometrik izlanishlarda stereofotografometriya tasvirlariga asos-langan fotografometriya qo'llaniladi.
Fotografometrik tasvirlar orqali obyektlarning fazoviy holati, o'lchamlari va shakli o'rganiladi.
Markaziy tikuvchilik ishlab chiqarish ilmiy tadqiqot instituti (SNIIShP) tomonidan Markaziy Osiyo xalqlari uchun tipik qomatlarning foizlarda taqsimlanish shkalalari yaratilgan, lekin ular zamon talablariga javob bermaydi, ya'ni ishlab chiqarilayot-gan kiyimlarning o'lcham-bo'y assortimenti o'rta va to'la guruh talablariga javob bermaydi.
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutining «Tikuv buyumlarini loyihalash va dizayn» kafedrasi xodimlari MDU ning amaliy antropologiya ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda tipik qomatlarning ilmiy asoslangan, foizlarda taqsimlangan shkalalarini yaratish maqsadida O'zbekiston aholisi (erkaklari) orasida o'lchash ishlari olib borildi va o'lcham tipo-logiyasi aniqlashtirildi.
Buning uchun O'zbekiston shahar va qishloqlaridagi erkak aholini o'lchash maqsadida maxsus dastur yaratildi. Bunda odam qomatini xarakterlovchi 46 ta o'lchov belgisini aniqlash ko'zda tutilgan. Qomatni kontaktsiz o'lchash uchun «Kontur-256» as-bobi yaratilgan.
Aholi o'lchangandan keyin asosiy parametrlarni taqqoslash va yakuniy aniqlash bo'yicha olingan ma'lumotlarning statistik tahlili o'tkazilgan. O'rtacha arifmetik kattalik, o'rtacha kvadratik chetlanish, korrelyatsiya koeffitsiyenti kabi asosiy statistik ko'rsatkichlar tahlil qilib chiqilgan.
Barcha antropometrik belgilar 4 ta guruhga ajratilgan:
1 — bo'ylama belgilar. Unga uzunliklar, nuqtalarning poldan balandligi kiritilgan;
2 — aylanalar;
3 — diametrlar;
4 - qolgan barcha o'lcham belgilari.
Berilgan belgilar bo'yicha asosiy antropometrik belgilarning o'rta arifmetik qiymati aniqlangan. O'zbekiston erkaklari antropometrik belgilarining o'rtacha arifmetik qiymati xorij erkaklari belgisidan kam, lekin MDH erkaklari belgisidan ko'p.
M-xorij erkaklari > M—O'zbekiston erkaklari > M—MDH erkaklari.
Tanlovda belgining o'zgarishi bo'yicha yanada aniqroq xa-rakteristika olish uchun o'rtacha arifmetik kattaliklardan o'rtacha kvadratik chetlanish ham hisoblab chiqilgan. Bu yerda o'rtacha kvadratik chetlanishda O'zbekiston erkaklari o'lcham belgisi xorij erkaklari belgisidan kichik, lekin MDH erkaklari belgisidan katta.
o—xorij erkaklari > o—O'zbekiston erkaklari > o—MDH erkaklari.
6.13-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |