YENGIL AVTOMOBIL
–
TAKSILARDA YULOVCHILAR TASHISH
O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidenti maqomiga ega bo‘lish belgilansin. Bunda agregatorlar
tomonidan ushbu talablarni bajarmasdan faoliyatni amalga oshirish holatlari aniqlanganda,
O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu xizmatdan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali
foydalanish maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanadi.
3
. Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga: yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida
“To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga
tutash hududlarda to‘xtash; mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan aeroportlar,
temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo
majmualarining pullik to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;
yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo‘lagi bo‘ylab
harakatlanishga ruxsat etilsin.
4. Yo‘lovchi tashishda foydalanilayotgan avtotransport vositalarining
rangi
va maxsus seriyali
davlat raqami belgisi bo‘yicha o‘rnatilgan amaldagi talablar
2023 yil 1 yanvarga qadar
to‘xtatib
turilsin.
5. Yo‘nalishsiz taksilar uchun avtomobil transportining old oynasining yuqoridagi o‘ng burchagiga
joylashtirilgan yashil rangli yoritish chirog‘i, hisoblagich (taksometr) va radioaloqa vositasi,
shuningdek, nazorat-kassa mashinasini
o‘rnatish
talablari bekor qilinsin
.
6. Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksi va yakka tartibdagi tashuvchilar uchun quyidagi
talablar joriy etiladi:
avtomobil transportining tepasiga “TAXI” tanish belgili to‘q sariq rangli fonar o‘rnatish; to‘lovni
amalga oshirish, shuningdek, bosib o‘tilgan yo‘lni elektron tarzda qayd etish imkoniyatini beruvchi
maxsus ilovalarga ega moslamalar (shu jumladan, uyali telefonlar, planshetlar) bo‘lishi; avtomobil
transportining priborlar panelida avtomobil transportining davlat raqami, yakka tartibdagi tadbirkor
sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi hujjat (yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish uchun
litsenziya/litsenziya varaqasi) va haydovchining telefon raqami ko‘rsatilgan ma’lumotlar
tabli
chkasi mavjud bo‘lishi. Bunda, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar uchun mazkur
bandda nazarda tutilgan talablarga qo‘shimcha ravishda avtomobil transportining yon tomonlariga
Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan sxema bo‘yicha kompozitsiyani aks ettirish talabi
belgilansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |