Yurish texnikasi asoslari. Yurish va yugurish – inson bir joydan ikkinchi joyga kuchishining tabiiy usulidir. Buning asosi qadam (odim)dir. Qadam vositasida odam oyoq muskullaridan foydalanib, erdan depsinib siljiydi. Yurish va yugurish vaqtidagi qadamlar va ularga bogliq bolgan qol va gavda harakatlari tuxtovsiz bir tartibda kup marta takrorlanadi. Bunday takrorlanuvchi harakatlar siklik harakat deyiladi. Kush qadam (ung oyoqda bir qadam va chap oyoqda bir qadam) bir siklni tashkil etadi.
Yurib ketayotgan odam harakat bir sikli davomida erga bir oyogiga tayangan payti (yakka tayanch) ham, yoki ikala oyogida tayangan payti (kush tayanch) ham buladi.Qush qadam davomida har qaysi oyoq bir gal tana uchun tayanch (tayanch oyoq) bulib xizmat qilsa , bir gall silkinib oldinga otadi (silkinch oyoq). Tayanch paytida oyoq tana ogirligini kotarib turadi, uni tutib turadi va olga tomon turtib yuboradi. Yugurganda va yuguruganda oyoq va qol bir-biri bilan kesishib otadigan yonalishda harakat qiladi. Elka kamari bilan tos bir-biriga intilib, murakkab harakat qiladi. Oyoq olga turtishi (depsinish) oxirida tosning oldingi ogishi sal kopayadi.
Uloqtirish texnikasi asoslari. Sportcha uloqtirishdan maqsad–uloqtiruvchi harakatini chegaralovchi malum qoidalarga rioya qilib, asbobini mumkin qadar uzoq masofaga tashlashdir. Uloqtirish – gayrisiklik mashq bulib, uloqtiruvchidan katta asab – muskul va yaxshi jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Bu siz yuqori sport natijalariga erishishi mumkin emas. Sport snaryadlarning uzoqroqqa borib tushishi sportchi uloqtirish texnikasini bilishiga anchagina bogliqdir. Snaryadning uchishi va uloqtirish texnikasi mexanikaning umumiy qonunlariga buysunadi. Sport snaryadlarining konsruksiya xususiyatlariga va musoboqa qoidasiga qarab, uloqtirish texnikasi bir-biridan farq qiladi. Har qanday jismining uchishi masofaning uzoqligi uning boshlangich uchish tezligiga, uchib chiqish burchagiga va xavo muxitining qarshiliga bogliq. Mexanikadan malumki , xavosiz bushlikda gorizontga nisbatan burchak xosil qilib tashlangan jismning uchish uzoqligi boshlangich tezligi miqdori kvadratini ikkilangan uchib chiqish burchagi sinusiga kupaytirib, buni ogirlik kuchining tezlanish miqdoriga bulinganiga teng. Bu qonuniyatlar sportcha uloqtirish uchun ham taaluqlidir. Ammo havo qarshiliginig snaryadni uchib chiqish joyi erga tushish joyi bir-biridan qanchalik past baland ekanligini va snayardning adrodinamik xususiyatlarini xisobga olish kerak.
Snaryadni tutish. Snaryadni qol tushish va uni uloqtirish paytida olib yurish snaryadni tozilishi va uloqtirish texnikasiga bogliq. Snaryadni tutish uloqtirishning barcha harakatlarini yaxshi bajarishga kuch va qol barmoqlari uzunligidan uloqtirish paytigacha, uloqtiruvchi qol muskullari sal bushashgan bulishidan tuliq foydalanishga va uloqtirish vaqtida harakatlarni yaxshi kozatishga yordam beradi. Snaryadni tutish usullari ularni tuzilishiga va uloqtirish texnikasiga uloqtiruvchilarning xususiyatlariga bogliq.
Yugurib kelishga tayyorgarlik va yugurib kelish. Aylanib uloqtirishning barcha turlarida yadro itqitishda yugurib kelishga dastlabki harakatlar bajariladigan, bundan asosiy maqsad va butun etiborni uloqtirishga , yugurib kelishni togri boshlash uchun zarur bulgan xolatda tura bilishga jalb qilib, keyingi harakatlarni bajarilishi yengillashtirishdir.
Bosqon uloqtirishda bu harakatlar aylanma harakatlar boshlanguncha bosqon shariga katta tezlik berishiga xizmat qiladi. Yugurib kelish aylanma shaklda bajarilgan. Uloqtiruvchi snaryadning togri chiziqli tezligini oshiradi.
Yugurib kelishni aniq bajarganda snaryad buyilan harakat qilayotgan uloqtiruvchining tezligi uloqtirishning boshlangich fazasiga tobora usib borishi kerak Yugurib kelish xaddan tashqari tez bulganda harakatni nazorat qilish va Oxirgi kuch berishni togri bajarish mumkin. Bulmay qolishi togri yugurib kelib uloqtirganda ham snaryadning uzoqqa borishiga salbiy tasir ko`rsatadi. Faqat yugurib kelish yoki Oxirgi kuch berish hisobiga snaryadni maksimal uzoqqa uloqtirib bulmaydi.