Poyafzal va tikuvchilik korxonalari asosiy sexlaridagi xavfli zonalar.
Poyafzal va tikuv fabrikalari odam xayotini yengillashtiruvchi, uni muxofaza kiluvchi xilma-xil, kupincha ancha murakkab uskuna va moslamalar bilan ta’minlangan. Bu uskunalarning ishi turli xil energiyalari (gaz, bug, elektr va x.k) qo’llash, o’tkir, agressiv, portlash xavfi mavjud materiallarni qo’llash bilan bajariladi. Kupgina mexanizmlar murakkab xarakatlarni bajaradilar, shuning uchun ular bilan ishlaganda ish joylarida xavfli xudud paydo bo’ladi. Xavfli xuxud uskunalarning ayrim qismlaridan ishlov berilayotgan materialning mayda bulaklari (kirindilar), buglar, gazlar, chang va sh.u. zararliklar ajralib chiqish bilan xam xarakatalandi. Bu xududlarda doimiy ravishda yoki vaqt-vaqti bilan ishlovchilarning xayoti va sogligiga xavf tugdiruvchi omillar paydo bulib turadi.
Uskunalarning xar kanday xarakatlanuvchi qismlari unda ishlovchi ishchi uchun ma’lum ma’noda xavf tugdiradi. To’g’ri loyihalangan uskuna uning xavfli joylariga ishchining biror a’zosi (kuchi, oyogi va x.k.) kirib ketishini ogoxlantiruvchilar o’rnatilgan.
Uskunalarning xarakatlanuvchi chikib turuvchi qismlari qancha kam bulsa, unda ishlovchi ishchini jiddiy jaroxatlarga olib keluvchi, kiymini, sochlarini va boshka a’zolarini olib ketish xodisalari shuncha kamayadi.
Ishchi uskunaning xavfli xududiga kirib kolishini oldini olish, uni elektr toki ta’’siridan himoyalash, yukori bosimdan, katta tezliklardan, yuklari yukoridan tushirib ketishdan, pastga kulab tushish, kuyib kolish va x.k. lardan saqlash maxsus maksadlar uchun loyihalashgan asbob, moslama va mexanizmlar bilan bajariladi.
Uskuna va agregatlarining ishida xavfli vaziyat paydo bo’lganligi sababli maxsus asboblar va moslamalar (suv satxini ulchovchi, bosimlarini ulchovchi manometrlar, yorug’lik va tovush signallari va x.k.) qo’llaniladi.
Xavfsizlikini ta’minlashda xavfli joylarini ishonchi to’siqlar bilan tusish, blokirovkalar qo’llash, zararli moddalar chikmasligi uchun zichlashtirish (germetezatsiya), apparatlarni kapsullash tadbirlari zamonaviy, progressiv texnik vositalar, usullar hisoblanadi va ular ishlab chiqarishda jaroxat va kasbiy kasalliklarga qarshi kurashishada samarali usullardan sanaladi.
Adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev nutqi
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.:
O`zbekiston, 2017.
А. Қ. Қудратов Меҳнат муҳофазаси. Тошкент- 1995.
А. К. Кудратов. Охрана окружаюшей среди на предприятиях хлопкоочистительной и шелковой промишленности. «Укитувчи» Тошкент - 1995.
А. Қ. Қудратов. Саноат экологияси.Тошкент- 1999.
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Тошкент. 8 декабр 1992 й.
Меҳнатни муҳофаза қилиш тўғисида Ўзбекистон Республикаси қонуни. Тошкент, 6 май 1993 й.
Меҳнат кодекси. Тошкент, 26 май 1996 й.
Қудратов О. Ипакчилик саноатида меҳнат муҳофазаси. Тошкент «Ўзбекистон» 1995 й. 300 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |